Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Tozalangan suvni saqlash va taqsimlash
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
- Bu sahifa navigatsiya:
- In‟eksiyalar uchun suvni distillash va tayyorlash usullari
- Distillyasiya
Tozalangan suvni saqlash va taqsimlash
Tozalangan suvni saqlash va taqsimlash tizimini loyihalashtirishda asosiy vazifa – suvning quvur bo‗yicha doimiy harakatini ta‘minlash, suvning turib qolishi va u erda mikroorganizmlarning ko‗payishi, yuzalarda biologik plenkalar hosil bo‗lishini oldini olishdir. Zamonaviy saqlash va taqsimlash tizimlari bir yo‗nalishli harakat oqimiga ega resirkulyasion tizimni va suvning quvurdan to‗liq chiqarib tashlanishi mumkinligini nazarda tutadi. Tozalangan suvni saqlash va taqsimlashdagi kritik parametrlar: harorat; suv harakati va uning tezligi; bosim; quvurlar materiallari va saqlash uchun sig‗imlar. Tozalangan suvni GMP Qoidalariga muvofiq taqsimlash va saqlash mikroorganizmlarning ko‗payishiga to‗sqinlik qiladigan haroratda – 80 gradusdan yuqori yoki 15 gradusdan past haroratda ta‘minlashi darkor. Sovuq tizimdan foydalanuvchi tizimlar suvda mikroorganizmlarning miqdorini kamaytirish uchun UF-qurilmalar bilan jihozlangan bo‗lishi kerak. In‟eksiyalar uchun suvni distillash va tayyorlash usullari In‘eksiyalar uchun suvga talablar. Evropa Farmokopiyasiga ko‗ra, dissillyasiya - in‘eksiyalar uchun suvni tayyorlashning majburiy sharti; AQSH farmakopiyasi va FS (Rossiya) dissillyasiyaga ham, teskari osmosga ham yo‗l qo‗yadi. 2011 yilda PIC/S kengashi Evropaning pozitsiyasini tasdiqladi: in‘eksiyalar uchun suv dissillyasiya usulida tayyorlanishi lozim. Hozirgi paytda (teskari osmos uchun) dissillyasiya orqali ta‘minlanadigan in‘eksiyalar uchun suv tayyorlashning ishonchlilik darajasiga erishilmagan. Teskari osmosga yo‗l qo‗yish mumkinligini tan olish uchun ham etarlicha asoslar yo‗q. Nima uchun teskari osmos dissillyasiyaga yon bosadi? Birinchidan, teskari osmos, odatda, haroratga ta‘sirchan bo‗lgan sovuq jarayon. Sovuq jarayon mikroblar bilan ifloslanish nuqtai nazaridan doim issiq jarayondan afzal ko‗rilmaydi. Ikkinchidan, teskari osmos qurilmalari validatsiyasi muayyan qiyinchiliklarga bog‗liq. Shuni hisobga olish kerakki, teskari osmos 214 dissilliyasiyaga qaraganda muayyan afzallikka ega. Teskari osmos qurilmalari membranalari pirogenlarni ushlab qolar ekan, apirogen suvni tayyorlash imkonini beradi. SHuning uchun dissillyatorlar oldida bevosita teskari osmos qurilmalari qo‗yiladi. Pirogenlarni issiq usulda yo‗q qilish uchun 170 gradusgacha isitish kerak, bunga quruq issiq sterilizatorlarda erishiladi. Distillyasiya pastroq haroratlarda olib boriladi. Toksinlar faqat bakteriyalar devorining butunligi buzilganda ajraladi. Aksariyat hollarda ular termik barqaror bo‗lib, qonga yoki orqa miya suyuqligiga tushganda juda zaharli bo‗ladi va tirik organizmlarda haroratning ko‗tarilishiga, og‗ir hollarda – hattoki o‗limga olib kelishi mumkin. ―Pirogen‖ so‗zi ―rugo‖ – olov, issiqlikni anglatadi. Distillyasiya Distillyasiya jarayonlarining uch turi mavjud: bir hujayrali, termokompression, ko‗p koloniyali. Bir hujayrali dissillyasiyadan anchadan beri va keng foydalaniladi. Uning jiddiy kamchiligi ko‗p energiya iste‘mol qilishidir. Suvni 15 0 dan 100 0 gacha isitish uchun 85 kkal/kg yoki 356 kDj/kg sarflanadi. 100 0 da suvni bug‗ga aylantirish uchun 39kkal/kg yoki 2258 kDj/kg talab etiladi. Shunday qilib, suvni bug‗latish uchun uni 100 0 da isitishga qaraganda olti marta ko‗p energiya talab etiladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling