Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Ko„krak qafasining aylanasini aniqlash


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Ko„krak qafasining aylanasini aniqlash. Olinadigan ma‘lumotlar jismoniy 
rivojlanishning asosiy ko‗rsatkichlaridan hisoblanadi. Bu ko‗rsatkichlar tananing 
hajmi, ko‗krak va elka mushaklari xamda ko‗krak qafasidagi a‘zolar faoliyatini 
ifodalaydi. 
Ko‗krak qafasining aylanasi deyarli tinch holatda, chuqur havo olganda 
hamda chuqur havo chiqarganda o‗lchanadi. Orqa tomondan quyilgan metrli tasma 
tagida kurak burchaklari bilinib turishi, old tomondan esa ko‗krak qafasining o‗rta 
qismida bo‗lishi kerak. O‗lchash uchun qo‗llar tushiriladi, bunda tasma orqa 
tomondan kurak tagiga surilib tushadi. Tasmani shunday o‗rnatish kerakki, u osilib 
turmasligi, nafas olish va chiqarishga halaqit bermasligi zarur. To‗g‗ri o‗lchash 


225 
uchun bolaning bir tekisda nafas olishi kutiladi, so‗ng chuqur nafas olganda, 
chiqarganda, tinch holatda alohida-alohida har biridan 3-4 marta o‗lchab, o‗rtacha 
arifmetik ko‗rsatkich aniqlanadi. Chuqur nafas chiqarilgandagi ko‗rsatkichning 
farqi ko‗krak qafasining ekskursiyasi hisoblanadi. 
Ko‗krak qafasining tinch holdagi ko‗rsatkichi chuqur nafas chiqargandagiga 
nisbatan 1-2 sm ko‗p, chuqur nafas olgandagi ko‗rsatkichga nisbatan esa deyarli 
shuncha kamdir. SHunga ko‗ra to‗g‗ri ma‘lumot olish mumkin. 
Yangi tug‗ilgan bolaning ko‗krak aylanasi esa 33-34 sm ga teng. 6 oylik 
bolaning ko‗krak aylanasi 45 sm ga teng bo‗ladi. agar bola 6 oylikdan kichik 
bo‗lsa, har etishmagan oyiga ko‗krak aylanasidan 2 sm chiqarib tashlanadi, agar 
bola 6 oylikdan katta bo‗lsa ko‗krak aylanasiga 0.5 sm dan 1 yoshgacha qo‗shiladi. 
1 yoshli bolaning ko‗krak aylanasi 48 sm ga teng, 10 yoshgacha har yiliga 1,5 sm 
dan qo‗shiladi va 63 sm ga teng bo‗ladi, 10 yoshdan 15 yoshgacha yiliga 3 sm dan 
qo‗shilib, 15 yoshda 78 sm ga teng. 
Og„irligini aniqlash. Tana vazni organizm a‘zo va to‗qimalarining jumladan, 
suyak-mushaklar, yog‗ to‗qimalari hamda ichki a‘zolar rivojalanishiga bog‗liq. 
Tana vaznini aniqlashda tibbiy tarozilardan foydalinladi. Kichik yoshdagi 
bolalar maxsus tarozilarda tortiladi. Tarozida ishlashdan oldin maxsus tarozilarda 
tortiladi. Tarozida ishlashdan oldin uning qanchalik to‗g‗ri ekanligini aniqlash 
uchun maxsus o‗lchov toshlari bilan tekislab olish tavsiya etiladi 
Yangi tug‗ilgan chaqaloqning o‗rtacha vazni 3500 g dir. Qiz bolaning vazni 
o‗g‗il bolaga nisbatan 100-150 g kam bo‗ladi. Tug‗ilgandan keyin birinchi yarim 
yilda bolaning vaznig har oyda o‗rtacha 400 g dan qo‗shiladi. Vazni shunga 
yarasha 1 yili 6-7 kg, 2-yili 2-3 kg, 3-yili 1,5-2 kg ga ortadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling