Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


O„pkaning hayotiy sig„imini aniqlash


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

O„pkaning hayotiy sig„imini aniqlash orqali uni qancha miqdorda havoni 
qabul qila olishi hamda nafas nafas olishda ishtirok etadigan mushaklarning 
rivojlanganligini bilish mumkin. O‗pkaning hayotiy sig‗imi kattalarda suvli, kichik 
bolalarda esa havoli siprometrlarda aniklanadi. Bolani tekshirishdan oldin 
maksimal nafas olish tavsiya etiladi, nafasni ushlab turish, lab bilan mundshtukni 
mahkam ushlash va sekin trubkaga hamma nafasini chiqarish tavsiya etiladi. 


226 
Chiqarilgan nafas ichki silindrni to‗ldirib uni ko‗taradi. Ichki silindrda chiqarilgan 
nafasni millilitrlarda o‗lchovi bo‗limlariga bo‗lingan. Tekshirish tugagandan keyin 
silindr tushiriladi va havo chiqariladi. Tekshirish 2-3 marotaba o‗tkaziladi va eng 
katta natija hisobga olinadi. Tekshirish aniqligi 50-100 ml. Mundshtukni har bir 
tekshiruvchidan keyin qaynatib dezinfeksiya qilish kerak. 
Qo„l mushaklarining kuchini aniqlash. Bu ko‗rsatkich qo‗l mushaklarining 
rivojlaniganidan dalolat beradi. Ko‗rsatkichlar qo‗l dinamometrii yordamida 
aniqlanadi. Tekshirish uchun tekshiriluvchi tomonidan dinamometr to‗la panja 
bilan ushlanadi, qo‗l gorizontal holatda olingan yoki yonga uzatilgan holda qattiq 
qisiladi, qushimcha harakatga ruxsat etilmaydi. Tekshirish alohida chap va o‗ng 
qo‗llarda o‗tkaziladi. 
Bel mushaklarining kuchini aniqlash. Buning uchun bel dinomometrini 
oyoq bilan bosib turgan holda ustki qismidan qo‗l bilan tortiladi. Bunda 
dinamometrning ushlaydigan qismi tizza balandligida bo‗lishi kerak. Bo‗yga 
to‗g‗irlash uchun asbobga mo‗ljallangan zanjirlardan foydalanish mumkin. 
Tayanch va harakat apparatlarining holati. Suyakning rivojlanishi uning 
ko‗rinishiga qarab 3 xil baholanadi. 1-ingichka yoki ―tor‖ suyak, bunday bolalarda 
ko‗krak qafasi va elkasi tor, barmoqlari va tovoni kichkina bo‗ladi, 3-keng yoki 
qo‗pol ko‗rinishli, bunday bolalarning elkasi keng, barmoqlari va tovoni katta; 2-1 
va 3-ning o‗rtacha ko‗rinishi darajasida. 
Umurtqa pog‗onasi tayanch vazifasini bajaradi. Umurtqa pog‗onasi oldindan, 
yondan hamda umurtqa pog‗onasi bo‗ylab vertikal yo‗nalishda barmoq yordamida
o‗tkazilgan chiziq holatiga qarab, kuraklarning simmetrik joylashishi, elkaning 
turishi va qo‗lning tushirilgan holatidagi quymich gumbazigacha bo‗lgan oraliqda 
hosil bo‗ladigan uchburchak ko‗rinishiga qarab baholanadi. Bolalikning 
boshlang‗ich davridan boshlab, uning umurtqa pog‗onasida to‗rtta fiziologik 
egilma paydo bo‗ladi. 
Shundan birinchisi bola 6-7 haftalik davrida, boshini ko‗tara boshlaganida 
umurtqa pog‗onasining bo‗yin qismi oldinga qarab egilishi tufayli, ikkinchi va 


227 
uchinchi bola 6 oylik bo‗lganda o‗tira boshlashi bilan ko‗krak va dumg‗aza 
qismlarida orqaga qarab egilishi hisobiga hosil bo‗ladi. 
To‗rtinchi egilma bola yura boshlaganda umurtqa pog‗onasi bel qismining 
oldinga qarab egilishi tufayli yuzaga keladi. Lekin bola bu davrda ta‘sirotlarga 
beriluvchan bo‗ladi. Bu eiglmalar balog‗atga etish davriga kelib to‗la shakllanadi. 
SHu yoshgacha og‗ir yuk ko‗tarilsa, egilish kuchayadi va umurtqa rivojiga salbiy 
ta‘sir ko‗rsatadi. Bolaning partada yoki stolda noto‗g‗ri o‗tirish natijasida umurtqa 
pog‗onasi yon tomonga egilib qoladi. Bunday holat skolioz deb ataladi. 
Skoliozlar chap yoki o‗ng, ba‘zida esa murakkablashgan chap va o‗ng hamda 
o‗ng va chap bo‗lishi mumkin. 
Bundan tashqari, bola umurtqa pog‗onasining qayishqoqlik davrida 
tepalikdan qattiq joyga tik yiqilsa-kifoz, ko‗krak qismidagi fiziologik egilmaning 
orqag‗a qarab jadal egilishi yoki bel qismidagi egilmaning oldinga qarab egilishi- 
lordoz shaklida o‗zgarishi mumkin. Bunday o‗zgarishlar bola o‗sishi va 
rivojlanishiga ta‘sir qiladigan eng salbiy omillardan hisoblanadi. 
Jismonan etilmagan bolalarda suyak sistemasi noto‗g‗ri rivojlanishi tufayli 
qator o‗zgarishlar (elkasi qisilgan yoki bukchaygan, boshi tushgan, ko‗krak yassi, 
ichiga kirgan va boshqa holatlarni uchratish mumkin) 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling