Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
Yog„ bezlarining vazifasi.
Bir hafta mobaynida yog‗ bezlari orqali organizmdan 100gr dan 300 gr gacha teri moyi ajraladi. Moy terini yumshatib, qurib qolishdan asraydi va ungil ta‘sirdan asraydi. Terining umumiy yuzasi 1,5-1,8 kv metr bo‗lgan holda, ma‘lum darajada nafas olish vazifasini ham bajaradi. U orqali qon va atmosfera havosidagi gazlar almashinuvi sodir bo‗ladi. Odam organizmi teri orqali atmosfera yutadigan kislorodning 1/ 180 bo‗lagini qabul qilib, karbanat angdridni 1/90 bo‗lagini chiqaradi. Teri tashqarisidan va teri orqali ajraladigan moddalar bilan ifloslanadi. Har kecha kunduz epidermis orqali 6 gr dan 14 gr gacha mug‗uz po‗stloq tangacha ajraladi.Agar terini tozaligiga e‘tibor berilmasa ajralayotgan moddalar bilan teridagi turli bezlarni chiqaruv teshiklarini berkitib qo‗yadi va natijada ularni vazifa o‗tash qobiliyati buziladi. Teri suv, mineral, vitamin va boshqa almashinuvlarda aktiv ishtirok etishi bilan bir qatorda, tashqi ta‘sirlarni qabul qilib olib, bosh miya qobig‗iga uzatiladi. Buni esa terini asosiy vazifasi desa bo‗ladi. Shunday qilib, tana terisi organizmni tashqi muhitning nomuvofiq ta‘sirlaridan saqlabgina qolmay, balki juda murakkab organ bo‗lib, boshqa organ vazifalari bilan chambarchas bog‗liq. Terida biron – bir vazifaning ishdan chiqishi butun organizm foaliyatida namoyon bo‗ladi. Tashqi muhitni iqlim sharoitlari mehnatni tabiati (harakteri), ovqatlanish va dam olish, turmush sharoitlari va hakozolar barchasi teri hususiyatiga ta‘sir etadi. Chirituvchi bakteriyalar ta‘sirida murakkab organik birikmalar, teri va teri tarkibiga kiruvchi modadalar, agar ular teri yuzasidan o‗z vaqtida tozalanib turilmasa, oddiy moddalarga parchalanadi. Parchalanishdan hosil bo‗lgan birikmalar terini qo‗zg‗atadi va uni qichitadi. Shu bilan birga teridan ajralgan moddalarni parchalanishi hosila moddalari o‗ta badbo‗y hidga ega bo‗lishini ta‘kidlab o‗tish o‗rinlidir. 240 Agar tana etarli darajada pavarish qilinmasa, vaqtida yuvinib turilmasa, ichki kiyimlar tez ifloslanadi va ularning hususiyati o‗zgaradi. Ichki kiyimning ifloslanganlik darajasini undagi kir miqdoriga qarab belgilanadi. Ichki kiyimni har hafta almashtirilsa, yig‗ilgan kir ( badan kiri) tufayli, uni og‗irligi 6% ga ortadi, 10 kundan almashtirilsa 11% ga ortadi. Ichki kiyimni ifloslanishi natijasida ularni issiqliq boshqarishi vazifasi izdan chiqadi. Yilning sovuq fasllarida, odam organizmida issiqlik deyarli teri orqali ajratiladi, ya‘ni asosan o‗tkazish yo‗li bilan. Ifloslangan ichki kiyim va kiyim – kechakning o‗zidan issiqliq o‗tkazuvchanligining ortishi hisobiga organizmdan ajraladigan issiqliq miqdori ham ortadi. Yilning yoz faslida odam o‗z tanasidan issiqlik asosan o‗z teri yuzasida joylashgan ter bezlari orqali ajratiladi. Agar ichki kiyimlar kirlangan bo‗lsa, ularning havo o‗tkazuvchanligi kamayadi va terdan hosil bo‗lgan but kiyim ostidagi bo‗shliqdan to‗liq chiqib keta olmaydi. Natijada kiyim ostidagi havo suv, bug‗lari bilan to‗yinadi, oqibatda teri yuzasidan ajralayotgan ter bug‗lanmaydi. Kiyim osti bo‗shlig‗ining yahshi shamolmasligi odam ahvolini yomonlashtiradi. Bundan tashqari kasal qo‗zatuvchi mikroorganizmlar kirlangan teri va kiyimlarda uzoq vaqt saqlanib qoladi. Terini tozaligini doimo nazorat qilish va uni parvarish qilish, muntazam yuvinib turishni taqoza etadi. Badanni issiq suv va sovun bilan vanna, dush yoki hammomda tozalab turish haftasiga bir marta amalga oshirilishi va albatta ichki kiyim kechakning va ko‗rpa-to‗shakni jildlari almashtirilishi shart. Hamomda cho‗milganda nafaqat teri yuzasi balki bu organizmga quyidagi omillar foydali ta‘sir qiladi, yuqori harorat, issiq, bug‗, issiq suv, ishqalab uqalash kabilar kiradi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling