Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
Soch gigiyenasi
―Soch‖-uning maftunkor go‗zalligidek hech narsa yo‗q. Ammo uning kabi umri qisqa ham narsa yo‗q‖ . 241 Hozirgi kunda quyuq va hurpaygan sochsiz odamlar, soch to‗kilishidan, ayniqsa yoshlar ko‗p hafa bo‗ladilar. Hozirgi kungacha soch to‗kilishiga qarshi mo‗‗jizali ta‘sir ko‗rsatadigan vosita yaratishni iloji topilgan emas. Sochni holati tashqi sharoit ta‘sirida o‗zgarishi mumkin, yilning fasli havo harorati, shamolning ta‘siri, quyosh nuri, suv va boshqalar zarurat bo‗lmaganda ham issiq tor bosh kiyimlarni kiyib yuruvchilarning ko‗pchiligi sochning bevaqt to‗kilib ketishidan nolinadilar, chunki yilning sovuq kunlarida bosh yalang yurish zararli. Tashqi haroratning keskin o‗zgarishi teridagi qon tomirlarini torayishiga va natijada sochning ovqatlanish jarayoni buzilishiga olib keladi. Bu haqda yosh olifta satanglar o‗ylab ko‗rsalar yomon bo‗lmasdi. Oxirgi yillarda turli hildagi soch yuvuvchi vositalar ya‘ni shampunlar keng tarqaldi, ular quyuq ko‗pik beradi va hattoki qattiq suvda ham sochni yaxshi tozalaydi. Ammo shampunlar teri va sochni quchli moysizlantiradi; natijada bosh kepagi (qozog‗oq) sochni qurishi va soch sinuvchan bo‗lib qolishi kuzatiladi. Buning oldini olish uchun juda bo‗lmaganda boshni bir marta engil shampun bilan ko‗pirtirib, so‗ngra astoydil suv bilan yuvish (chayqash) zarur. Sochni uzun va qalin bo‗lishligi organizmni umumiy holatiga bog‗liq. Sochni yaxshi o‗sishiga organizmga qabul qilingan ― A ‖ vitaminini miqdoriga bog‗liq. Bundan tashqari magniy tuzlari etarli miqdorda organizmga tushib turishi sochni me‘yorda o‗sishiga yordam ko‗rsatadi. Sochni kaltalatish va qirdirish sochni o‗sishni tezlatmaydi, ammo ovqatlanishni yaxshilaydi. Sochni saqlashning asosiy omili uni o‗z vaqtida yaxshilab yuvib turish, teri moylarini tozalash va teri bilan chiqqan moddalardan ozod qilishdir. Shuning uchun boshni 3- 4 kundan, qaynatilgan harorati 50-65 gradus suvda yuvish lozim. Bunday haroratdagi suv sochni yaxshi tozalaydi, qon bilan ta‘minlashni yaxshilaydi va terida modda almashinuvini yaxshilaydi. Ho‗l sochni tang‗ib bog‗lab yurish mumkin emas. Ho‗l sochni tez-tez yuqori haroratli quritgichda ( fen ) quritish xam mumkin emas, chunki issiq havo oqimi 242 sochni juda ham quritib yuboradi. Har kuni boshni 5-7 daqiqa uqalash juda foydalidir. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling