Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Kun tartibi tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bolalarning yoshiga qarab kun tartibining asosiy qismlari quyidagicha
- Akseleratsiya
Kun tartibi tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
1) turli xil faoliyatlar, ularning eng ma‘qul davomiyligini, bir-biri bilan navbatlashuvi va vaqtini aniqlash 2) dam olish vaqtini iloji boricha ochiq havoda tashkil etish 3) o‗z vaqtida sifatli ovqatlanish 4) gigienik to‗laqonli uyqu Bolalarning yoshiga qarab kun tartibining asosiy qismlari quyidagicha: 1. Kichkintoylar uchun-ovqatlanish, uyqu va tetiklik holati 2. Bog‗cha bolalari uchun-kerakli mashg‗ulotlar, o‗yinlar, sayrlar, ratsional ovqatlanish, uyqu, o‗qishga tayyorlanish tarbiya 3. Maktab yoshidagi bolalar uchun-kichik maktab yoshi uchun: o‗quv mashg‗ulotlari, ochiq havoda dam olish, vaqtida ovqatlanish, yaxshi uyqu va tanaffuslar 4. O‗rta yoshdagi o‗quvchilar uchun-yuqorida ko‗rsatilgan tartiblarga yana qo‗shimcha: to‗garak mashg‗ulotlari, imtixonga tayyorgarlik, kasbni egallash uchun o‗qish 5. Katta yoshdagi o‗quvchilar uchun-o‗quv mashg‗ulotlarining ko‗payishi, harakat faoliyatining oshishi, fizkultura, sport va h.k. Akseleratsiya Akseleratsiya – lotincha so‗zdan olingan bo‗lib, jadallashtirish degan ma‘noni bildiradi. Akseleratsiya – bu jismoniy rivojlanganlik ko‗rsatkichlarining oldingi 234 avlodlarga nisbatan tezlashishidir. Oxirgi yillarda bu holatni tez-tez sodir bo‗lishi kuzatilmoqda. Kuzatilayotgan akseleratsiya jarayonida bolalar bo‗yining o‗sishi hamda vaznining jadal oshishidan tashqari, sut tishlarining ancha ilgari, doimiy tishlarning esa o‗rtacha bir yil oldin chiqishi, umurtqa pog‗onasi takomillashishining bir muncha oldinga surilishi qayd qilinadi. Bo‗y o‗sishi bilan bir qatorda ba‘zi bir ichki a‘zolarning rivojlanishi ham qayd qilingan. Masalan, 14-16 yashar o‗g‗il bolalar yuragining ko‗ndalang kengligi 1968-69-yillarda shu ko‗rsatkichlarning 1948 yildagisiga nisbatan 2,4 sm, qiz bolalarda esa-10 sm ko‗p bo‗lgan. Jinsiy rivojlanishda ham akseleratsiyaning oldin boshlanishi kuzatiladi. Agar XIX asrning o‗rtalarida evropa davlatlaridagi qizlar 16-17 yoshdan boshlab hayz ko‗rgan bo‗lsalar, XX asrning 60-yillarida 13- 14 yoshdan boshlab xayz ko‗rmoqdalar. Suyak sistemasining barvaqt takomillashishi va o‗smirlarning barvaqt jinsiy rivojlanishi organizm o‗sishining erta to‗xtalishiga olib keladi degan nazariyalar mavjud. Akseleratsiya oqibatida jismoniy rivojlanishning erta boshlanishi, sportdagi muvaffaqiyatlarning ancha «yasharganini va shu bilan bir qatorda kattalarga xos kasalliklar deyarli yoshlarda, ayniqsa o‗smirlik davrida uchrashi qayd qilinadi. Kuzatilayotgan akseleratsiyaning kelib chiqishi to‗g‗risida har xil farazlar mavjud, ularni shartli ravishda uch qismga bo‗lish mumkin. 1. Fizik-kimyoviy omillar ta‘sirida o‗sishning jadallashishi. E.Koxning fikricha, hozirgi zamon bolalariga quyosh nuri, jumladan, ultrabinafsha nurlar ijobiy ta‘sir ko‗rsatmoqda. R.Trayber radio-televizion stansiyalarning ko‗payishi ortiqcha eletromagnit to‗lqinlari hosil qilib, bu o‗z navbatida bolalarning o‗sishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatayapti, deb uqtiradi. De Rudder esa akseleratsiyani rentgen qurilmalarining, atom ustidan tekshirishlar olib borish hamda kosmik radiatsiyaning oshishi natijasi deb ta‘kidlaydi. 2. Ikkinchi faraz tarafdorlari fikricha, akseleratsiyaning asosiy sababi yashash sharoitlarining o‗zgarishidir, jumladan, V.Lens, Tanner va boshqalar akseleratsiya 235 oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli va to‗kin sochinlik natijasi deb hisoblaydilar. Ba‘zi olimlar o‗sishning jadallashishiga vitaminlarning (asosan vitamin V 6 ) sanoat usulida olinishi hamda emizikli onalar va bolalarning ularni etarli iste‘mol qilishi sabab bo‗lmoqda, deb biladilar. Tibbiyot xizmatining yaxshilanishi, ayniqsa, yuqumli kasalliklarning keskin kamayishi ham akseleratsiya sabablaridan biridir. Lekin yuqorida keltirilgan dalillarning birortasi ham akseleratsiya sabablarini to‗la ochib bera olmadi. Akseleratsiyaga bolalarning, o‗smirlarning turar joylari, yil fasli hamda ijtimoiy o‗zgarishlar asosiy va qo‗shimcha sabab bo‗lishi mumkin. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling