Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Oyoq kafti gumbazining shakllanishi
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
Oyoq kafti gumbazining shakllanishi. Bola hayotining birinchi yilidan
boshlab oyoq kafti gumbazi (tovoni) shakllana boradi. Oyoq kafti gumbazining rivojlanishiga qarab-to‗g‗ri shakllangan, yassilashishga moyil va yassi bo‗ladi. Tovon shaklini aniqlash uchun tovon qismini kaft qismi bilan bog‗lovchi oraliqqa va uning kengligiga ahamiyati beriladi. Buning uchun har xil bo‗yoqlardan foydalanib, uning izini olish mumkin (plantografiya): tekshiriluvchi oyog‗ini bir yarim xlorli temir birikmasining 1% suvdagi eritmasi bilan namlangan mato ustiga qo‗yadi so‗ng 0,5% tanining spirtdagi eritmasi bilan namlangan qog‗oz ustida turadi. Bunda bola butun og‗irligini tekshirilayotgan oyog‗iga solishi kerak. Olingan shakl quritilib, tegishli belgilar qo‗yilgach, tahlil qilinadi. Shakli tushgan tovonning kengligi (a), tovoning perpindikuryal kengligiga (a+b) nisbati foizlar hisobida olinadi. Agar shakli tushgan tovonning kengligi umumiy 228 kengligining 50% gacha bo‗lsa to‗g‗ri rivojlangan, 50-60% yassilanishga moyil, 60% dan yuqori bo‗lsa, yassi tovon deyiladi. Oyoq shaklini aniqlash uchun tekshiriluvchi tovonni birlashtirgan holda to‗g‗ri turishi kerak. Oyoqlar to‗g‗ri rivojlanganida tizza bo‗g‗imida birlashib turadi. «0» shaklidagi holatda esa tizzalar birlashmaydi. «X» shaklidagi holatida bir oyoqning tizzasi ikkinchisining ustiga chiqib turadi. Teri ostidagi yog‗ qatlamining yig‗ilishiga qarab, bolaning to‗laligiga baho berish mumkin. Yog‗ qatlamining rivojlanganligi suyak sathiga hamda yog‗ qatlami qalinligiga qarab aniqlanadi. Kam miqdorda yog‗ qatlami bo‗lsa (1 darajali), bunda bilak va qovurg‗a suyaklarning qirralar aniq ifodalanadi, qorin tortilgan, teri ostidagi yog‗ qatlami juda yupqa, go‗yo teri ostida yog‗ qatlami yo‗qdek. Suyaklar sathi silliqlashgan bo‗lasa, teri ostida ozroq yog‗ qatlami borligi sezilsa, oragnizmda yog‗ning yig‗ilishi o‗rtacha hisoblanadi. Yog‗ miqdori ko‗p bo‗lganda suyak sathi sezilarli darajada silliqlashgan, tana ko‗rinishi dumaloq, yog‗ qatlami rivojlangan bo‗ladi. Teri ostidagi yog‗ qatlamini qo‗l bilan hamda suriluvchi pargar bilan ham aniqlasa bo‗ladi. Yog‗ qatlamini qorin bo‗shlig‗ining chekkalaridan kindik bo‗ylab, ko‗krak bezidan 2-3 sm pastdan hamda ko‗krak tagidan aniqlanadi. Yog‗ qatlamining rivojlanishiga baho berishda bolaning yoshini, jinsini hisobga olish zarur. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling