Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Jismoniy rivojlanishni o„rganishda ko„pincha quyidagi antropometrik


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Jismoniy rivojlanishni o„rganishda ko„pincha quyidagi antropometrik 
usullar ishlatiladi
1. Somatometrik belgilari: bo‗yi ( o‗tirganda, turganda), og‗irligi, ko‗krak 
aylanasi 
2. Fiziometrik belgilari: o‗pkalarni hayotiy sig‗imi, qo‗l va bel 
mushaklarining kuchi 
3. Samotoskopik belgilari: umurtqa pog‗onasining holati, ko‗krak qafasi, 
oyoq mushaklarining rivojlanishi, teri ostidagi yog‗ qatlamlarining miqdori, yassi 
tovonlik, jinsiy etilish holati va boshqalar. 
Antropometrik ko‗rsatkichlarni aniqlash kunning birinchi yarmida,asboblar 
yordamida yorug‗ xonalarda,qulay mikroiqlim sharoitida bolani yalang‗och qilgan 
holda o‗tkazish kerak. 
Bo„y uzunligi organizmning plastik jarayonini ifodalovchi ko‗rsatkich 
hisoblanadi. 
Bo‗y uzunligi yog‗ochdan yasalgan bo‗y o‗lchagich yoki metaldan yasalgan 
antropometr yordamida aniqlanadi. Yog‗och bo‗y o‗lchagich 2 metrli yog‗och 
ustundan iborat bo‗lib, keng platformaga mahkamlangan. Yog‗och ustuni bo‗yicha 
mufta bilan planshyotka harakatlanadi. Ustunning ikki yon tomonidan 
santimetrlarga bo‗lingan; bir tomonidan hisoblash platformadan boshlansa, 
ikkinchi tomonida o‗tirgichdan boshlanadi. Bo‗y o‗lchagich maydonida o‗tirgan 
holda bo‗yini o‗lchash uchun ochiladigan o‗tirg‗ich o‗rnatiladi. O‗tirg‗ich 
balandligi bolalar uchun 25 sanitimetr, kattalar uchun 35-40 santimetr bo‗lishi 
kerak. 
Tekshiriluvchining turgan xolatda bo‗yini aniqlash uchun platformaga elkasi 
bilan turg‗iziladi. Tekshiriluvchi qaddi – qomatni tik, elkalarni to‗g‗ri tutib, 
qo‗llarni tanasi bo‗ylab cho‗zgan holatda oyoqlarni birlashtirib turadi. 


224 
Bunda tekshiriluvchining tovoni, dumbasi va kuraklararo qismi bo‗y 
o‗lchagichni vertikal taxtasiga tegib turishi kerak. Boshini shunday tutishi kerakki 
bunda ko‗zning pastki burchagi bilan quloqning yuqori burchagidan o‗tgan chiziq 
bir gorizontal tekislikda yotsin. 
Bo‗y o‗lchagichning siljuvchi taxtasi shu turgan holatda boshning eng yuqori 
sagital chizig‗igacha suriladi. O‗lchash aniqligi 0,5 sanitimetr. Ikki yoshgacha 
bo‗lgan bolalar tana uzunligini o‗lchashga moslashtirilgan bo‗y o‗lchagich 100 - 
120 santimetrli yog‗och doskadan iborat bo‗lib, ikkita planshyotkaga ega. Ulardan 
biri (siljimaydigan) bola kallasini ushlab turishi uchun xizmat qiladi, ikkinchisi 
bola oyoqlariga keltiriladi. O‗lchash vaqti bola elkalari bo‗y o‗lchagich doskasiga 
to‗g‗irlanadi, oyoqlari ko‗zning tashqi burchagi va quloqning yuqori burchagi bir 
vertikal chiziqda joylashtiriladi. Doska yonida shtrixlangan lineykasi bor. Yog‗och 
bo‗y o‗lchagich bilan o‗tirgan vaqt turgan holatda tana uzunligi o‗lchanadi. 
Yangi tug‗ilgan bolaning bo‗yi 50 sm ga teng. 
1-kvartalning har oyida 3 sm dan jami 9 sm, 
2-kvartalning har oyida 2,5 sm –7,5 sm 
3-kvartalning har oyida 1,5 sm –4,5 sm 
4-kvartalning har oyida 1 sm –3 sm qo‗shiladi. 
Bir yoshli bolaning bo‗yi 75 sm bo‗ladi. 
Bir yoshdan 4 yoshgacha bolaning bo‗yi o‗rtacha yiliga 8 sm ortadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling