Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


 Bolalar va o„smirlar organizmining o„sishi va rivojlanishi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

12.1. Bolalar va o„smirlar organizmining o„sishi va rivojlanishi 
qonuniyatlari 
Bolalar organizmida ularning yoshi bo‗yicha morfologiyasi va fiziologiyasiga 
qarab ularni o‗sish va rivojlanishida qonuniyatlar belgilangan. 
1 - qonun. O‗sish va rivojlanish. Organizm qancha yosh bo‗lsa, o‗sish va 
rivojlanish shuncha tez boradi. M: bola 1 yoshga etganda, birinchi kunlariga 
nisbatan 47%, ikkinchi yili birinchi yiliga nisbatan 9% o‗sadi. Bolalar 3-7 
yoshlarida har yilga o‗sishi 7,5-5%ni tashkil qiladi. Ya‘ni dastlabki 1-3 yoshida 


221 
bolaning gavda, bo‗y uzunligi va vazni ancha ortadi. Masalan:1 yoshda bolaning 
bo‗yi 25 sm ga, 2-yili esa 10-15 sm ga, 3-yil 4-5 sm ga ortib boradi. Vazni shunga 
yarasha 1 yili 6-7 kg, 2-yili 2-3 kg, 3-yili 1,5-2 kg ga ortadi. Ko‗krak qafasining 
aylanasining o‗zarishi 1 yoshgacha har oyda 1 sm qo‗shilib boradi, keyinchalik esa 
nisbatan kamayib boradi.Suyaklarning o‗sishi hujayralar, suyak ko‗migi va 
suyakdagi qon tomirlarini o‗rab turgan to‗qima hujayralariga bog‗liq. Suyaklarning 
shakllanishi 12-13 yoshda tugallanadi. Chaqoloqning bosh miya vazni 1 yoshgacha 
350-400 g gacha o‗zgaradi. 1 yoshga to‗lganda bosh miya vazni 2-2,5 marta, 3 
yoshga to‗lganda esa 3 marta ortadi, ya‘ni o‗rtacha miya og‗irligi 1000 g ni tashkil 
qiladi. 7 yoshligida 1250 g ga teng. 7 yoshdan keyin miya vazni kamayib boradi. 
Katta yoshdagilarning miya og‗irligi 1400 g ga teng. Yurak urushi 1- oylikda 120-
140 ta, 1 yoshda 110-120 ta , 3-4 yoshda 100-110 ta. Nafas olishi: yangi 
chaqoloqlarda 40-60 marta, 1 yoshda 30-35 marta, 2-3 yoshda 25-30 marta. 
2 – qonun. O‗sish va rivojlanish bir xil darajada kechmaydi va har bir yoshga 
o‗ziga xos antomo-fiziologik xususiyatlari bilan kechadi. Misol tariqasida yurak 
tomir sistemasi rivojlanishini ko‗radigan bo‗lsak, uning o‗zi bir necha davrni 
ajratish mumkin. Birinchidan, tug‗ilgan vaqtda 2 yoshgacha yurak tez o‗sadi, 
yurakning morfologik tuzilishi kam o‗zgaradi. Ikkinchidan, 2 yoshdan 6 yoshgacha 
bo‗lgan davrda o‗sish va rivojlanish jarayoni kamayadi. Uchinchidan, 7 yoshdan 
10 yoshgacha yurak sig‗imi va hajmi asta-sekin kattalashadi, 11-13 yoshda yurak 
kuchli o‗sa boshlaydi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling