219
XII BOB. BOLALAR VA O„SMIRLAR GIGIYENASI
Bolalar va o‗smirlar gigiyenasi- bu o‗sib kelayotgan avlodlarning salomatligi
va mustaxkamligi haqidagi fandir.
Fanning asosiy maqsadi - bolalar va o‗smirlarning salomatligini
va jismoniy
rivojlanishini ta‘minlovchi kompleks sog‗lomlashtirish tadbirlarini shu bilan birga
bolalarni o‗qitish hamda tarbiyalashdagi zarur sanitariya-gigiyenik sharoitlarni
ishlab chiqish va uni ilmiy jihatdan asoslashdan iboratdir.
Bolalar va o‗smirlar gigiyenasini boshqa
gigiyenalardan farqi shundaki, bu
fan barcha ishlab chiqadigan me‘yor va sog‗lomlashtirish chora-tadbirlari o‗sishi
va shakllanishi tugallanmagan organizm uchun, o‗suvchi
organizmning
morfologik, funksional va ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqadi.
Bu me‘yorlash quyidagi prinsip asosida bo‗lishi kerak:
1. Har bir tashqi muhit ta‘siriga nisbatan yo‗l qo‗yiladigan me‘yor o‗suvchi
organizmning yoshiga mos va unga xizmat qilishi kerak
2. Birinchi prinsipni hisobga olgan holda, bolalar va o‗smirlar
gigiyenasida
me‘yorlar doimiy emas, shuning uchun ham har xil omillarda me‘yorlar
almashinishi bir vaqtda sodir bo‗lmasligi kerak
3. Gigyiyenik me‘yorlashning asosiy vazifasi nafaqat bolalar va o‗smirlar
salomatligini
saqlash va mustahkamlash, balki ularni me‘yorda o‗sishi va
rivojlanishini ta‘minlashdir.
Bolalar va o„smirlar gigiyenasi quyidagi bo„limlardan tashkil topgan:
1
. Bolalar va o„smirlar salomatligi va jismoniy rivojlanish. Bu bo‗lim
bolalar va o‗smirlar organizmining biologik va ijtimoiy omillariga bog‗liq bo‗lgan
o‗sish va rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini belgilash,turmushning
turli
sharoitlarining bolalar salomatligiga,shu jumladan jismoniy rivojlanishga bo‗lgan
ta‘sirini o‗rganish bilan shug‗ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: