Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Suvni tozalangan holda olish. Dastlabki tayyorgarlik va olish. Suvni 
tozalangan holda olishning texnologik sxemasini tanlashda quyidagilarga 
asoslaniladi: asos suv(berilgan suv)ning sifatiga; suv olishning yakuniy bosqichini 
tanlashga; Farmakopey qoidalarining suvga qo‗yilgan talablariga; asos suvning 


208 
sifatiga bo‗lgan talablarga; tarkibi normativ hujjatlarda belgilanganidek yoki 
farmakologik mahsulotni ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan tartibda
aralashmalarni yo‗qotishga yo‗naltirilgan dastlabki tozalash bosqichlariga. 
Dastlabki tayyorgarlik – bu sifatli tozalangan suvni olish uchun qilinadigan 
operatsiyalar majmuidir. Normativ talablarga mos keladigan suvni olish bu so‗nggi 
bosqich sanaladi.
Filtrlash. Suvni qayta ishlash sistemasida filtratsiya texnologiyasi muhim rol 
o‗ynaydi. Turli usullarda qo‗llash uchun filtrlash qurilmalarining juda ko‗p turlari 
ishlab chiqarilmoqda. Qismlarni g‗alvirdan o‗tkazish darajasiga ko‗ra ular bir –
biridan tubdan farq qiladi. Yirik donalarni (antrasit donachalari, kvars, qum) 
filtrlovchi va mayda donachalarni filtrlovchi membran filtrlar. Qurilma va 
sistemalarning o‗zaro joylashishi texnologik jarayonda filtrlash uskunalarining 
qo‗llanish joyi va turiga ko‗ra o‗zgaradi. 
Zamonaviy filtrlash sistemasi 3 va 5 siklli ish rejimiga ega, ya‘ni ular 
avtomatik ravishda (nazorat dasturi asosida) ishlashga va qo‗lda boshqarishga 
moslangan. Texnologik ish rejimida filtrlash qurilmasi quyidagilarni bajaradi:
suvni tozalangan holda olish, filtr oraliqni to‗g‗ri va qayta tozalash. Bu rejimdan
regeneratsiya talab qilmaydigan (ko‗p qavatli filtrlar, temirsizlantiruvchi filtrlar
aktivlashtirishgan ko‗mirli filtrlar) sepuvchi qurilmada foydalaniladi. Ishning besh 
siklli rejimida suvni toza holda olish, qayta tozalash, regeneratsiya, sekin tozalash, 
tez tozalash va tuz bakani to‗ldirish nazarda tutiladi. Ushbu rejim filtrlash muhiti ( 
margansovkali seolit asosida temirsizlantirilgan filtrlar, yumshatish filtrlari) da 
regeneratsiya o‗tkazilishi zarur bo‗lgan filtrlash qurilmalari uchun foydalaniladi. 
Ko‗p qavatli filtrlardan foydalanish suvni dastlabki tayyorlashning boshlang‗ich 
bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ulardan foydalanish suvning yuqori darajadagi 
loyqalanganligi va uning tarkibida mexanik kolloid qismlarining yuqori darajada 
mavjudligida maqsadga muvofiqdir. Ko‗p qavatli filtrlarni ishlatishda suvni 
filtrlashning minimal tezligi - 5-10m/s, qayta tozalashning yuqori tezligi soatiga 
35-40 m bo‗lishini ta‘minlash zarur. Bundan ko‗rinadiki, filtratsiya va qayta 
tozalashda zarur bo‗lgan tezlikni ta‘minlash uchun nasosni to‗g‗ri tanlay bilish 


209 
muhim kriteriya hisoblanadi. Birm filtrlash muhiti va margansovkali seolit asosida 
temirsizlantiruvchi filtrlar suvning tarkibidagi temir va marganets aralashmalarini 
yo‗qotish uchun qo‗llaniladi. Bundan tashqari, margansovkali seolit yordamida 
suvda erigan vodorod sulfidi yo‗qotiladi. Filtrlash muhiti ustida kimyoviy katalitik 
oksidlanish protsesslari natijasida erigan temir va marganets erimaydigan holat 
(gidrooksid)ga o‗tadi va engil cho‗kma ko‗rinishida qayta tozalash yo‗li bilan 
filtrdan chiqariladi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling