Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Suvni yumshatish. Suvni yumshatish ion almashishidagi tez-tez uchraydigan 
tasodifiy hol sanaladi. Suvni yumshatishda suvning qattiqligini pasaytirish uchun 
magniy va kalsiydek kationlar yo‗qotiladi. Yumshatish suvni ion almashuvchi va 
qayta so‗riluvchi membranaga tozalashga berishdan oldin ionlar tarkibini sezilarli 
pasaytirishga imkon beradi. Ko‗pgina hollarda qattiq tuzlar kationlarining natriy 
kationlariga almashishi sodir bo‗ladigan kationitlar bilan to‗ldirilgan avtomatik 
kolonka – yumshatuvchilardan foydalaniladi. Farmatsevtik korxonalarda doimiy 
ravishda yumshatilgan suv olish uchun smolaning ion almashish regeneratsiyasi 
galma-gal bo‗ladigan dupleks qurilmalardan foydalaniladi. Smolaning almashinish 
sig‗imini pasaytirish uchun uning natriy xlorid bilan eritmasi yordamida davriy 
avtomatik tarzda yoki qo‗l yordamida regeneratsiya o‗tkaziladi. Suv tayyorlash 
sistemasida ko‗proq quyidagi 3 holatda yumshatishdan foydalaniladi: qayta 
so‗rilish va distillyasiya oldidan; ion almashish qurilmasining regeneratsiyasi 
uchun foydalanishda ishlatiladigan suvni olishda; Faqat yumshatilgan suv etarlicha 
olinadigan hollarda (avtoklavka, yuvish joylarida va b. suvdan foydalanishda). 
Yumshatuvchilar distilyatorning ichki yuzasi va qayta so‗rilish membranasida 
erimaydigan cho‗kmalarni hosil bo‗lish potensial imkoniyatlarini pasaytirgan 
holda asos suvdagi polivalent ionlarni yo‗qotadi. Shuningdek, yumshatishda qattiq 
tuzlar bilan birga bariy, alyuminiy, stronniy kabi foydali ionlarni ham yo‗qotishi 
mumkin. Yumshatish sistemasini ishlatishda filtratsiya tezligini noto‗g‗ri tanlash, 
smolaning organik mikrobiologik iflaslanishi, qurilmani ishlatish va saqlash 
qoidalariga rioya qilmaslik sababli smola elementlarining yorilishi, regeneratsiyada 
tuzli eritma bilan ifloslanish sababli kanallar paydo bo‗lish xavfi qiyinchiliklar 


210 
keltirib chiqaradi. Chastotani (regeneratsiya oraliq davri 24 soatdan kam 
bo‗lmasligi) va yumshatuvchining ion almashish regeneratsiyasining davomiyligini 
to‗g‗ri tanlash zarur. Suvning qattiqligi monitoringgini olib borish, ya‘ni, 
smolaning ajratilgan zarrachalarini yo‗qotish uchun filtratsiyadan o‗tkazish, 
yumshatish filtrini, tuz baki va b. ni natriy gipoxlorit bilan sanitar qayta tozalash 
(yiliga 1 marta) zarur.
Elektrodionlash 
ion 
almashinishning 
turlaridan 
biri 
hisoblanadi. 
Elektrodionlash sistemasi to‗xtovsiz oqim (maxsulot va konsentrlangan 
chiqindilar)ni va to‗xtovsiz regeneratsiyani ta‘minlash uchun tanlab o‗tkazuvchi 
membrana va elektr zaryadli smola kombinatsiyasidan foydalanadi. Uzatilgan suv 
uch oqimga taqsimlanadi. Oqimning bir qismi elektrod kanali orqali o‗tadi, qolgan 
ikki qismi anion va membranalar orasida aralashgan smola qatlamlarini o‗zida 
mujassamlashtirgan tozalash va konsentrlash kanaliga tushadi. Ion almashtirgich 
smolalarning aralashgan qatlamlari erigan ionlarni ushlab qoladi. Elektr toki 
qamrab olingan kationlarni o‗tkazuvchan membrana kationi orqali katodga, 
anionlar esa o‗tkazuvchan membrana anionlari orqali anodga yo‗naltiradi. Ion 
almashtirgich smolalar membrananing ikki tomonidan membrana orqali kation va 
anionlarni o‗tkazishni kuchaytiradi. O‗tkazuvchan membrana kationi anionlarning 
anodga kelishini, o‗tkazuvchan membrana anionlari esa kationlarning katodga 
kelishini to‗xtatadi. Bu bo‗lmada ionlar yuvilib, oqib ketib konsentrasiyalashadi. 
Natijada yuqori sifatli tozalangan suv olinadi. Tozalash kanali (smola seksiyasi)da 
gidroksil 
va 
vodorod 
ionlari 
elektr 
potensiyali 
smolaning 
to‗xtovsiz 
regeneratsiyasini amalga oshirishga imkon beradi. Elektrodionlash jarayoni 
yordamida mineral moddalarni yo‗qotish mumkin. Bu usulning samarasi 
aralashmalarning boshlang‗ich tarkibiga, sistemaga uzatilgan suv oqimining 
tezligiga va suv tayyorlashning oldingi bosqichlariga bog‗liq bo‗ladi. 
Elektrodionlash usulini qayta so‗rilish usuli bilan birgalikda olib borish maqsadga 
muvofiqdir.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling