Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Ichimlik suviga epidemiologik jihatdan baho


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Ichimlik suviga epidemiologik jihatdan baho:1 litr suvdagi ichak 
tayoqchalarining soniga (koli-indeks), eng kam miqdor suv tarkibidagi 1 ta ichak 
tayoqchasiga (koli-titr) hamda go‗sht pepton agariga ekilgan 1 ml sinama suv 37° 
li termostatda 24 soat saqlangandan so‗ng o‗sgan koloniya soni («mikrob soni») 
ko‗rsatkichlariga qarab beriladi. 
11.4. Ichimlik suvini zararsizlantirish usullari. 
Suvni ozonlash. Suvni ozon bilan zararsizlantirish gigiyenik nuqtai nazardan 
eng samarali, ishonchli usul hisoblanadi. Jumladan rangi tozalanadi,o‗zga hid va 
ta‘mdan xoli bo‗ladi. Shu sababli ozonlangan suvning xususiyatlari buloq suvini 


203 
eslatadi. Ortiqcha miqdordagi ozon tez orada kislorodga parchalanib chiqib ketishi 
natijasida, suvda hech qanday yot birikmalar qolmaydi. 
Ozon bilan zararsizlantirish muddati 3—5 daqiqa bo‗lib, 0,5—0,6 mg/l 
miqdorda qo‗shilgan ozon etarli hisoblanadi. Organoleptik xususiyatlarini 
jumladan, rangini yaxshilash uchun ko‗rsatilgan miqdordan ko‗proq qo‗llash ham 
mumkin. Suvni zararsizlantirishda ozonlash usulining kam qo‗llanish sababi, 
ozonni olish uchun ko‗p elektroenergiya sarflanishidir. Lekin elektroenergiya etarli 
bo‗lgan joylarda suvni ozonlash usuli bilan za-rarsizlantirish tavsiya etiladi. 
Suvni kumush ioni bilan zararsizlantirish. Kumush ionining bakteriotsid 
ta‘siri shundaki, u mikroorganizmlarning protoplazmasi bilan o‗zaro aloqada 
bo‗ladi. Uning suvdagi hatto kam miqdori ham mikrobdagi fermentlarni 
parchalaydi. Suvni kumush ioni bilan boyitish bir qancha usullarda olib boriladi: 
a) kumush tuzini to‗g‗ridan-to‗g‗ri suvga kiritish usuli, 
b) kumushlangan qum suzgichdan suvni o‗tkazish usuli, 
v) elektrolitik usul. Bu usulda etarli tok kuchi belgilanib, kumush ionini 
kumushlangan anod orqali qadoqlangan miqdorda suvga tushiriladi. Tarkibida 
xloridlar tutmagan toza suvning 1 l ga 0,1 dan 1,0 mg gacha kumush etarli 
hisoblanadi. Zararsizlantirish muddati 2 soat. 
Kumush ioni bilan zararsizlantirilganda suvda bakteriotsidlik xususiyati uzoq 
muddat saqlanadi. Shu sababli, bu usul suv tanqis cho‗l zonalarida, suv osti 
kemalarida uzoq vaqt yurganda va kosmonavtlarni suv bilan ta‘minlashda qo‗l 
keladi. Bunday suvni uzoq muddat iste‘mol qilganda kumushning suvdagi miqdori 
0,05 mg/l dan oshmasligi kerak. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling