Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Tuproqning fizik-mexanik xossalari


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

 Tuproqning fizik-mexanik xossalari 
Tuproqning fizik-mexanik xossalari qatoriga uning donadorligi, g‗ovakliligi, 
o‗zida nam va suvni tutish xususiyati, kapillyarliligi, namligi, suv o‗tkazuvchanligi 


185 
kabilar kiradi va ular tuproqning boshqa xossalarini belgilab beradi. Bu 
xususiyatlar esa turli xildagi ob‘yektlar, chunonchi turar-joy binolari, davolash-
profilaktika muassasalari, maktabgacha va maktab muassasalari, korxonalarni 
qurish uchun er-joy tanlash, aholi yashash joylarini chiqindilardan tozalash va 
obodonlashtirish ishlarida ahamiyatga egadir. 
Yirik donador tuproq yuqori g‗ovakli bo‗ladi, shuning uchun bunday 
tuproqda aeratsiya jarayoni juda yaxshi ketadi, natijada bunday tuproq muhiti tez 
quriydi, tuproqqa tushgan organik va anorganik iflosliklarning o‗z-o‗zidan 
tozalanish jarayoni jadallikda boradi. Kichik zarrachali tuproqda esa 
yuqoridagilarning aksi bo‗lib, bunday tuproq muhiti o‗zida namni ko‗p va uzoq 
muddatlarda ushlaydi, o‗zidan suvni kam va juda sekin o‗tkazadi, yuqori 
kapillyarlilikka ega, shuning uchun gigienik nuqtai-nazardan bunday tuproq 
nomuvofiq hisoblanadi. Bunday tuproqli joylarga turar-joy va jamoat hamda 
ma‘muriy binolar qurilgan bo‗lsa, binolarning erto‗lalari va birinchi qavatdagi 
xonalar doim zax va namligi yuqori bo‗ladi, natijada xonalarning mikroiqlim 
sharoitlari gigiyenik talablarga javob bermaydi, yashash sharoitlari keskin 
yomonlashadi. Bunday tuproqli sharoitda o‗z-o‗zidan tozalanish jarayoni juda 
yomon va sekinlik bilan boradi. 
10.2. Tuproqning epidemiologik ahamiyati. Tuproqning o„z-o„zidan 
tozalanishi. 
Tuproq muhitida doimo turli xildagi mikroorganizmlarning bo‗lishi tabiiy bir 
holdir. Ifloslanmagan tuproq tarkibida asosan saprofit mikroorganizmlar bo‗lib, 
ular organik va anorganik birikmalarning parchalanishida ishtirok etadi. Biroq 
tuproq muhiti insonlarning chiqindilari - najas, peshob, xo‗jalikda hosil bo‗ladigan 
qattiq va suyuq chiqindilar, uy hayvonlarning axlatlari kabilar bilan ifloslanishi 
mumkin. Natijada bunday tuproq tarkibida patogen mikroorganizmlar paydo 
bo‗ladi, inson organizmi uchun xavf-xatar tug‗dirishi mumkin. 
Qoida bo‗yicha patogen mikroorganizmlar tuproqning yuza qismida hayot 
kechiradi (1-10 sm). Bunday kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar tuproq 
muhitida ancha uzoq muddatlargacha hayot kechirishi va o‗zining virulentligini 


186 
saqlab qolishi mumkin. Tuproq tarkibida bo‗ladigan patogen mikroblar suv bilan 
yuvilib, suv havzalarini ifloslaydi, ifloslangan tuproqli sharoitda etishtirilgan 
sabzovot va mevalararni ifloslaydi va natijada odam organizmiga tushib, turli 
kasalliklarni keltirib chiqaradi. 
Tuproq muhiti turli kasalliklarning tarqalishida insonlarning u bilan bevosita 
aloqasi yoki bilvosita aloqalarning tutgan o‗rni ham kattadir. Bundan tashqari, 
tuproq muhiti turli gelmentlar va ularning tuxumlari bilan ifloslanishi mumkin
shu bilan bir qatorda ayrim turdagi gelmentlar o‗zlarining yashash va rivojlanish 
bosqichlarini tuproq muhitida o‗tkazadi. Gelment tuxumlari tuproq tarkibida juda 
uzoq muddatlargacha saqlanishi va o‗rtacha 14 oygacha o‗zlarining invazion 
xususiyatlarini saqlashlari mumkin. Bunday sharoitda shu tuproqda etishtirilgan 
sabzavot va mevalar yuvilmay iste‘mol qilinganda, yoki shunday ifloslangan 
tuproqli joylarda bolalarning o‗ynashi orqali ular odam organizmiga o‗tadi, 
natijada gelmentoz kasalliklarini ko‗payishiga sababchi bo‗ladi. 
Ifloslangan tuproq muhiti infeksiyalar va invaziyalarning uzatilishida muhim 
omil bo‗lib qoladi. Tuproqning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi geokimyoviy 
epidemiyalarning kelib chiqishini belgilab berishi ham mumkin. SHuning uchun 
aholi yashash joylarini turli xildagi chiqindilar va iflosliklardan muntazam tozalab 
turilishiga ehtiyoj tug‗iladi va tuproq muhitining ifloslanishining oldini olishga 
doir tadbirlarning ishlab chiqilishini talab etadi (SanQ va M №0272-09 
―O‗zbekiston sharoitida tuproqni ifloslanishdan muhofaza qilish sxemalarini 
gigienik asoslashni tuzish bo‗yicha Sanitariya qoida va me‘yorlari‖ ). 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling