Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


184 
X BOB. TUPROQ GIGIYENASI 
10.1. 
Tuproq tarkibi va uning xususiyatlariga gigiyenik tavsif
 
Tuproq tashqi muhitning eng muhim elementlaridan biri bo‗lib, inson 
organizmida, insonning hayoti va mehnat faoliyatida u muhim o‗rinni egallaydi. 
Tuproq murakkab ko‗rinishdagi mineral va organik moddalar majmuasidan tashkil 
topgan bo‗lib, o‗z tarkibida juda ko‗p miqdorda mikroorganizmlarni tutishi 
mumkin. U er qobig‗ining yuqori qatlami hisoblanib, tabiatda sodir bo‗lib 
turadigan bir qator jarayonlar ta‘sirida hosil bo‗lib turadi. Tuproqning mineral 
komponentlari tabiatdagi fizikaviy omillar ta‘sirida er qobig‗ining qattiq 
qatlamlarining emirilishi va maydalanishidan hosil bo‗ladi. Organik tarkibi esa, 
o‗simlik va hayvonot dunyosining o‗lishi va chirishi tufayli yuzaga keladi. Tuproq 
tarkibida juda katta miqdorlarda turli xildagi mikroorganizmlar bo‗ladi va ular 
tuproqning hosil bo‗lishida faol ishtirok etadi, tuproq tarkibiga kiruvchi mineral va 
organik moddalarning chirishi parchalanishida ishtirok etadi. Tarkibida mineral va 
organik moddalarning miqdori zarrachalarning katta-kichikligiga qarab, quyidagi 
tuproq turlarini ajratish mumkin: loy, loyli, qumli, qumloq, qora tuproq turlari. 
Inson tuproq muhiti bilan bevosita aloqada bo‗lmaydi, ammo bilvosita aloqasi 
muntazam ravishda kuzatilib turadi. Inson faoliyatidagi aloqa havo muhiti, suv 
muhiti va oziq-ovqat mahsulotlari bilan bo‗ladigan aloqasi orqali kuzatiladi. Inson 
faoliyatidagi tuproq bilan bo‗ladigan bilvosita aloqasini turar-joy binolari va 
boshqa inshootlarni qurish, aholi yashash-joylarini obodonlashtirish, ularni sanitar 
nuqtayi-nazardan chiqindilardan tozalash, qishloq xo‗jaligidagi mehnat jarayonlari 
orqali ko‗rinishi mumkin. SHuning uchun odam organizmi,
qanday tuproq, uning 
xususiyatlari va xossalariga qarab turli ta‘sirlarga uchrashi mumkin. Tuproqning 
ayrim muhim xususiyatlarini ko‗rib chiqamiz, chunki bu xususiyatlar muhim 
gigienik ahamiyatga egadir.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling