Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Atmosfera bosimi va uni aniqlash
Er kurrasini qoplab turgan havo qatlami (atmosfera) o‗z og‗irligiga ega, 
bunday bosim havo tarkibidagi gazlarni odam tanasiga bir tekis tarqatib, a‘zolar 
bo‗shliqlari va to‗qimalaridagi gazlarni muvozanatda saqlashni ta‘minlaydi. Lekin 
ba‘zan suv tagida ish bajarilganda yoki suvga to‗yingan er qatlamida ishlaganda 
organizm atmosfera bosimiga duchor bo‗ladi. 
Toqqa ko‗tarilganda yoki samolyot, vertolyotda atmosferaning yuqori 
qatlamlariga ko‗tarilganda organizm past atmosfera bosimiga duchor bo‗ladi. Shu 
sababli atmosfera bosimini bilish muhim gigienik tadbirlardan hisoblanadi. 
Suv ostida ishlovchilarda, shaxta va er osti ishlarida yuqori atmosfera bosimi 
ta‘sir etishi natijasida kesson kasalligi kelib chiqishi mumkin.Yuqori bosim ostida 
ishlovchilar organizmida jumladan to‗qimalarida va qon tarkibida erigan azotning 
miqdori ortib ketadi. Shu sharoitdan normal bosimga tez ko‗tarilganda erigan azot 
gaz holida o‗pka orqali chiqib ketishiga ulgurmaydi, natijada qon tomirlarda gaz 
emboliyasi vujudga kelib qon harakatini to‗sib qo‗yadi. 
1980 yil 1 yanvardan boshlab atmosfera bosiminig o‗lchov birligi qilib jahon 
miqyosida yagona Paskal (Pa) qabul qilingan. 


178 
Atmosfera bosimi dengiz sathida 1000 mbar-1000 Pa - 750 mm simob 
ustuniga teng. Demak, 1 millibar-0,75 mm simob ustuniga, 1 mm simob ustuni o‗z 
yo‗lida 1,33 millibarga teng. 
Atmosfera bosimini aniqlash yaqin orada ob-havoda kuzatilishi mumkin 
bo‗ladigan o‗zgarishlar hamda past yoki yuqori bosim sharoitida ishlaganda 
qanday profilaktik chora-tadbirlar ko‗rish kerakligini belgilashga imkon beradi. 
Bundan tashqari tashqi muhitning gazlar bilan ifloslanishi atmosfera bosimining 
qanday ko‗rsatkichida sodir bo‗lganini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. 
Atmosfera bosimini simobli, metalli barometrlar hamda barograflar 
yordamida aniqlash mumkin. 
1. Simobli barometr. Asbob vertikal holatda o‗rnatilgan, ustki qismi berk
pastki qismi esa simob solingan kosachaga tutashtirilgan shisha naychadan iborat. 
Bosimni o‗lchashdan oldin simob ustuni maxsus vintil yordamida ―0‖ 
ko‗rsatkichiga tenglanadi. Simobning naycha bo‗ylab ko‗tarilishi, atmosfera 
bosimini shkala ko‗rsatkichi orqali ifodalaydi. 
Simobli barometrni tashqi muhit haroratining o‗zgarishiga qarab to‗g‗irlab 
turish kerak, chunki harorat ko‗tarilish simobning kengayishiga, bu o‗z yo‗lida 
naycha orqali simob ko‗tarilishiga olib keladi. Bundan tashqari shkalaning 
kengayish koeffitsientini ham hisobga olish zarur, Barometr ko‗rsatishini 
to‗g‗irlash simobning kengayish koeffitsientiga 0,000163 hamda termometr 
ko‗rsatishiga ko‗paytirish yo‗li bilan topiladi. 
Barometr ko‗rsatkichidan to‗g‗irlash ko‗rsatkichi olinadi, agar termometr 
ko‗rsatkichi musbat bo‗lsa qo‗shiladi, termometr ko‗rsatishi manfiy bo‗lganda 
ayriladi. 
Misol. Barometr ko‗rsatishi 755 mm simob ustuniga teng, havo harorati 20


bo‗lsa, tuzatishni topish uchun olingan ma‘lumotlar ko‗paytiriladi. 755 x 0,000163 
x 20 = 2.46. Shunday qilib, to‗g‗irlash 2.46 ga teng. 
Barometr ko‗rsatishidan to‗g‗irlash ko‗rsatkichi ayrilsa, haqiqiy atmosfera 
bosimi topiladi: 
755-2,46 = 752,54 


179 
demak, atmosfera bosimi tekshirilgan sathda 752,54 mm simob ustuniga teng. 
2. Metalli barometrlar (aneroidlar). Asbob quticha shaklida bo‗lib, devorlari 
yupqa metaldan yasalgan. quticha ichida bosimni sezuvchi bo‗shliq hosil qilingan. 
Atmosfera bosimining o‗zgarishi tufayli, quticha devorlari ko‗tariladi yoki 
puchayadi. Bunday o‗zgarish richag sistemasi orqali siferblatga o‗rnatilgan 
ko‗rsatkichni harakatga keltiradi va atmosfera bosimini simob ustunini mm larda 
ifodalovchi raqamlarda belgilaydi. 
3. Barograf atmosfera bosimini avtomatik holda aniqlash maqsadida o‗zi 
yozuvchi barograflardan foydalaniladi. 
Metalldan yasalgan qutichalar asbobning sezuvchi qismi hisoblanadi. 
Atmosfera bosimining o‗zgarish tufayli, qutichalar shaklini o‗zgartiradi va
richagni harakatga keltiradi. 
Harakatga kelgan richag avtomatik holatda aylanuvchi barabanga o‗ralgan 
qog‗ozda atmosfera bosimini bildiruvchi chiziqlarni ifodalaydi. 
Havo mikroiqlimini baholash bilan bir qatorda uning kimyoviy tarkibini, 
jumladan uglerod (IV) –oksid miqdorining ko‗payishi, uning organizmga salbiy 
ta‘sir ko‗rsatuvchi o‗zga kimyoviy birikmalar, changlar hamda kasallik 
chaqiruvchi mikroorganizmlar bilan ham ifloslanganligin bildiradi. Shu sababli 
xonalarda uglerod (IV) –oksid ko‗rsatkichi -sanitariya ko‗rsatkichi deb qabul 
qilingan, uning miqdoriga qarab, xona havosini tozalash chora-tadbirlari 
belgilanadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling