Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
- Bu sahifa navigatsiya:
- Havo harakati
174 Havo namligi Suv havzalari, tuproq yuzasi va o‗simliklardan muntazam ravishda suv bug‗lari chiqib turadi, bu havoning namligini ifodalaydi. 1 m 3 havodagi suv bug‗larining miqdori (g-da) absolyut havonamligi deb aytiladi. Maksimal havo namligideb havoning ma‘lum haroratda namlik bilan to‗la- to‗kis to‗yinib olishi uchun zarur bo‗lgan suv bug‗larining miqdoriga aytiladi. Havo harorati ko‗tarilib borgan sari havoning maksimal namligi oshib boradi. Nisbiy havo namligi deb, absolyut havo namligining maksimal havo namligiga foizlarda ifoda qilingan nisbatiga aytiladi. Nisbiy havo namligi havoning suv bug‗lari bilan to‗yinish darajasini belgilab beradi. Havo namligini aniqlashda aspiratsion va statik psixrometrlardan hamda gigrograflardan foydalaniladi. Aspiratsion psixrometrni statik psixrometrdan farqi shundaki, aspiratsion psixrometrga o‗rnatilgan moslama orqali termometr ko‗rsatkichlarini aniqlashdan oldin, joylarda aspiratsiya usulida havo yo‗nalishini bir tekisda tashkil qilish bilan birga termometrlarni radiatsion nur ta‘siridan himoya qilish choralari ko‗rilgan. Psixrometrlar yordamida absolyut namlik aniqlanadi. Absolyut namlik formula yordamida hisoblab chiqiladi: K= F – 0,50 (T – T 1 )xV/755 bu erda: K-absolyut namlik, mm simobbo‗yicha F- nam termometrning ko‗rsatishi bo‗yicha maksimal namlik T- quruq termometr ko‗rsatishi (gradusda) T 1 - nam termometr ko‗rsatishi (gradusda), V-tekshirish vaqtidagi barometrik bosim, mm simob ustunida. Topilgan absolyut namlikni namlikka o‗tkazish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi. K 1 = K x 100 / F 1 175 bu erda: K 1 -nisbiy namlik, % hisobida K-absolyut namlik, mm simob ustunida F 1 -quruq termometrning harorati bo‗yicha maksimal namlik olinadi. Nisbiy namlikni formula bilan aniqlashdan tashqari, aspiratsion psixrometr ko‗rsatkichlari bo‗yicha maxsus jadval yordamida ham topish mumkin. Aholi yashaydigan xonalarda nisbiy namlik 40-60% bo‗lishi kerak. Gigrograf - havo namligini uzluksiz qayd qiluvchi asbob. Gigrografning asosiy qismi yog‗sizlantirilgan ayol sochi yoki ot yoli bo‗lib, unga uzatgich mexanizmi yordamida chizuvchi ko‗rsatkich ulangan. Namlik o‗zgarganda soch tolasi uzayadi yoki qisqaradi. Namlikning o‗zgarishi soat mexanizmi qo‗zg‗almas o‗q atrofida aylanib turadigan barabanga o‗rnatilgan chizg‗ich yordamida uzluksiz chiziladi, barabanning aylanish davriga ko‗ra, gigrograflar sutkali va haftali bo‗ladi. Havo harakati Havo harakatini markaziy Osiyo iqlim sharoitida aniqlash muhim gigiyenik ahamiyatga ega. U turar joy, ko‗chalarni, binolar va atmosfera havosining tabiiy tozaligini ta‘minlaydi. Havo harorati yuqori bo‗lganda shamol ortiqcha issiqlikni haydaydi. Past haroratli sharoitlarda esa shamolning salbiy ta‘siri ortadi. Sanitariya amaliyotida havo yo‗nalishi tezligi havoning tabiiy tozaligini ta‘minlaydi. Sanitariya amaliyotida havo yo‗nalishi tezligi asosan qanotli va kosachali anemometrlar yordamida aniqlanadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling