171
paytida etarli himoyasiz Quyoshga qarash bilan ko‗z to‗r pardasining kuyishi
kuzatilishi mumkin. Yorug‗lik etishmovchiligi hushni yo‗qotish, haddan ortiq
yorug‗lik esa, masalan, kelayotgan avtomobilning yorug‗ligi
tufayli avariyalarga
sababchi bo‗lishi mumkin. Ko‗zga ko‗rinadigan yorug‗lik nurlarining inson
salomatligigga salbiy ta‘siri vaqtinchalik yoki mahalliy bo‗lishi mumkin.
SHulardan biri lazer bo‗lib, u keng diapazonda, xususan, masofa o‗lchagichlar,
payvandlashda,
kesishda, teshish asboblarida, isitish tizimida, ko‗ngilochar
jihozlarda (lazerlar tomoshasida), jarrohlikda qo‗llaniladi.
Lazerlar, shuningdek,
videoplastik jihozlarda,
supermarket skannerlarida, printer jihozlarida ishlatiladi.
Ko‗pchilik hollarda, lazerlar ta‘sirini bevosita yoki tasodifiy radiatsiyani
o‗tkazishni oldini olish uchun butunlay va qisman yopiladi.
Oddiy misol,
ma‘ruzachilar tomoshabin e‘tiborini tortish uchun lazer ko‗rsatkichlardan
foydalanishadi. Ammo bu kishi ko‗ziga to‗g‗ridan to‗g‗ri yo‗naltirilganda ko‗z
pardasida teshiklar hosil qilib uni kuydirishi mumkin. Lazerning boshqa ta‘siri
innovatsion mahsulotlarda keng qo‗llanilishidir. SHu sababdan, Birlashgan
Qirollikda ishlab chiqarish turiga qarab lazer ko‗rsatkichlarini
klassifikatsiya
qilinishi ommalashgan. Boshqa bir himoya chorasi nur ekranda diametri 1 yoki 2
sm bo‗lgan dog‗cha hosil bo‗lguncha kengaytiriladi. Bu nafaqat tomoshabinlar
ilg‗ashi uchun qulay, balki bu kabi vositalarning
innovatsion mahsulotlarda
qo‗llanilishini kamaytiradi. Ammo yuqori kuchlanish lazerlar nurlari ayrim ko‗z
kasalliklarini davolashda foyda beradi. Bunga bir misol, qovoq sohasining
qiyshayishidagi o‗zgarishlarni va miopiyadagi
muammolarni echishda lazer
nurlaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: