Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

O„rmon iqlimi - toza va salqinligi, kichik tezlikdagi havo harakati, nisbatan 
yuqori namlik bilan ta‘riflanib, organizmga tinchlantiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi va 
yo‗qotilgan kuch-quvvatni tez tiklanishiga yordam beradi. 
Cho„l iqlimi - havoning quruqligi, yuqori harorat, quyosh radiatsiyasining 
yuqori jadalligi bilan ta‘riflanib, organizmdan terlash orqali suvni ko‗p ajralishiga 
sababchi bo‗ladi, buyraklar orqali suv ajralishi kamayadi va buyraklar faoliyati 
reflektor tarzda yaxshilanadi, shuni hisobga olgan holda cho‗l iqlimidan buyrak 
kasalliklariga chalingan bemorlarni davolash yaxshi natija beradi. 
Sahro iqlimi - o‗ta quruq havo, haroratning yuqoriligi asab sistemasiga 
qo‗zg‗atuvchi ta‘sir ko‗rsatada, keyinchalik og‗ir ruhiy siqilish (depressiya) 
holatga olib kelishi mumkin. Ayniqsa harorat yuqori bo‗lganda ishtahaning 
yo‗qolishi, umumiy bo‗shashish holati kuzatiladi. Organizmdan tashqi muhitga 
issiqlikning uzatilishi asosan terlash orqali bo‗lib, 60% gacha ko‗tariladi.
Tog„ iqlimi - odam organizmiga chiniqtiruchi ta‘sir ko‗rsatadi, chunki havo 
harorati nisbatan past, toza, kecha-kunduz davomida keskin o‗zgarishi, namlik va 
bosimning pastligi bunga asos bo‗ladi. Tog‗ sharoitida yurak urishi tezlashadi, qon 
bosimi pasayadi, havodagi kislorodning parsial bosimini pasayishi tufayli,o‗pkaga 
oqib keladigan qonning miqdori kompensator tarzda ortadi, natijada katta va kichik 


166 
qon aylanish tizimida qonning qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Tog‗ sharoitida 
quyosh radiatsiyasi tarkibidagi ultrabinafsha nurlarning jadalligi yuqori bo‗lishi, 
organizmning tetikligini oshiradi, endokrin bezlar faoliyatini yaxshilaydi. Nafas 
yo‗llaridagi shilliq qavatlardan sekretsiya ajralishi ortadi va balg‗am ko‗chish 
yaxshilanadi. Shuning uchun tog‗ iqlimi nafas yo‗llari kasalliklariga duchor 
bo‗lganlar uchun ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Ammo, og‗ir yurak-tomir xastaliklariga 
duchor bo‗lganlarning holati yomonlashishi mumkin, shuning uchun ularga tog‗ 
havosi tavsiya etilmaydi. 
Dengiz iqlimi - deyarli o‗zgarmas harorat, toza havo, kuchsiz shabada esishi 
bilan ta‘riflanib, zaiflashgan organizmning faoliyatini tezroq tiklash maqsadida 
foydalanish tavsiya etiladi. Biroq hamma dengiz iqlimlari birdek ijobiy ta‘sirga ega 
emas, chunonchi, Sochi va Qrimning dengiz iqlimi asab sistemasini 
tinchlantiruvchi ta‘sirga; tropik dengiz iqlimi (Kuba, Seylon) bo‗shashtiruvchi; 
shimoliy kengliklardagi dengiz iqlimi hayajonga soluvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Quyosh 
nuriga boy, sof va toza dengiz havosi qon ishlab chiqarish faoliyatini tezlashtiradi, 
qon bosimini pasaytiradi, azot va tuz almashinuvini tezlashtiradi, issiqlik 
almashinishini orttiradi, ter ajralishini kamaytiradi, siydik ajralishi tezlashadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling