Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Fermentatsiya deb - produtsentni kultivatsiya qilish (o‗stirish) va maksimal 
darajada antibiotikni hosil qilinishiga aytiladi. Antibiotiklar mikroorganizmlar 
tanasida sintezlanadi yoki kultural suyuqlikda biosintez jarayonida ajraladi. 
Fermentatsiya jarayoni uchun asosiy jihoz bo‗lib fermenterlar hisoblanadi. 
Ularning hajmlari turlicha, hatto 100 000 litrgacha bo‗lishi mumkin. Fermenterlar 
isitish va sovutish sistemalari, sterillangan havo aralashmasini berish, 
aralashtirgich, ovqatli muhit va kultural suyuqlikni kiritish va chiqarish 
mexanizmlari bilan jihozlangan. Texnologik jarayonning mazkur bosqichi 
qo‗llanadigan jihozlarning germetikligi bilan ta‘riflanadi. Bunda havo muhitining 
antibiotiklarni biosintezlash uchun qo‗llanadigan moddalar, hamda fermentatsiya 
jarayonining yakuniy bosqichi bo‗yicha hosil bo‗ladigan biomassa bilan ifloslanish 
mumkinligi amalda bartaraf qilingan. Antibiotiklarning kultural suyuqlikda 


159 
bo‗ladigan juda ko‗p moddalar bilan birikib, erimaydigan birikmalarni hosil 
qilishi, konsentratsiyani oshirish uchun hamda undagi aralashmalarni to‗liq 
cho‗kishini ta‘minlash maqsadida, suyuqlikni suyuqlikning Rn 1,5-2,0 bo‗lguncha 
shovul va xlorid kislotasi bilan nordonlashtiriladi. Ishlov berilgan kultural 
suyuqlikni mitseliyalar va cho‗ktirilgan ballast moddalardan holi qilish uchun 
«nativ eritma» deb ataluvchi tiniq filtrat olinguncha suziladi (filtrlanadi). Ishlov 
berilgan filtral suyuqlik suzish ochiq turkumdagi romli filtr- presslarda amalga 
oshiriladi, natijada nativ eritmaning sochilishi yuzaga keladi. Filtr-presslarga 
mahsulotni qo‗lda solishda ishchilar, tarkibida antibiotiklari bo‗lgan kultural 
suyuqlik bilan aloqada bo‗lishi mumkin. Antibiotiklarni olishning keyingi bosqichi 
ajratish va kimyoviy tozalash hisoblanadi. Mazkur bosqichda antibiotikli eritmani 
konsentrlash va tozalash shunday bo‗lguncha olib boriladiki, toki undan tayyor 
dori preparatini olish mumkin bo‗lsin. Nativ eritmada antibiotiklarning miqdori 
juda kam, shuning uchun uni toza holda ajratib olish, tozalash va tayyor dori 
shakliga keltirish - juda murakkab va ko‗p mehnat talab qiladigan jarayondir. 
Masalan, 1 kg antibiotik olish uchun 600 litrga yaqin kultural suyuqlikni qayta 
ishlash kerak bo´ladi. 
Antibiotiklarni ajratib olish va kimyoviy tozalashdan o‗tkazishda quyidagi 
usullardan birini qo‗llash mumkin: 1) turli eritmalardan, foydalanish bilan 
ekstraksiya qilish usuli; 2) cho‗ktirish usuli; 3) ion almashtirish usuli. 
Antibiotiklarni biosintezlashda ekstraksion va ion almashtirish usuli keng 
qo‗llanishga egadir. Oxirgi yillarda antibiotiklarni ajratish va tozalashdagi ion 
almashtirish usulidan boshqa turdagi dori preparatlarini olishda ham 
foydalanilmoqda. Bu usulning asosiy ustunligi shundan iboratki, bunda zaxarli va 
portlashga xavfli eritmalardan foydalanishga umuman xojat qolmaydi: usul iqtisod 
tomonidan ham foydali, chunki uning texnologiyasi oddiy va qimmatbaho jixozlar 
va xom-ashyolarni talab qilmaydi. Nativli eritmadan antibiotiklarni ekstraksiya 
qilish ekstraktor-separatorlarda amalga oshirilib, uning asosiy kamchiligi 
ekstraktorlarga mahsulotni qo‗lda solinadi, natijada mazkur sex havosi eritmalar 
bilan ifloslanishi mumkin. Masalan, tetratsiklin va oksitetratsiklikni ishlab 


160 
chiqarishda izooktanol moddasi bilan havo muhiti ifloslanishi mumkin. 
Antibiotiklarni ajratish va kimyoviy tozalash jarayonida qo‗llanilayotgan 
jixozlarning yaxshi takomillashtirilmaganligi tufayli havo muhitiga eritmalardan 
tashqari olein kislotasi, natriy ishqori, shovul kislotasi, butil va etil spirtlari, 
butilatsetat va b.q tushishi mumkin. Ionli sorbsiyalash usuli shundan iboratki, nativ 
eritma sulfokationit SBS-3 solingan ion almashtiruvchi kolonnalarga markazdan 
qochuvchi nasoslar yordamida uzatiladi. Ion almashinishi natijasida antibiotik 
ionitlarga sorbsiyalanadi, so‗ngra uni ammiak-boratli bufer eritmada desorbsiya 
qilinadi. 
Bu usul cho‗ktirish va ekstraksiya qilish usuliga qaraganda bir qator 
ustunliklarga ega. Cho‗kmalar bilan ishlashda qo‗l mehnatini talab qilmaydi, bu 
shu o‗rinda ishchilarni konsentirlangan eritmalar va cho‗kmalar va antibiotik 
qoldiqlari bilan bo‗ladigan aloqaga chek qo‗yadi. Bundan tashqari bu usulda 
zaxarli organik eritmalardan foydalanilmaydi. Kimyoviy tozalash jarayonida 
olingan pastasimon mahsulot, keyinchalik quritiladi va elashdan o‗tkaziladi. 
Antibiotiklarni ishlab chiqarishdagi quritish jarayoni juda muhim rol o‗ynaydi, 
chunki uni to‗g‗ri tashkil qilish ishlab chiqariladigan mahsulotning sifatini 
belgilaydi. Kristall holida olinadigan va ma‘lum namlikka ega bo‗ladigan 
termostabil antibiotiklar vakuumli quritish shkaflarida quritiladi. Kimyoviy 
tozalashdan keyin suvli konsentratlar ko‗rinishida olinadigan antibiotiklar 
bug‗lantiruvchi-quritish agregatlar va vakuum-sublimatsiyali quritgichlarda 
quritishga duchor qilinadi. Quritish bo‗limida mahsulotlarni shkaflarga solish va 
chiqarishda qo‗l mexnatining ishlatilishi, bu bo‗limdagi texnologik jarayonning 
asosiy kamchiligi hisoblanadi. Bu operatsiyalarni bajarish, hamda kukunsimon dori 
massasini aralashtirish va quritish agregatlarining, ish tartibini nazorat qilish, 
ishchilarni antibiotik changlari bilan aloqada bo‗lishi mumkinligidan dalolat 
beradi. Quritish shkaflarining etarlicha germetik yopilmaganligi ishlab chiqarish 
xonalari havosiga ayrim zaxarli moddalarning chiqarilishiga yordam beradi va bu 
moddalarning qoldiq konsentratsiyalari antibiotiklar tarkibida ham bo‗lishi 
mumkin. Masalan, tayyor holdagi xlortetratsiklin tarkibida metanol qoldig‗i, 


161 
tetrotsiklinda - izooktil spirti, xlorgidratli tetratsiklin va oksitetratsiklin- p- butanol 
va xlorid kislota qoldig‗ini uchratish mumkin. Steril holda quritilgan antibiotiklarni 
sterillangan shisha idishlariga (flakon) qadoqlanadi. Flakonlarlardagi quruq 
antibiotiklarni dozalash, tiqinlab berkitish, berkitish va pishitish avtomatlarda 
bajariladi. Ayrim hollarda bu maqsadda «texnolog» yarim avtomatlanishi mumkin. 
Bunda faqat flakonlarni antibiotiklar bilan to‗ldirishgina avtomatlashtirilgan, 
qolgan barcha operatsiyalar qo‗lda bajariladi, shuning uchun bunday sharoitda 
ishlab chiqarish xonalarining havosi antibiotiklar changi bilan ifloslanishi mumkin. 
Bir vaqtning o‗zida bir necha turdagi antibiotiklarni qadoqlash vaziyatida ishchilar 
bu mahsulotlarning kombinatsiyalashgan ta‘siriga uchrashi mumkin. Ichish 
maqsadlari uchun antibiotiklarni tabletka yoki draje shaklida chiqariladi. 
Antibiotiklarni tabletkalash jarayoni quyidagilardan iborat: antibiotik tarkibiga 
kiruvchi hamma komponentlar – to‗ldiruvchilar (shakar tolqoni, kalsiy stearat, 
talk) aralashtirgichga solinadi, aralashtiriladi va shakarli qiyom, jelatina, xlorid 
kislota va etil spirti aralashmasi bilan namlantiriladi. So‗ngra hosil bo‗lgan massa 
granula holiga o‗tkaziladi va quritishga yo‗naltiriladi. Quritish, odatda kaloriferli 
quritgichlarda amalga oshiriladi. Granulalar quritilgandan so‗ng, sochiluvchanlik 
xossasini oshirish uchun talk, kalsiy stearat va kraxmal aralashmasi talqoni bilan 
ishlovdan o‗tkaziladi, keyin rotatsion tabletkalash mashinalarida jipslashtiriladi va 
konvalyutalarga joylanadi, gigiyena nuqtai-nazaridan tabletkalash jarayoni bo‗linib 
tutuvchanligi, germetiklikning etarlicha emasligi va qo‗lda bajariladigan 
operatsiyalarning ko‗pligi bilan ta‘riflanadi. SHu sabablar bilan antibiotik 
changlari amalda tabletkalash operatsiyasining barcha bosqichlarida ishchi zona 
havosiga tushishi mumkin. 
Antibiotiklarni ishlab chiqarish korxonalaridagi mehnat sharoiti havo 
muhitiga yuqori dispersli antibiotik changlari, texnologik jarayonda ishlatiladigan 
kimyoviy moddalarning bug‗ va gazlar va ortiqcha haroratning chiqarilishi bilan 
ta‘riflanadi. Fermentatsiyalash bosqichida ishchilar xonalar va jixozlarni 
sterilizatsiya qilishda qo‗llanadigan fenol va formaldegid hamda produtsent 
changlari ta‘siriga duchor bo‗lishlari mumkin. 


162 
Mahsulotlarga birlamchi ishlov berish va filtrlash bosqichlarida ishchilar 
shovul va sirka kislotasi bug‗lari bilan aloqada bo‗ladilar, qo‗lda bajariladigan 
operatsiyalar ko‗pincha badan terisi va maxsus kiyimlarni kultural suyuqlik va 
antibiotiklarning - nativ eritmalari bilan ifloslanishiga olib keladi.
Antibiotiklarni ekstraksiyalash va cho‗ktirish usullari yordamida ajratib olish 
va kimyoviy tozalashdan o‗tkazish jarayonlarida ishchilar organizmi bu bosqichda 
qo‗llanadigan butil, izopropil va metil spirtlari, butilatsetat, shovul, sirka, sulfat va 
xlorid kislotalari ta‘siriga uchrashi mumkin. Bu moddalarning ishchi xavosidagi 
konsentratsiyasi ayrim xollarda ruxsat etiladigan qiymatlardan ortib ketishi 
mumkin. Zararli moddalar bilan ishchi zonasi xavosining ifloslanishiga sababchi 
bo‗ladigan jarayonlar apparatlarni nogermetikligi, qo‗l operatsiyalarining 
mavjudligi, shamollatish tizimlarining past samarador ishlashi hisoblanadi. 
Tekshirishlarning ko‗rsatishicha, yakuniy bosqichda antibiotiklarni quritish, 
elash, tabletkalash, qadoqdash va idishlarga joylashda atrof muxit tayyor 
mahsulotning kichik dispersli changlari bilan ifloslanishi bilan kuzatiladi. Bundan 
tashqari, tayyorlov sexlari, quritish, fermentatsiyalash bo‗limlarining ishchilari 
kimyoviy omildan tashqari, bir vaqtning o‗zida teploizolyasiyasi etarlicha puxta 
bo‗lmagan 
inokulyatorlar, 
fermenterlar, 
quritish 
agregatlari, 
hamda 
kommunikatsion tarmoqlarining yuzasidan ortiqcha issiqlik ta‘siriga duchor 
bo‗ladilar. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling