Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.3.Havoning fizik xususiyatlari va uning gigiyenik ahamiyati
- Xonalarda havo haroratining o„rtacha ko„rsatkichlarini aniqlash
Infraqizil nurlar. Infraqizil radiatsiya organizmga chuqur ta‘sir qilmaydi,
ammo u nazorat qilinmasa, teri yuzasi kuyishiga, ko‗zdagi katarakt linzalar yoki parda zararlanishiga olib keladi. Kataraktalar himoya ko‗zoynaklari bilan osongina himoyalanishi mumkin. Umumiy vaziyatlarda, binolar ichki qismi kabi, ortiqcha issiqlik odatda konditsionerlar va ventilyasiya tizimi orqali boshqariladi, ortiqcha issiqlik tashqariga chiqariladi. 172 9.3.Havoning fizik xususiyatlari va uning gigiyenik ahamiyati Havoning fizik xususiyatlari xavo harorati, namlik, havo harakatining tezligi, tevarak-atrofdagi, shu jumladan, ishlab chiqarish jixozlarining xam harorati va atmosfera bosimi tushuniladi. Xonalarda havo haroratining o„rtacha ko„rsatkichlarini aniqlash Xonalardagi havo haroratini simobli va spirtli termometrlarda aniqlanadi. Hozirgi kunda xona haroratini aniqlashda selsiy shkalasi bo‗yicha 0 0 dan + 30 0 -50 0 , tashqi havoni esa-50 0 bo‗lgan simobli va spirtli termometrlardan foydalaniladi. Xonaning kun davomida maksimal darajadagi yuqori va eng past haroratini aniqlash uchun maksimal va minimal ko‗rsatkichlarni ifodalovchi termometrlardan foydalaniladi. Bunday termometr orqali xonaning haroratini maksimal darajaga ko‗tarilganligini va tushganini ma‘lum ajratilgan vaqtda aniqlash mumkin. Devor haroratini aniqlashda devor haroratini o‗lchaydigan termometrlardan foydalaniladi. Termometrni yopishtirish uchun mum, kanifol yoki alibastr pol sathidan 10-15 sm hamda 1,5 m balandlikda o‗lchanadi. Ushbu termometr yordamida devorning burchaklari va eng sovuq joyining haroratini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tashqi muhit haroratini uzluksiz ravishda ob‘yektiv belgilab turish uchun o‗zi yozuvchi asbob-termografdan foydalaniladi. Termograflar bir kunlik yoki haftalik bo‗ladi.Asbob takomillashmagani tufayli vaqti-vaqti bilan tekshirib aniqlik kiritib turish zarur. Havo haroratini aniqlashda termometrni mumkin qadar isituvchi yoki sovutuvchi moslamalardan uzoqroq o‗rnatganma‘qul. Spirtli termometrlar simobli termometrlariga nisbatan ancha aniq bo‗lmasa ham, ishlanish uchun bexavotirdir. Oz miqdorda bo‗lsa ham tasodifan termometrdan to‗kilgan simob bolalarga zaxarli ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Xona havosining o‗rtacha haroratini aniqlash uchun gorizontal holda poldan 1,5 m balandlikda, ularning o‗rtacha bo‗yiga qarab 5 nuqtadan, ya‘ni xonaning 4 burchagidan devorlardan va isitish moslamalaridan 10 sm nari va xona o‗rtasidan o‗lchab arifmetik miqdori olinadi. 173 Vertikal bo‗yicha kuzatilishi mumkin bo‗lgan haroratning o‗zgarishi 3m balandlikda, jumladan: poldan 10 sm va 1,5 m balandlikda hamda shiftdan 15-20 sm pastdan aniqlanadi. Gorizontal yo‗nalishi bo‗yicha haroratning o‗zgarishi tashqi devordan ichki devorgacha bo‗lgan oraliqda 2 0 dan, vertikal yo‗nalishi bo‗yicha xonaning polidan 1,5 m balandlikda 1,5-2 0 S dan oshmasligi kerak. Xona haroratini bir yo‗la tekshirib to‗la ma‘lumot olindi, deb bo‗lmaydi, chunki olinadigan ko‗rsatkich faslga, isitish moslamalarining turiga, issiqlik chiqarish davomiyligiga, xonadagi odamlar soniga, ularning xonada bo‗lish paytiga va hakozoga bog‗liq. Shunga ko‗ra xona harorati yuqoridagilarni hisobga olgan holda kun davomida tekshirib turilgani ma‘qul. Jadval 9.1. Apteka xonalarida harorat va havo almashinuvi karraligi (SanQ va M № 0337-16) Xonalar Xarorat, S o 1 soat mobaynidagi havo almashinuvi Oqim Havo so‗rilishi 1.Qadoqlash, distillyasiya xonasi , ineksiya shaklidagi dorilarni ro‗yxatga olish va saqlash, defektor, assistentlar, qadoqlash , mahsulotlarni saqlash xonasi, kimyo analitik xonasi, moechnыe 20 2 3 2. Dorivor o‗simliklarni sterilizatsiya qilish va saqlash xonasi 18 3 4 3. Termolabil, quruq va suyuq medikamentlarni saqlash xonasi 4 - 3 4.Steril materiallarni sqlash ombori 18 3 - 5. Aptekaning sotuv zali 16 3 4 6. Aseptik xonalar 18 4 2 Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling