Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kosachali anemometrlar
Qanotli anemometrlar shamolda harakatga keluvchi o‗qqa o‗rnatilgan
qanotlardan iborat. Qanotlar harakati natijasida aylantirilgan o‗q o‗z yo‗lida ko‗rsatkichini harkatga keltirish tufayli, havoning yo‗nalish tezligi siferblatda ifodalanadi. Buning uchun asbobni ishlatishdan oldin siferblat ko‗rsatkichlaridagi sonlar yozib olinadi, ma‘lum vaqt asbob ishlatgach so‗nggi ko‗rsatkichlardan oldingisi ayrilib, sekundlarga bo‗lingandan keyin olingan raqam, havo harakat tezligini sekundlarda ifodalaydi. 176 Qanotli anemometrlar yordamida tezligi 0,3 dan 12 m/sek bo‗lgan havo yo‗nalishini aniqlash mumkin. Kosachali anemometrlar. Bu usulda havo yo‗nalish tezligini aniqlash aylanuvchi o‗qqa qanotlar o‗rniga kosachalar o‗rnatilishi bilan farqlanadi. SHu sababli tezligi sekundiga 1 dan 20 m bo‗lgan havo yo‗nalishini aniqlash mumkin. Yopiq xonalarda havoning kichik harkat tezligini aniqlash uchun (0,1-0,2 m/sek gacha) katatermometrar qo‗llaniladi. Havo harorati uning harkat tezligiga ham bog‗liq. SHuni hisobga olgan holda katatermometr yordamida odam tanasining tashqi muhitga issiqlik chiqarish miqdorini ham aniqlash mumkin. Agar 1 sek ichida 1 sm 2 ter sathining yuzasidan katatermometr ko‗rsatkichi bo‗yicha 5,5-7 millikaloriya bo‗lganda kiyingan odam o‗zini yaxshi his etsa, bunda organizm o‗zidan 1,2-1,4 mkal-sm 2 /sek issiqlik yo‗qotadi. Agar katatermometr ko‗rsatkichi 7 kkal sm 2 /sek dan yuqori bo‗lsa, odam sovuqlikni, agar 5,5 kkal-sm 2 /sek dan past bo‗lsa issiqliqni his etadi. Havoning sovutish xususiyatini aniqlash uchun katatermometr asbobning yuqori rezervuarini ichidagi spirt Ѕ-1/3 hajmiga ko‗tarilgunicha suv hammomida isitiladi, so‗ngra ho‗llangan qismini quruq qilib artib tekshirilayotgan joyga- shtativga o‗rnatiladi va naychadagi (spirtning ko‗rsatkichi 38 0 S dan 35 0 S ga qadar tushish vaqti) sekundlarda belgilanadi. Katotermometrning sovish tezligi (mkal-sm 2 /s) havoning sovutish xususiyatini ifodalaydi. Bu quyidagi formula yordamida aniqlanadi: N= F /a F-katatermometr omili (o‗zgarmas kattalik) a-naychadagi spirt ko‗rsatkichi 38 0 ga qadar tushishi vaqti sekundlarda ifodalanadi. Yopiq xonalarda, dorixona xonalarida va muassasalarida havoning harakat tezligi 0,2-0,4 m/sek orasida bo‗lishi kerak. 177 Kichik havo yo‗nalish tezligini quruq katotermometrning sovush tezligi (mkal/sm 2 /sek) ko‗rsatkichini, odamning tana harorati (36.5 0 S) bilan tashqi muhit harorati orasidagi farqining nisbat ko‗rsatkichini maxsus jadvallar yordamida ham topish mumkin. Havo harakati tezligining me‘yori asosan xonaning haroratiga qarab belgilanadi. Turar joy xonalarida havo harakatinig tezligi 0,1-0,3 m/sek, sport zallarida 0,5 m/sek gacha, ishlab chiqarishda va issiq sexlarda 1-1,5 m/sek gacha me‘yor bo‗lib hisoblanadi. Gigiyenik nuqtai nazardan qulay deb shunday harorat, nisbiy namlik tezligi va boshqa ko‗rsatkichlarga aytiladiki, hosil qilingan bunday sharoitlarda organizmda issiqlik almashinuvi va fiziologik faoliyat me‘yorida kechadi. Bunday mikroiqlim komfort zona deb aytaladi. Komfort zona (kattalar uchun) havo harorati 17-18 0 S, nisbiy namligi 40-60% va havo yo‗nalish tezligi 0,1- 0,3 m/sek bo‗lishi kerak. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling