Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.2.Quyosh radiatsiyasining biologik ta‟siri.
- Ultrabinafsha nurlar
Iqlimga moslashish deb, odam organizmining unga mos bo‗lmagan yangi
iqlim sharoitlariga moslashishiga aytiladi. Iqlimga molashish jarayonida odam organizmi o‗zining doimiy yashash joyidagi muhitga ko‗nikish hosil qiladi va organizmda dinamik steretotip hosil bo‗ladi. Agar organizm yangi iqlim sharoitiga o‗tib qolsa, shakllangan stereotip asta-sekin izdan chiqadi va shu yangi muhit hamda ob-havo sharoitlariga nisbatan yangi stereotip shakllanadi. 168 Iqlimgamoslashishjarayonijudamurakkabijtimoiy-biologikjarayondir. Fiziologiya nuqtayi-nazaridan iqlimga moslashish deganda, odam organizmida tashqi muhit bilan markaziy nerv sistemasi orqali, refleks yo‗li bilan o‗rnatiladigan vaqtinchalik va doimiy aloqa hamda uning asosida organizm uchun o‗zaro foydali munosabatni hamda doimiy harakatlanuvchi stereotipning islilab chiqilishini tushunmoq zarur. 9.2.Quyosh radiatsiyasining biologik ta‟siri. Quyoshning spektral tarkibi ko‗rinuvchi (40%), ultrabinafsha (1%) va infraqizil (59%) nurlardan tashkil topgan. Ko„zga ko„rinuvchi nurlar-to‗lqin uzunligi bo‗yicha 760 dan 400 nanometrgacha bo‗lgan qismini egallaydi. Ko‗rinuvchi nurlar psixofiziologik ta‘sir etish xususiyatiga xam ega. Ko‗k va binafsha ranglar ruxiy siqilish va ruxiy dilxiralikka, engil va havo ranglar tinchlantiruv-chi, to‗q sariq va qizil ranglar qo‗zg‗atuvchi ta‘sir etishi mumkin. Nurlarning bunday ta‘sir etish samarasi ruxiy kasalliklarni davolashda; jismoniy kasallarni davolovchi muassasalarda davolovchi-himoyalovchi tartib o‗rnatishda, sanoatda, qurilishda biror narsaga go‗zallik, nafosat berishda qo‗llaniladi. Ultrabinafsha nurlar Ultrabinafsha nurlar retseptorlar bilan qoplangan tana terisining keng yuzasiga tushib, to‗qima va xujayralardagi oqsillarning kalloid holatini o‗zgartiribgina qolmay, balki beixtiyor tarzda butun organizmga ta‘sir etadi. Oqsillarning parchalanishidan gistalin, xolin va boshqa moddalar hosil bo‗ladi. Bu moddalar organizmga so‗riladi va asab tizimiga ta‘sir etadi, bu esa organizm faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin. Organizmda kechadigan fiziologik vazifalarning nospetsifik qo‗zg‗atuvchisi sifatida, ultrabinafsha nurlar oqsil, yog‗, karbon suvlar va mineral tuzlar almashinuvini yaxshilaydi. SHu bilan birga teri epiteliysi to‗qimalarining nafas olishini yaxshilaydi. Retikuloendotelial sistemasi va qon ishlab chiqarish sistemasi faoliyatini tezlashtiradi. Ultrabinafa nurlarining raxitga qarshi to‗lqin uzunligidagi qismi organizmga etarlicha ta‘sir etmagan taqdirda, tanada fosfor-kalsiy almashinuvi, nerv sistemasi, 169 parenximatoz organlarining ishi, qon ishlab chiqarish tartibi, oksidlanish qaytarilish jarayoni, kapillyarlarning barqarorligi xamda tananing kasalliklarga qarshi kurashish xususiyati pasayib ketadi. Yosh bolalarda raxit kasalligining belgilari namoyon bo‗ladi. YOshi katta odamlarda esa fosfor-kalsiy almashinuvining buzilishi kuzatiladi va natijada singan suyaklarning bitishi sekinlashadi, bo‗g‗imlarda bog‗lovchi apparatlarining susayishi va tish emalining tez edirilib ketish hollar kuzatiladi. Ultrabinafsha nurlarning bakteritsid, ya‘ni bakteriyalarga qiron keltiruvchi ta‘siri katta umumbiologik ahamiyatga ega. Tabiiy ultrabinafsha nurlar yordamida havo, suv va tuproqlarni sog‗lomlashtirish chora va tadbirlarini o‗tkazish mumkin Ultrabinafsha nurlarning biologik ta‘siri 3 guruxgabo‗linadi a) tur 320-400 nm. to‗lqin uzunligidagi eritema va qoraytiruvchi ta‘sirli nurlar; b) tur 275-320 nm. to‗lqin uzunligidagi raxitga qarshi; v) tur 200-275 nm. to‗lqin uzunligidagi bakteritsid ta‘sir etuvchi nurlar. «Ultrabinafsha nur tanqisligi»- toza havoga olib chiqilmay xona sharoitida tarbiyalanadigan bolalarda, konchilarda, er ostida ishlaydiganlarda, suv osti kemalarida ishlaydigan va kutb sharoitida yashovchilar organizmida kuzatiladi. «Ultrabinafsha nur tanqisligi» uchun xos bo‗lgan noxushliklarga toliqish, ish qobiliyatining susayishi, va gipovitaminoz xolatlari kiradi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling