Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


VIII BOB. Antibiotiklar ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

VIII BOB. Antibiotiklar ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi
8.1.Kimyo-farmatsevtika korxonalaridagi mehnat gigiyenasi 
Kimyo-farmatsevtika sanoati - xalq xo‗jaligining etakchi sohalaridan biridir. 
Uning tarkibiga bir qator korxonalar kompleksi kirib, unda materiallarga kimyoviy 
usullarda ishlov berish bilan bir qatorda, dorivor preparatlarni biologik sintezlash 
keng qo‗llanadi. 
Zamonaviy kimyo-farmatsevtika korxonalari o‗ziga xos xususiyatlarga ega 
bo‗lib, uning rivojlanish spetsifikasini belgilaydi, jumladan chiqariladigan 
mahsulotlarning kimyoviy tozaligini ta‘minlash. Bundan tashqari mushak ichiga 
yuboriladigan, vena ichiga qo‗llaniladigan, teri ostiga yuborilish uchun 
mo‗ljallangan preparatlarning to‗liq sterillanganligini ta‘minlash kerak. Ishlab 
chiqariladigan mahsulotning sifat ko‗rsatkichlari O‗zR farmakopiya Davlat 
standartlari talablariga muvofiq kelishi kerak. 
Kimyo-farmatsevtika korxonalarining ikkinchi o‗ziga xos xususiyati, 
ko‗pgina dorivor preparatlarni ishlab chiqarish hajmining kichikligi hisoblanadi. 
Kimyo-farmatsevtika 
korxonalarida 
faqat 
sulfanilamidlar, 
salitsilatlar, 
barbituratlar, analgetiklar va ayrim antibiotik, hamda silga qarshi vositalar katta 
miqdorlarda ishlab chiqiladi. 
Mazkur korxonalar uchun xomashyo va boshqa yordamchi materiallarni katta 
hajmlarda sarflanishi xarakterlidir, chunki dorivor vositalarni sintezlash ko‗p 
bosqichli va murakkabligi bilan farqlanadi. 
Kimyo-farmatsevtika 
korxonalari 
dorivor 
preparatlarning 
nomenklaturalarining tez-tez almashinib turishi bilan ta‘riflanadi. Korxonaning 
mazkur xususiyati, hamda dorivor preparatlarni ishlab chiqarish hajmining 
kamligi, bu korxonalarda aralashgan texnologik sxemalarni keng qo‗llashga 
sababchi bo‗ladi va bu yil davomida 2-3 va undan ortiq, dori turlarini ishlab 
chiqishga imkon beradi. Bundan tashqari, mazkur soha bo‗yicha ishlab 
chiqiladigan moddalar tayyor dori shakllarini olish uchun qayta ishlovdan 
o‗tkazish kerak. 


157 
Kimyo-farmatsevtika korxonalarining ko‗rsatilgan xususiyatlari gigiyena fani 
va amaliyoti oldiga korxonada sog‗lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish va 
o‗tkazish sohasida yangi-yangi va murakkab vazifalarni qo‗yadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling