Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
155 Darsda qo„llaniladigan innovatsion texnologiya usuli: «MIYAGA XUJUM » USULI Bu usulda dastlab o‗qituvchi amaliy mashg‗ulotga tayyorlanib kelgan talabalarni aniqlaydi va o‗qituvchi savol beradi – talaba javob beradi, o‗qituvchi javobga qoniqmasa, navbatdagi talabaga savolni takrorlaydi – javob to‗g‗ri, aniq, bo‗lgunga qadar o‗rtaga tashlangan jumboqli savol takrorlanaveradi. Masalan: O‗qituvchi tomonidan 4-5 ta savol (talabalarning tayyorgarligiga qarab) beriladi: 1. Fitopreparatlarni, ya‘ni dorivor o‗simliklar xom ashyosini ajratib olish usullari 2. Ampulalarni tayyorlashda ishlab chiqarish sikli 3. Nazorat bosqichida olib boriladigan ishlar 4. Tabletkalarni ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi 5. Ishchilar organizmiga ta‘sir qiluvchi salbiy omillar 6. Draje ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi O‗qituvchi guruhdagi har bir talabaning muhokamada ishtirokini kuzatib boradi – talaba 3 ta savolga javob bera olmasa, eng past ball beriladi – amaliy mashg‗ulotning nazariy qismini o‗zlashtirmagan talaba sifatida savol-javoblarda qatnashmaydi, ammo amaliyotni bajarishda ishtirok etadi. Bu usulning ahamiyatli tomoni shundaki, qisqa vaqt ichida guruxdan ko‗p miqdordagi javob variantlarini olish, talabalar bilimini aniqlash, ulardan kutilmaganda so‗rash oqibatida mashg‗ulotga tayyorgarlik darajasini bilish, xotirada fan bo‗yicha saqlanib qolgan barcha bilimlarni aniqlash imkoni tug‗iladi. Talabalar tomonidan berilgan barcha javoblar, ma‘nosi va mazmunidan qat‘iy nazar, muhokama qilinadi. Barcha talabalar o‗z fikrlarini aytadilar, o‗qituvchi tomonidan yuqori kasbiy va pedagogik mahorat bilan yo‗naltirilgan savol-javoblar, bahs-munozarada haqiqat qaror topadi, kuchli nazariy bilim va tayyorgarlikka ega talabaning yuqori ball to‗play olishiga erishiladi, shuningdek tayyorgarligi past talaba ham ko‗plab bilimlarni o‗z xotirasida saqlab qolishiga erishiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling