200
Jadval 11.2
Ball
Sezish belgilari
Aniqlashni aks ettirish
0
hech qanday
hid sezilmaydi
1
juda kuchsiz
iste‘mol qilgan odam sezmaydi, lekin
laboratoriyada aniqlanadi.
2
Kuchsiz
iste‘mol qilgan odam yaxshiroq
ahamiyat bersa seziladi.
3
Sezilarli
hid etarli darajada seziladi.
4
yaqqol sezilarli
hid o‗ziga jalb qila oladigan darajada.
5
juda kuchli
hid kuchli, iste‘mol qilish mumkin emas.
2. Suvning tiniqligini aniqlash. Sinama suv aralashtiriladi va tubi tekis,
rangsiz silindrga solinadi. Tsilindr tagida undagi
suvni chiqarib yuboradigan
jo‗mrak bor. Silindr tagiga 1 sonli bosmadan chiqqan Snellen harflari qo‗yiladi.
Yuqoridan qaralganda silindr tagiga qo‗yilgan harflar yaqqol ko‗ringuniga qadar
suv jo‗mrak orqali oqizib turiladi. Silindrda to‗kilgandan qolgan suv ustuni sm
larda o‗lchanadi. Ruxsat etilgan suvning tiniqligi 30 sm dan kam bo‗lmasligi
kerak. 20—30 sm gacha bo‗lgan
tiniqlik kuchsiz loyqa suv, 10—20 sm gacha
juda loyqa suv hisoblanadi.
3. Suvning rangini aniqlash. Suvning
rangi teng hajmda olingan
distillangan suv bilan oq qog‗oz ustida taqqoslash yo‗li bilan aniqlanadi. Sinama
suv suzgichdan o‗tkaziladi, 40 ml li rangsiz silindrga
quyiladi va shu hajmdagi
distillangan suv bilan solishtiriladi. Suvning rangi har xil sabablarga ko‗ra
o‗zgarishi mumkin. Masalan o‗simliklarning kolloid moddalari parchalanishi
tufayli, botqoqlik suv sarg‗ish bo‗ladi va h.k.
Loyqa suv — loyning mayda bo‗lakchalar bilan
ifloslanganidan dalolat
beradi. Temirning kolloid birikmalari suvga yashil yoki sarg‗ish-yashil rang beradi.
Suvda ko‗k-yashil o‗tlar bo‗lsa, uning rangi yashil tusda bo‗ladi. Suv rangining
darajasini aniqlashda standart aralashmalar shkalasi bilan solishtiriladi (platina-
kobalt va xrom-kobalt aralashmalari). Suvning
rangi graduslarda ifodalanadi, bu
ko‗rsatkich 20° dan oshmasligi kerak.
4.
Suv ta‟mini aniqlash. Suvning ta‘mi kimyoviy, bakteriologik, virusologik,
radiologik tekshirishlardan so‗ng aniqlanadi. Suv ta‘mini aniqlash uchun 15—20°
201
gacha isitiladi. Suvni og‗izga oz-ozdan olib, bir necha sekundgacha ushlab turiladi.
Suvning ta‘mi uning tarkibidagi kimyoviy birikmaga qarab — achchiq, sho‗r,
shirin, nordon, xlorli, baliq ta‘mli (va h.k.) bo‗lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: