Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Suvni fizikaviy usullar bilan zararsizlantirish


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Suvni fizikaviy usullar bilan zararsizlantirish 
Fizikaviy usullar bilan suvni zararsizlantirishga uni qaynatish, sterilizatsiya 
qilish, ultrabinafsha nurlarini, yuqori shovqin, yuqori tok tezligi hamda gamma 
nurlarini qo‗llash kiradi. 
 Suvni qaynatish. Suvni qaynatish oddiy usul bo‗lishi bilan bir qatorda, suvni 
zararsizlantirishda juda ishonchli usul ham hisoblanadi. Patogen mikroblarning 
vegetativ formasi 80°S haroratda 20—40 daqiqa ichida o‗ladi. Suu sababli 3—5 


204 
daqiqa qaynatilgan suv butunlay zararsizlantirilgan hisoblanadi. Suv 30 daqiqa 
muddatida qaynatilganida ko‗pchilik sporali mikroblar ham yo‗qoladi, bunda suv 
deyarli sterillangan bo‗ladi, bundan tashqari, botulizm toksini parchalanib ketadi. 
Lekin, ommaviy iste‘mol uchun suvni qaynatib etkazishga iqtisodiy imkoniyat va 
vaqt etishmasligi bois, bu usulni keng qo‗llashning iloji yo‗q. 
Markazlashgan usulda zararsizlantirilmagan suvlar qaynatish yo‗li bilan 
tozalanib, kam sonli aholi, kasalxonalar, maktablar, bolalar muassasalari
dorixonalar, temir yo‗l stansiyalarining ehtiyojlarini ta‘minlaydi. Ichish uchun 
mo‗ljallanib, suvni saqlaydigan idishlarning tozaligiga alohida ahamiyat berish va 
mikroblarning qaynatilgan suvda tez rivojlanishini hisobga olgan holda, uni har 
kuni yangilab turish darkor. 
Suvni sterilizatsiya qilish. Suvni sterilizatsiya qilganda uning tarkibidagi 
bakteriyalarning hamma turlari va sporalilari ham qirilib ketadi. Bu usulning katta 
kamchiliklaridan biri, bunda ko‗p miqdordagi suvni zararsizlantirib bo‗lmaydi, 
qolaversa, sterillash jarayonida suv tarkibidagi butun tuzlardan xoli bo‗ladi. Bu o‗z 
yo‗lida suvning organoleptik xususiyatlariga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi, shu sababli 
sterillangan suv tibbiyot amaliyotida hamda ba‘zi bir korxonalarda ishlatiladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling