Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Suvni ultrabinafsha nurlar (UBN) bilan zararsizlantirish


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Suvni ultrabinafsha nurlar (UBN) bilan zararsizlantirish. Ultrabinafsha 
nurlarning bakteritsidlik xususiyati tez ifodalanadi, 1—2 daqiqa nurlash natijasida 
patogen mikroblarning vegetativ shakli qirilib ketadi. Tarkibida temir tutgan, 
rangli, loyqa suvlarda ultrabinafsha nurlar ta‘sirida zararsizlantirish sust o‗tadi. 
Shuning uchun ham ultrabinafsha nurlar ta‘sirida suvni zararsizlantirishdan oldin 
uni rangsizlantirish, temir va uning tuzlaridan hamda loyqalardan bartaraf etish 
muhim ahamiyatga ega. 
Ultrabinafsha nurlar ta‘sirida suvni zararsizlantirishning xlorlashga nisbatan 
bir qancha afzalliklari bor. Bakteritsid xususiyatga ega nurlar suvning tarkibida 
bo‗lgan oqsil birikmalarini denaturatsiyaga uchratadi. Suvning organoleptik 
xususiyati o‗zgarmaydi, bundan tashqari, keng spektrli antibiotik ta‘sirga ega. 
Ultrabinafsha nurlar xlorga chidamli mikroblarga, viruslarga, gijja tuxumlariga 
halokatli ta‘sir ko‗rsatadi. 


205 
Hozirgi kunda ko‗p miqdorli bakteritsid ta‘sirga ega bo‗lgan nur chiqaruvchi 
simob-argonli lampa sanoat usulida chiqarilmoqda. 
Suvni kuchli shovqin bilan zararsizlantirish. Kuchli shovqin chiqaradigan 
moslama lampali generatordan iborat bo‗lib, o‗zidan yuqori tezlik bilan tebranish 
natijasida, elektrik tebranishni mexanik tebranishga o‗tkazib boradi. Bunda 
suvning rangi, tarkibidagi quyqalarning miqdoriga qaramasdan, bakteriyalarning 
ko‗pchilik qismi 5 sekund ichida qirilib ketadi. Bu usul epidemiologik jihatdan 
yaxshi natija bersa ham, suvdagi birikmalarning organoleptik ko‗rsatkichlari 
bo‗yicha ichib bo‗lmaydigan darajada bo‗lishi mumkin, bundan tashqari, bu 
usuldan foydalanish uchun lampali generator kerak. Shu sababli bu usul texnologik 
jarayon uchun mikrobsiz suv ishlatish zarur bo‗lgan korxonalarda qo‗llanadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling