Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Suvni yuqori kuchlanishli tok bilan zararsizlantirish


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Suvni yuqori kuchlanishli tok bilan zararsizlantirish. Yuqori kuchlanishli 
tok kuchini qo‗llash bilan suv tarkibidagi mikroblar har xil qoldiqlar miqdoriga 
qaramasdan, qisqa muddatda zararsizlantiriladi. Bunda suvning organoleptik 
xususiyatlari o‗zgarmaydi, lekin bu usulni qo‗llash uchun maxsus yuqori 
kuchlanishli tok beruvchi generator hamda elektroenergiya bo‗lishi kerak. 
Suvni gamma nurlar ta‟sirida zararsizlantirish. Bunda suvning 
organoleptik xususiyatlari o‗zgarmaydi. Lekin bu usulda suvni zararsizlantirish 
hozirgi kunda keng qo‗llanilmaydi. 
Degazatsiya, temirdan, tuzlardan hamda ortiqcha ftordan xoli qilish, suvni 
yumshatish va ftorlash 
Degazatsiya— suvning ta‘mini yaxshilash, qo‗lansa hidni yo‗qotish 
demakdir. Suvni aeratsiya qilish, oksidlovchi birikmalarni (ozonlash, xlor(I) - 
oksid, katta miqdorlardagi xlor, marganets, kaliy tuzini qo‗llash) hamda 
faollashtirilgan qavatli ko‗mir va adsorbsiyalaydigan suzgichlardan o‗tkazish 
orqali qo‗lansa hidni yo‗qotish bilan birga ta‘mini ham yaxshilash mumkin. 
Bundan tashqari suvga cho‗kadigan darajada maydalangan faollashtirilgan ko‗mir 
qo‗shib ham tozalash mumkin. Keltirilgan usullarni qo‗llashda adsorbentlarning 
turini, miqdorini, muddatini aniqlash suvga ta‘m va hid beruvchi birikmalarning 
tarkibiga bog‗liq. 


206 
Agar suv tarkibida temir miqdori 0,5; 1 mg/l dan oshsa, uning ta‘mi yoqimsiz 
bo‗ladi. Markaziy vodoprovod suvi tarkibidagi temirning miqdori davlat 
tomonidan ruxsat etilgan me‘yor —0,3 mg/l dan oshmasligi kerak. 
Suvni temir birikmalaridan xoli qilish. Bunda suvni aeratsiya qilish 
maqsadida bosim bilan yuqoriga suv sochiladi va maxsus moslamalarda — sho‗r 
suvni qaynatib, tuz oladigan joyda temir ajratiladi. Bu usulda moslamalardan o‗tish 
jarayonida ikki valentli oksidlantirilgan temir, temir oksidiga aylanib cho‗kma 
beradi yoki suzgichda ushlanib qoladi. 
Suvni ortiqcha tuzlardan xoli qilishda oldin kationit, keyin anionit 
suzgichlaridan o‗tkazilib, erigan holdagi tuzlar yo‗qotiladi. 
Olingan suvlarda qoldiq mineral tuzlarning miqdori 100—200 mg/l dan 
oshmasligi kerak. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling