11.3 Ichimlik suvi sifatiga qo„yiladigan gigiyenik talablar
Ichimlik suvi epidemiologik nuqtai - nazardan salomatlik uchun xavfsiz
bo‗lishi kerak, kimyoviy tarkibi bo‗yicha zararsiz, organoleptik xususiyatlari
bo‗yicha yoqimli va radiatsion xavfsizlik holatida bo‗lishi kerak. Bu talablarning
bajarilishi O‗zR SSV gining 951-2011 Davlat Standart «Ichimlik suvi sifatiga
bo‗lgan gigienik talablar va uning nazorati» qoidalariga javob bergandagina
erishiladi. Davlat standarti ikkita asosiy bo‗limdan tashkil topgan: « Suvning sifat
ko‗rsatkichlarini normativlari va uni nazorat qilish usullari va «Xo‗jalik-ichimlik
suv ta‘minoti markazlashgan tizimida suv sifatining nazorati» .
Ichimlik suvining sifat ko‗rsatkichlari o‗z tarkibiga quyidagilarni oladi:
1. Mikrobiologik ko‗rsatkichlar: umumiy mikroblar soni, koli-indeks,
esherixiyalar, kolifaglar.
2. Parazitologik ko‗rsatkichlar: oddiy patogenlar va gelmint tuxumlari
3. Toksikologik ko‗rsatkichlar: REK bo‗yicha:
a) anorganik
komponentlar, organik moddalarning komponentlari
4. Organoleptik ko‗rsatkichlar va komponentlar uchun REK, chunki bu
komponentlar suvning organoleptik xususiyatlariga ta‘sir ko‗rsatadi.
5. Radioaktiv ifloslanish ko‗rsatkichlari — alfa va beta aktivlik bo‗yicha
tekshiriladi.
Ichimlik suvning fizikaviy xossalarini aniqlash
Suvning organoleptik xususiyatlarini aniqlash.
Odamning sezgi a‘zolari yordamida aniqlash mumkin bo‗lgan tekshirish
usullariga organoleptik usullar deyiladi. Suvning organoleptik xossalariga uning
hidi, tiniqligi, rangi, ta‘mi, harorati va h.k. kiradi.
1. Suv hidini aniqlash: 150—200 ml kolbaga 2/3 qism hajmida sinama suv
olinadi. Kolbaning og‗zi soat oynasi bilan berkitiladi va 40—50° gacha qizdiriladi.
Kolba silkitilgandan keyin, hidi aniqlanadi va 5 ball darajasida ifodalanadi.
Agar suv hidining jadalligi ruxsat etilgan 2 balldan oshmasa, iste‘mol
qiluvchiga yomon ta‘sir qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |