Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

 
 
 
 


174 
Havo namligi 
Suv havzalari, tuproq yuzasi va o‗simliklardan muntazam ravishda suv 
bug‗lari chiqib turadi, bu havoning namligini ifodalaydi.
1 m
3
havodagi suv bug‗larining miqdori (g-da) absolyut havonamligi deb 
aytiladi.
Maksimal havo namligideb havoning ma‘lum haroratda namlik bilan to‗la-
to‗kis to‗yinib olishi uchun zarur bo‗lgan suv bug‗larining miqdoriga aytiladi. 
Havo harorati ko‗tarilib borgan sari havoning maksimal namligi oshib boradi.
Nisbiy havo namligi deb, absolyut havo namligining maksimal havo 
namligiga foizlarda ifoda qilingan nisbatiga aytiladi. Nisbiy havo namligi havoning 
suv bug‗lari bilan to‗yinish darajasini belgilab beradi. 
Havo namligini aniqlashda aspiratsion va statik psixrometrlardan hamda 
gigrograflardan foydalaniladi. Aspiratsion psixrometrni statik psixrometrdan farqi 
shundaki, aspiratsion psixrometrga o‗rnatilgan moslama orqali termometr 
ko‗rsatkichlarini aniqlashdan oldin, joylarda aspiratsiya usulida havo yo‗nalishini 
bir tekisda tashkil qilish bilan birga termometrlarni radiatsion nur ta‘siridan 
himoya qilish choralari ko‗rilgan. 
Psixrometrlar yordamida absolyut namlik aniqlanadi.
Absolyut namlik formula yordamida 
hisoblab chiqiladi:
K= F – 0,50 (T – T
1
)xV/755 
bu 
erda: 
K-absolyut 
namlik, 
mm 
simobbo‗yicha 
F- nam termometrning ko‗rsatishi bo‗yicha 
maksimal namlik 
T- quruq termometr ko‗rsatishi (gradusda) 
T
1
- nam termometr ko‗rsatishi (gradusda), 
V-tekshirish vaqtidagi barometrik bosim, mm simob ustunida. Topilgan absolyut 
namlikni namlikka o‗tkazish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi. 
K
1
= K x 100 / F
1


175 
bu erda: K
1
-nisbiy namlik, % hisobida 
K-absolyut namlik, mm simob ustunida 
F
1
-quruq termometrning harorati bo‗yicha maksimal namlik olinadi. 
Nisbiy namlikni formula bilan aniqlashdan tashqari, aspiratsion psixrometr 
ko‗rsatkichlari bo‗yicha maxsus jadval yordamida ham topish mumkin. 
Aholi yashaydigan xonalarda nisbiy namlik 40-60% bo‗lishi kerak.
Gigrograf - havo namligini uzluksiz qayd qiluvchi asbob. Gigrografning 
asosiy qismi yog‗sizlantirilgan ayol sochi yoki ot yoli bo‗lib, unga uzatgich 
mexanizmi yordamida chizuvchi ko‗rsatkich ulangan. Namlik o‗zgarganda soch 
tolasi uzayadi yoki qisqaradi. Namlikning o‗zgarishi soat mexanizmi qo‗zg‗almas 
o‗q atrofida aylanib turadigan barabanga o‗rnatilgan chizg‗ich yordamida uzluksiz 
chiziladi, barabanning aylanish davriga ko‗ra, gigrograflar sutkali va haftali 
bo‗ladi. 
Havo harakati 
Havo harakatini markaziy Osiyo iqlim sharoitida aniqlash muhim gigiyenik 
ahamiyatga ega. U turar joy, ko‗chalarni, binolar va atmosfera havosining tabiiy 
tozaligini ta‘minlaydi. 
Havo harorati yuqori bo‗lganda shamol ortiqcha issiqlikni haydaydi. Past 
haroratli sharoitlarda esa shamolning salbiy ta‘siri ortadi. 
Sanitariya amaliyotida havo yo‗nalishi tezligi havoning tabiiy tozaligini 
ta‘minlaydi. 
Sanitariya amaliyotida havo yo‗nalishi tezligi asosan qanotli va kosachali 
anemometrlar yordamida aniqlanadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling