Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Infraqizil nurlar ikki guruxga bo„linadi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Infraqizil nurlar ikki guruxga bo„linadi: uzun va qisqa to‗lqinli.Uzun 
to‗lqinli 2000 dan 1500 nonometrgacha bo‗lgan to‗lqin uzunligidagi nurlar. Qisqa 
to‗lqinli 1500 dan 760 nonometrgacha bo‗lgan to‗lqindagi nurlar. 
Uzun to‗lqinli infraqizil nurlar amalda er atmosferasida butunlay yutiladi
shuning uchun biologik ta‘siri nuqtai-nazaridan faqat uning qisqa to‗lqinli nurlari 
ahamiyat kasb etadi. Infraqizil nurlarning energiya kvanti katta bo‗lmay, ta‘sir 
etayotgan muhitning atomlarini qo‗zgatishga qodir emas. Nur o‗tayotgan muhit 
doirasidagi elektronlarni boshqa muxit doirasiga o‗tkaza olmaydi, biroq shu bor 
bo‗lgan energiyaning miqdori shu muhitdagi atom va molekulalarning tezligini 
oshirishga etarlidir va shu sababli infraqizil nurlar isituvchi ta‘sir kuchiga ega. 


170 
Infraqizil nurlar me‘yorda ta‘sir qilganda organizmdagi qon tomirlari 
kengayadi, modda almashinuvi tezlashadi, leykotsitlarning fagotsitor faolligi 
oshadi, teri orqali bakteritsid ta‘sir etuvchi moddalarning ajralishi ko‗payadi. 
Infraqizil nurlarning yuqori dozadagi ta‘siri natijasida organizmning qizib ketishi 
yoki hatto issiq urish xollari bo‗lishi mumkin. Issiq sexlarda nurlarning kuchli 
oqimi ta‘sirida ko‗zning xiralashib qolishi kuzatiladi, chunki ko‗z gavxarida qon 
tomirlari bo‗lmaydi. Natijada bu nurlar ta‘sirida issiq ajratish sodir bo‗lmay undagi 
oqsil molekulalari parchalanib ko‗z xiralashadi, natijada kasb kasalligining turli 
formalari uchraydi. 
Xorijiy adabiyotlarda quyoshning spektral tarkibi to‗g‗risida keltirilgan 
ma‘lumotlarga ko‗ra, ultrabinafsha nur (UBN) larning qisqa, yuqori muddatli 
keskin ta‘siri natijasida odamlarda haroratni ko‗tarilishi, ko‗ngil aynishi, 
darmonsizlik xolatlari kelib chiqishi mumkin. Surunkali ta‘sirlarida terining 
qorayishi, teri saratoni kasalligini kelib chiqishiga sabab bo‗lishi mumkin. Eng 
ehtimoli yuqori bo‗lgan ta‘siri melanoma kasalligini rivojlantiradi, bu teri 
saratonining o‗ta jiddiy ko‗rinishidir. Bu kasallik koeffitsenti Birlashgan Qirollikda 
1979- va 1994-yillar oralig‗ida ikki martaga oshgan. Saraton kasalligini oldini 
olish uchun himoyalanish ko‗rsatmalarida UBNlardan saqlanish uchun maxsus 
kiyimlar kiyish bilan amalga oshirilishi kerakligi ko‗rsatib o‗tilgan. Garchi oddiy 
ko‗zoynaklar yuqori chastotalarni qaytarsada, kiyim tarkibi va rangi orqali 
himoyaga erishish mumkin. 100 foiz paxta matosidan tayyorlangan qaymoq rangli 
kiyim 10 foizdan kamroq UBN lardan himoyalashni ta‘minlasa, xuddi shu 
matodan, ammo yorqin pushti yoki feruza rangli kiyimlar 30 foizdan ko‗proq 
himoyalay oladi. Materiallarning cho‗ziluvchanligi yoki namligi himoya 
omillarini samaradorligini kamaytirishi yoki oshirishi mumkin ekan. Chunki 
izlanishlar shuni ko‗rsatadiki, yoshlar tomonidan qo‗llaniluvchi qoraytiruvchi 
lampalar teri saratonining kelib chiqish ehtimoliligini ikki baravar oshirar ekan. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling