Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Infraqizil nurlar. Infraqizil radiatsiya organizmga chuqur ta‘sir qilmaydi
ammo u nazorat qilinmasa, teri yuzasi kuyishiga, ko‗zdagi katarakt linzalar yoki 
parda zararlanishiga olib keladi. Kataraktalar himoya ko‗zoynaklari bilan osongina 
himoyalanishi mumkin. Umumiy vaziyatlarda, binolar ichki qismi kabi, ortiqcha 
issiqlik odatda konditsionerlar va ventilyasiya tizimi orqali boshqariladi, ortiqcha 
issiqlik tashqariga chiqariladi.


172 
9.3.Havoning fizik xususiyatlari va uning gigiyenik ahamiyati 
Havoning fizik xususiyatlari xavo harorati, namlik, havo harakatining tezligi, 
tevarak-atrofdagi, shu jumladan, ishlab chiqarish jixozlarining xam harorati va 
atmosfera bosimi tushuniladi. 
Xonalarda havo haroratining o„rtacha ko„rsatkichlarini aniqlash 
Xonalardagi havo haroratini simobli va spirtli termometrlarda aniqlanadi. 
Hozirgi kunda xona haroratini aniqlashda selsiy shkalasi bo‗yicha 0

dan + 30
0
-50
0

tashqi havoni esa-50
0
bo‗lgan simobli va spirtli termometrlardan foydalaniladi. 
Xonaning kun davomida maksimal darajadagi yuqori va eng past haroratini 
aniqlash uchun maksimal va minimal ko‗rsatkichlarni ifodalovchi termometrlardan 
foydalaniladi. Bunday termometr orqali xonaning haroratini maksimal darajaga 
ko‗tarilganligini va tushganini ma‘lum ajratilgan vaqtda aniqlash mumkin. 
Devor haroratini aniqlashda devor haroratini o‗lchaydigan termometrlardan 
foydalaniladi. Termometrni yopishtirish uchun mum, kanifol yoki alibastr pol 
sathidan 10-15 sm hamda 1,5 m balandlikda o‗lchanadi. Ushbu termometr 
yordamida devorning burchaklari va eng sovuq joyining haroratini aniqlash muhim 
ahamiyatga ega. 
Tashqi muhit haroratini uzluksiz ravishda ob‘yektiv belgilab turish uchun o‗zi 
yozuvchi asbob-termografdan foydalaniladi. Termograflar bir kunlik yoki haftalik 
bo‗ladi.Asbob takomillashmagani tufayli vaqti-vaqti bilan tekshirib aniqlik kiritib 
turish zarur. Havo haroratini aniqlashda termometrni mumkin qadar isituvchi yoki 
sovutuvchi moslamalardan uzoqroq o‗rnatganma‘qul. Spirtli termometrlar simobli 
termometrlariga nisbatan ancha aniq bo‗lmasa ham, ishlanish uchun bexavotirdir. 
Oz miqdorda bo‗lsa ham tasodifan termometrdan to‗kilgan simob bolalarga zaxarli 
ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. 
Xona havosining o‗rtacha haroratini aniqlash uchun gorizontal holda poldan 
1,5 m balandlikda, ularning o‗rtacha bo‗yiga qarab 5 nuqtadan, ya‘ni xonaning 4 
burchagidan devorlardan va isitish moslamalaridan 10 sm nari va xona o‗rtasidan 
o‗lchab arifmetik miqdori olinadi. 


173 
Vertikal bo‗yicha kuzatilishi mumkin bo‗lgan haroratning o‗zgarishi 3m 
balandlikda, jumladan: poldan 10 sm va 1,5 m balandlikda hamda shiftdan 15-20 
sm pastdan aniqlanadi. 
Gorizontal yo‗nalishi bo‗yicha haroratning o‗zgarishi tashqi devordan ichki 
devorgacha bo‗lgan oraliqda 2
0
dan, vertikal yo‗nalishi bo‗yicha xonaning polidan 
1,5 m balandlikda 1,5-2
0
S dan oshmasligi kerak. 
Xona haroratini bir yo‗la tekshirib to‗la ma‘lumot olindi, deb bo‗lmaydi, 
chunki olinadigan ko‗rsatkich faslga, isitish moslamalarining turiga, issiqlik 
chiqarish davomiyligiga, xonadagi odamlar soniga, ularning xonada bo‗lish 
paytiga va hakozoga bog‗liq. Shunga ko‗ra xona harorati yuqoridagilarni hisobga 
olgan holda kun davomida tekshirib turilgani ma‘qul. 
Jadval 9.1. 
Apteka xonalarida harorat va havo almashinuvi karraligi 
(SanQ va M № 0337-16) 
Xonalar 
Xarorat, 
S
o
1 soat mobaynidagi 
havo almashinuvi 
Oqim 
Havo 
so‗rilishi 
1.Qadoqlash, distillyasiya xonasi , ineksiya
shaklidagi dorilarni ro‗yxatga olish va saqlash, 
defektor, 
assistentlar, 
qadoqlash 

mahsulotlarni saqlash xonasi, kimyo analitik 
xonasi, moechnыe 
20 


2. Dorivor o‗simliklarni sterilizatsiya qilish va 
saqlash xonasi
18 


3. 
Termolabil, 
quruq 
va 
suyuq 
medikamentlarni saqlash xonasi 



4.Steril materiallarni sqlash ombori
18 


5. Aptekaning sotuv zali
16 


6. Aseptik xonalar 
18 



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling