Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Ampulalardagi dorilarni ishlab chiqarishda mexnat sharoitlarining


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

7.2 Ampulalardagi dorilarni ishlab chiqarishda mexnat sharoitlarining 
gigiyenik tavsifi. 
Ampulalardagi dorilarni ishlab chiqarish texnologik jarayoni farmatsevtika 
zavodining ampula sexida amalga oshiriladi. Ampulalarni tayyorlashnish ishlab 
chiqarish sikli quyidagi asosiy operatsiyalardan tashkil topadi: ampulalar 
tayyorlash, ineksiya eritmasini tayyorlash va ampulalarni to‗ldirish (ampulalash), 
ampulalarni yopish, sterillash, nazorat, yorliqlarni o‗rab joylash. 
Ampulalar tayyorlash 
Ampula sexi bo‗limida maxsus apparatlar (avtomatlar yoki yarim avtomatlar) 
yordamida amalga oshiriladi. Ampulalar uzun kimyoviy jixatdan chidamli shisha 


146 
quvurchalar - drotlardan tayyorlanadi. Dastlab drot yuviladi, so‗ngra aylana yarim 
avtomatlar yoki avtomatlarga o‗rnatilib, gazli yondirgichlar yordamida undan 
ampulalar olinadi. Keyingi bosqichlarda ochiq kapillyarli vakuumli yarim 
avtomatlarda yuviladi. Yanada samarali yuvish uchun so‗nggi yillarda ampulalarga 
ultratovush bilan ishlov berishlari keng foydalanilmoqda. Yuvilgan ampulalarni 
quritish javonlarida issiq havoda quritib, so‗ngra ampulalarni to‗ldirish 
bo‗limlariga jo‗natadilar. Tadqiqotlarning ko‗rsatishicha, bu uchastkada 
ishlovchilar uglerod oksidi na yuqori harorat (280

gacha) ta‘siri ostida bo‗ladilar. 
Ajralib chiqadigan zararli moddalarniig asosiy manbai tabiiy gazni ampula 
mashinalarini gazli yondirgichlarida yondirish jarayoni xisoblanadi. 
Xonalarni tozalash qoidalari buzilganda, xususan, ampula mashinalari 
yuzasidan changni mexanik usulda va puflash yo‗li bilan ketkazishda bu davrda 
shisha changi konsentratsiyasi REKdan 2 baravar va undan ortiq bo‗lishi mumkin. 
Yuqoridagi ishlab chiqarishdagi zararlar bilan bir qatorda ishlovchilar ampula 
mashinalaridan chiquvchi shovqin ta‘siriga beriladilar. Bundan tashqari, drotlar va 
ampulalarni yuvishda, shuningdek, ampula mashinalariga xizmat ko‗rsatishda 
shisha siniqlaridan jarohat olish xavfi yuzaga kelishini ko‗zda tutish zarur. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling