Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
Ampulalarni yopish.
Ushbu texnologik operatsiya turli konstruksiyadagi yarim avtomatlarda amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda yuqori xavo xarorati (290 S gacha) va unda uglerod oksidining mavjudligi asosiy ishlab chiqarishdagi zararlar hisoblanadi. Bir qator korxonalarda aylana yarim avtomatlarda tabiiy gaz yoqilganda ajralib chiqayotgan uglerod oksidi ampulalarni konveer liniyalarda yopish chog‗ida chiqadigan mikdoridan qariyib 2 barobar ortiqni tashkil etdi. Mavjud zararlar bilan kurashishda eng samarali sanitartexnikaviy tadbir oqim ustidan tortish ustunlik qiladigan oqilona oqimli tor ventilyasiyasi qurilmasi xisoblanadi. Qo‗l va ko‗zlarni shahsiy ximoya qilish vositalaridan (qo‗lqop va ximoya ko‗zoynagi) foydalanishiga aloxida e‘tibor berilishi shart. Ampula yopilgach, uning germetikligi tekshirilib, sterillanadi va nazoratdan o‗tishga jo‗natiladi. 148 Nazorat Xar bir tayyorlangan ampulada mexanik aralashmalar yo‗qligi, amaldagi moddalarning miqdor tarkibini belgilash va mikroorganizmlardagi mavjud emasligi tekshiriladi. Mexanik qo‗shilmalar bor-yo‗qligini ko‗z bilan yoki tegishli optik qurilmalar yordamida tekshiriladi. Ampulalarni ko‗zda tekshirish qorong‗i xonada (umumiy yorug‗lik qariyb 5 lk) maxsus yorug‗lik stendida amalga oshiriladi, uning ish joyida yorug‗lik kamida 1000 lk bo‗lishi shart, shuningdek xonalarini qurilishi va rejalashtirilishi, ularda havo almashinuvchi tashkil etilganligi qanchalik mukammalligiga qarab belgilanadi. Tadqiqotlarini ko‗rsatishicha, ko‗zda tekshirish usuli ma‘lum, ko‗z quvvatini bilan bog‗liq, buning ustiga u ishlovchilarning qariyb 85% ish vaqtini oladi. Ko‗z bilan tekshirish gigiyenik jihatdan bir qator nohush jihatlarga ega. Chunonchi, ampulalarni tekshirish chog‗ida ishchi uzoq vaqt majburiy o‗tirish holatida bo‗lib, qo‗l barmoqlarining mayda mushaklariga katta og‗irlik tushganini sezadi. Buning sababi ishchi bir qo‗lida 4 ga gacha ampulani ushlab, bir necha elpig‗ichsimon silkitishlardan keyin dorivor moddaning mexanik ifloslanganligini aniqlash maqsadida ularni chiroqni ekran oldida o‗giradi. Bunday operatsiya navbat davomida ko‗p marotaba takrorlanadi va tendovaginit va koordinator nevrozining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Nimqorong‗i xonadagi ishning bir xilda uzoq, davom etishi ishlovchilarning ruxiy holatiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Yuqoridagi omillarning noxush ta‘sirini bartaraf etish uchun ishlovchilarni okulist doimiy ko‗riqdan o‗tkazib turishi zarur. Ko‗rish quvvati pasayishining birinchi alomatlari va shabko‗rlik paydo bo‗lganida ularni boshqa uchastkalarga o‗tkazish kerak bo‗ladi. Ishlash vaqtida har 2 soatda ishlab chiqarish gimnastikasi uchun tanaffus qilish zarur. Ijobiy xissiyot va yaxshi kayfiyatlarni saqlab turish uchun musiqiy fon yaratiladi. Ampulalarni ko‗zdan kechirishga ko‗p kuch sarflanadi va doimo ham holis bo‗lavermaydi. Gigiyenistlarning tadqiqotlari ko‗rsatishicha, ish kunini oxiriga kelib xatoliklar soni ko‗payadi. Shuni xisobga olgan holda so‗nggi paytda gigienik jixatdan yanada progressiv bo‗lgan optik uskunalar yordamida nazorat 149 qilish usuli ishlab chiqilib, keng qo‗llanilmoqda. U ishlovchilardan ko‗z diqqatini talab etmaydi, mahsuldor va holisdir. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling