Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
Eritmani tayyorlash va ampulash. Ineksiya eritmasini tayyorlash eritmaga
ishlov berishdan boshlanadi, suv, turli yog‗lar (shaftoli, bodom, eryong‗oq va b.), sintetik va yarim sintetik birikmalar eritma sifatida qo‗llaniladi. Ineksiyalar uchun suvga ishlov berish uning tegishli sifati, jumladan, apirogenligini ta‘minlovchi yuqori ishlab chiqarish distillyatorlarida amalga oshiriladi. Ampulalash shprits yoki vakuum usulida amalga oshiriladi: birinchidan ampulalarni eritma bilan to‗ldirish avtomatik ravishda shprits yordamida bajariladi. ikkinchisida - ularda ma‘lum chuqurliklagi vakuum yaratilib, u chiqarilgach, ineksiya eritmasiga botirilgan ampula uning ma‘lum xajmi bilan to‗ladi. Ampulalarni dorivor modda bilan to‗ldirish mukammal tozalikni talab etadi, shu sababli texnologik operatsiyalar, xonalarni rejalashtirish, pardozlash va tutishga nisbatan qat‘iy sanitariya-gigiyena talablari qo‗yiladi. Devorlarga plitka yopishtirilishi yoki moyli buyoq, bilan bo‗yalishi shart. Pol materiali suv, 147 dezinfeksiya vositalari, organik eriguvchilar va boshqa kimyoviy moddalar ta‘siriga chidamli bo‗lishi kerak. Ko‗p jixatdan uni polimer material (polivinilxlorid, plitkalari. relin va b.) bilan qoplash ushbu talablarga muvofiq keladi. Havoni tozalash (filtrlash) va uni bakteritsid lampalar yordamida zararsizlaptirish muhim jihatlardan sanaladi. Xonani doimiy ravishda xo‗llab tozalab turish zarur. Ineksiya eritmalarini tayyorlash va ampulalarni ular bilan to‗ldirishda ish zonasidagi havo erituvchilar va dorivor moddalar bilan ifloslanishi mumkin. Dorivor moddalar eritmalarini olish operatsiyalari, xususan kukuni dorilarni dozalash va ularni reaktorlarga ortishni qo‗lda bajarish gigienik jixatdan eng noto‗g‗ri xisoblanadi. Ushbu bosqichda mehnat sharoitlarini sog‗lomlashtirish maqsadida xavoni kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishining oldini olishga qaratilgan sanitariya-gigiyena tadbirlari majmuini o‗tkazish zarur. Ishlovchilar shahsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi va shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanishi muximdir. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling