141
Radiatsion nazoratni tashkil qilish va uning turlari. Dozimetrik
nazorat
uchun qo‗llanuvchi apparaturaning turi va dozimetriya o‗tkazish nuqtalari
radiatsion sharoitga bog‗liq. Radiatsion muhit doimiy bo‗lgan sharoitlarda
statsionar
dozimetrlar, boshqa hollarda qo‗lda ko‗tarib yuriluvchi dozimetrlar
qo‗llanadi. Gamma va neytron nurlarni o‗lchash uchun DRG tipidagi dozimetrlar
(DRG-0,5m, DRG-0,5-0,1m) qo‗llaniladi, rentgen va gamma nurlarni o‗lchash
uchun SRP-68-01 qo‗llaniladi. Yana hozirgi paytda DKG-105 (gamma-
nurlanishni qayd etuvchi), RKSB-104 (gamma-nurlanishni qayd etuvchi) va RKS-
107 (gamma-nurlanishni qayd etuvchi, 1-rasm) dozimetr (radiometr)
lar ishlab
chiqilmoqda va ishlatilmoqda.
Radioaktiv gazlar va atmosferadagi radioaktiv aerozollarning miqdorini
nazorat qilish uchun statsionar, RKS toifasida yoki olib yuriluvchi RGA-01P,
RGB-02 (2-rasm), RGB-07, RAS-0,4 dozimetrlar qo‗llanadi.
Tekshirish uchun
namunalar hamma xonalardan olinishi, agar xodim xonada ish kunining 50% vaqti
davomida bo‗lsa o‗rtacha kunlik, undan kam bo‗lsa haftalik namuna olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: