Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


 Ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanganda sanitariya-


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

6.4. Ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanganda sanitariya-
dozimetriya nazorati 
Ionlovchi nurlarni yuqori biologik faollikka ega bo‗lishiga qaramay bir 
qancha vaziyatlarda tibbiyot tufayli ionlovchi nur manbalarini inson faoliyatining 
har qanday sohalarida qo‗llanilishi ko‗paymoqda va haqiqatda ham ionlovchi 
nurlanish bilan kontaktda bo‗lish muhim kasbiy omil bo‗lib qolgan shaxslar soni 
ko‗paymoqda. 
Ionlovchi nurlanish manbalari bilan aholini kontakti ehtimoli va darajasini 
hisobga olib barcha aholi 2 kategoriyaga bo‗linadi. 
A-kategoriya ionlovchi nurlanish manbalari bilan bevosita aloqada bo‗luvchi 
xodimlar. 


135 
B-kategoriya-aholini chegaralangan qismi demak ionlovchi nurlanish 
manbalari bilan kasb tufayli bog‗liq emas lekin uni ta‘sir qilish sohasida 
bo‗ladigan aholi 
Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‗llash yo‗nalishlarining ko‗payishi halq 
xo‗jaligining har xil sohalarida ionlovchi nurlanish manbalarini qo‗llashda nazorat 
olib borish shu bilan birga Davlat sanitariya nazorati tashkilotlari tomonidan ham 
nazorat olib borish kerakligini bildiradi. 
Sanitariya-dozimetrik nazoratga kiradi: 
- radiologik ob‘yektlarni qurishda va rekonstruksiya qilishda ogohlantiruvchi 
sanitariya nazorati olib borish; 
- qo‗llanilayotgan ionlovchi nurlarning manbalari va faoliyat yuritayotgan 
radiologik ob‘yektlarni qayd qilish; 
- har xil aholi guruhlarini nurlanish dozasini o‗lchash va baholash; 
- tashqi muhitda, ishlab chiqarish va yashash xonalarini tabiiy va texnogen 
radiaktiv birikmalarni tutganligini nazorat qilish; 
- radiatsion avariyalar sodir bo‗lgan holatlarida radionuklidlarni amaldagi 
darajalarini aniqlash va vaqtinchalik ruxsat qilinadigan darajalarini o‗rnatish; 
- radiaktiv birikmalarni tashish va saqlashga bo‗lgan nazorat; 
- kasbiy nurlanishga duch keladigan shaxslarni sonini va tibbiy ko‗rik vaqtini 
nazorat qilish. 
Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‗llash bilan bog‗liq bo‗lgan radiatsion 
havflarni kamaytirish dunyo amaliyotida qabul qilingan 3 ta asosiy prinsipga 
asoslanadi: 
-ionlovchi nurlanish manbalaridan nurlanish bilan bog‗liq bo‗lgan barcha 
faoliyat agar u ishdan foydadan ko‗ra zarari ko‗p bo‗ladigan bo‗lsa bajarilmasligi 
kerak; 
-iloji boricha shaxsiy doza miqdori va nurlangan shaxslar soni kam bo‗lishi 
kerak; 
-ionlovchi nurlanish manbalari bilan faoliyat yuritayotgan shaxslarning 
nurlanishi ruxsat qilingan doza atrofidan oshmasligi kerak. 


136 
Ionlovchi nurlanish manbalarini qo‗llashda gigienik sharoitlarni belgilab 
beruvchi asosiy hujjat ―Radiatsion havfsizlik me‘yorlari va radiatsion havfsizlik 
sanitar taminotining asoslari‖ O‗zR SSV tomonidan 05.012006 da buyruqi 
hisoblanadi. 
Inson faoliyatining turli sohalarida qo‗llaniladigan ionlovchi nur manbalari 2 
ta guruhga bo‗linadi: ochiq va yopiq nurlantirish manbalari 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling