Нуриддинова М. И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси ЎҚув қЎлланма kirish


Download 0.89 Mb.
bet6/107
Sana14.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1701630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
BERUNIY. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy buyuk o’zbek ensiklopedist olimi, o’rta asrlarda va undan keyingi davrining buyuk mutafakkiridir.
Beruniy 973 yili Xorazmning Kiyot (Hozirgi Beruniy shahrida) tug’ilgan. Beurniy 1004 yilda «O’tmish avlodlaridan qolgan yodgorliklar» (Al-Asar, al-boqiya-an al-kurun al-kaniya) deb nomlangan. Qobus ibn Vushmagirga bag’ishlangan asarini yozadi.
Beruniy asarlarda tabiatga oid juda ko’p ma’lumotlar kiritilgan. Uning asarlarida O’rta Osiyo erki, Hindston, Avg’onistonda keng tarqalgan qazilma boylik (dorivor o’simliklar, hayvonlar) ularning foydali xislatlari haqida ma’lumot bergan. Berkuniyning tabiiy-ilmiy qarashlari «Saydana» «mineralogiya», «Hindiston», «O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Geodeziya», «Ma’sudiy qonuni» kabi asrlarda keng yoritilgan. «O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklardan» asarida Berukniy Eron shimolida tarqalgan tropik o’simliklar va hayvonlarni dunyosini ta’riflaydi. Beruniyning «Kitob as-Saydana-fit-tibbi (tabiatda dorishunoslik)» asari 1927 yilda Turkiyaning Bursa shahridagi kutubxonasida topilgan. Bu kitobda 250 dan ortiq tabib, dorishunos, kimyogar, tabiatshunos, tarixchi, faylasuf sayyoh mualliflarni keltirgan.
Beruniyning tabiiy va sun’iy tanlanish haqidagi fikri diqqatga sazovordir. Beruniydan 900 yil o’tgach buyuk ingliz olimi Charlz Darvin tomonidan asoslangan evolyusion ta’limotni bartaraf qilishi edi. Agar, deb ta’kidlaydi olim Yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu holda hayvon va daraxtlarning ko’payishga daraxtning o’sishiga o’rin qolmaydi.
Beruniyning bu asarida dorivor o’simliklar klassifikasiyasi berilgan. Beruniy o’z asarlari bilan tabiat tarixiga asos solgan.
ZAHRIDDIN MUHAMMAD BOBUR. Zahriddin Muhammad Bobur 1484 yili Farg’ona hokimi Umarshayx oilasida dunyoga keladi. U Amur Temur avlodidan bo’lib, otasi vafotidan (1494) keyin 12 yoshida podsho etib tayinlanadi. Bobir tadbirkor podsho bo’lib qolmay, balki o’ta ma’lumotli bilimdon olim edi. Uning «Boburnoma» asari tabiatshunoslikni rivojlanishida ahamiyati kattadir.
«Boburnoma» O’rta Osiyo, Avg’oniston, Hindiston mamlakatlari tabiiy geografik joylashish haqidagi o’simliklar va hayvonlar dunyosi haqidagi biografik asar hamdir. Unda Bobur har bir joyning xarakterli xususiyatlari o’simlik va u yerda tarqalgan hayvonot dunyosining o’ziga xos xususiyatlari haqida qimmatli materiallar bayon qilingan. Bobur asarlaridagi tabiat maskanlari va hodisalari, o’lkaga oid jug’rofiy ma’lumotlari, tasvirlar tabiatni o’ganishda yosh tabiatshunoslar va o’lkashunoslarga dastur bo’lib xizmat qiladi.
ULUG’BEK. O’rta Osiyoning buyuk olimlari dunyoning tuzilishi to’g’risida to’g’ri fikr yuritgan ajoyib mutafakkir bo’libgina qolmay, balki mashhur mushohadachilar ham edilar. XV asrda Ulug’bek boshliq Samarqandlik astranomlarning osmon jismlarini kuzatish sohasidagi ilmiy ishlari ayniqsa mashhur bo’ldi. Ulug’bek, Beruniy asarlaridan foydalangan.
Samarqand hokimi Mirzo Ulug’bek astronom olim, ma’rifatparvar davlat arbobi edi. U o’z mamlakatida fanni rivojlantirish uchun doimo g’amxo’rlik qilib keladi. Ulug’bek Samarqandga turli joylardan olimlar olib kelib, ularning ishlashi uchun juda yaxshi sharoit yaratdi. U Samarqandda ulkan rasadxona qurdirdi. Tepalikdagi ana shu rasadxonaning binosi ulug’vorligi bilan zamondoshlarini hayratda qoldirar edi. Rasadxona o’sha zamondagi eng yaxshi mukammal asboblar bilan jihozlangan edi. Ulug’bek rasadxonasida olingan ma’lumotlar eng aniq ma’lumot hisoblanib, bir yarim asr mobaynida, butun dunyo olimlariga xizmat qilib kelgan. Rasadxonada koinot xaritalari va globuslar bo’lgan. Yer o’qining orbita tekisligiga nisbatan necha daraja og’ganligi O’lug’bek rasadxonasida aniqlangan.
Ulug’bek hokim bo’lishi bilan birga O’rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini o’sha sharoitda dunyo fanining oldingi safiga olib chiqqan olimlardan biridir. Uning rasadxonasida «Yangi astranomiya jadvallari» («Ziji Kuragoniy») yaratiladi. Ulug’bek «Ziji Ko’ragoniy» asari bilan butun dunyoga samoviy ishini tadqiqot etuvchi olim sifatida mashhur bo’ldi.
Ulug’bek omma orasida ma’rifat tarqatish to’g’risida ko’p qayg’urgan. U Samarqand va boshqa shaharlarda o’quv yurtlari – madrasalar ochgan.
Ulug’bekning ilg’or qarashlari, ilmiy shijoati fitnachilarning huruji natijasida poymol bo’ldi, u qatl etildi.
O’zbek olimlarining asarlari dunyoga keng tarqalib, astronomiya va jug’rofiya fanlari taraqqiyotiga ulkan hissa bo’lib qo’shildi.
ABU ALI IBN SINO. Markaziy Osiyo ning mashhur olimi Abu Ali ibn Sino (980-1037)ham Beruniy kabi tabiyot fanining turli sohalarida ijod qilgan. U faqat dalillarga asoslangan fanni tan oladi. Abu Ali ibn sino dunyoga mashhur «Tib qonunlari» asarining muallifidir. Mazkur asar 5 ta kitobdan iborat. Unda odam tanasidagi organlarning tuzilishi, funksiyasi, turli kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari, oddiy va murakkab dorilar, ularni tayyorlash va bu dorilarning organlarga ko’rsatadigan ta’siri haqida ma’lumotlar keltiradi. Olim odamdagi ba’zi kasalliklar (chechak, vabo, sil) ko’zga ko’rinmas organizmlar orqali paydo bo’lishini e’tirof qiladi. Kishi salomatligini yaxshilashda to’g’ri ovqatlanish, organlarni chiniqtirish muhim ahamiyatga ega ekanligini aytadi. Uning fikricha Yer asta-sekin o’zgaradi, dengiz daryolar vaqti kelib o’z o’rnini quruqlikka beradi. Shu tufayli ko’pgina kishilar suvda yashaydigan hayvonlarni, chunonchi chig’anoq qoldiqlarini quruqlikda uchratadilar. U o’simlik, hayvon va odamda o’xshashliklar mavjudligi, ularning oziqlanishi, ko’payishi, o’sishi haqida to’xtalib o’tadi.
Shunday qilib, O’rta Osiyoda tabiat fanlarini rivojlanishida buyuk ensiklopedist olamlarning qilgan ishlari va bizgacha yetib kelgan asarlari tabiyot tarixini o’rganishda beqiyosdir.



Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling