Nurlanish energiyasi va oqimi


CHug‘lanma chiroqlarning yorug‘lik, elektrik xarakteristikalari va nominal kuchlanish


Download 0.75 Mb.
bet17/33
Sana15.11.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1775770
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
Yoritish

CHug‘lanma chiroqlarning yorug‘lik, elektrik xarakteristikalari va nominal kuchlanish
Bu chiroq mo‘jallangan kuchlanishdir. Bu kuchlanish tarmoq kuchlanishiga teng bo‘lishi kerak. Umumiy maqsadda qo‘llaniladigan chug‘lanma chiroqlar, 127 va 220V kuchlanishlariga ishlab chiqariladi. CHiroqlarning bir qismi kuchlanishi 127 V dan – 135 V gacha, ikkinchi qismi kuchlanishi 220 V dan – 235 V gacha ishlab chiqariladi va haqiqiy kuchlanishi 127 va 220 V dan oshadigan yoritish tarmoqlarida qo‘llaniladi.


Elektr quvvati (Vt) va yorug‘lik oqimi (lm)
CHug‘lanma chiroqlar uchun – bu hisob parametridir. Tajribadan olinadigan elektr quvvat, nominal kuchlanish bilan tarmoqqa ulangan, birlamchi chiroqlar guruhining o‘rtacha arifmetik quvvatidir.


YOrug‘lik oqimi – chiroqning elektr quvvatiga va qizish jismi haroratiga bog‘liq holda bo‘ladi. CHiroqning yoqilishi jarayonida volframni asta-sekin sochilishi bo‘ladi, bu esa ipning diametrini kichrayishiga va uning qarshiligining oshishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida quvvat va yorug‘lik oqimini kamayishiga olib keladi. CHiroqning yorug‘lik oqimini kamayishi yana kolbaning xiralashishi natijasida bo‘lishi mumkin (volfromning sochilish natijasida xiralashadi).
GOST ga asosan, yorug‘lik oqimi va elektr quvvati 5-10% (nominal qiymatiga nisbatan) atrofida og‘ishi ruxsat etiladi.


YOrug‘lik unumi
YOrug‘lik unumi son jihatdan, chiroq nurlanayotgan yorug‘lik oqimini, uning elektr quvvatiga nisbatiga

bu erda: F - yorug‘lik oqimi, (lm).
R – elektr quvvat (chiroqning quvvati) (Vt).
YOrug‘lik unumi, chiroqning tejamkorligini xarakterlaydi qizish jismining haroratiga to‘g‘ri bog‘langan holda bo‘ladi.


Nurlanish rangi

CHCH ning nurlanish rangi qizish jismining haroratiga bog‘liqdir. Qizish jismining harorati ishi bilan chug‘lanma chiroqlarning nurlanish rangi qora jismining rangiga yaqinlashib boradi.





Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling