Nurlanishlarning biologik tasiri va undan himoyalanish. Mundarija: kirish I bob. Radiatsiya haqida umumiy tushunchalar


Download 44.76 Kb.
bet5/9
Sana29.01.2023
Hajmi44.76 Kb.
#1137782
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi (3)

P r o t o n l ar bilan d e y t r o n l a r – bitta elementlar musbat zaryadli
yengil yoki og‘ir vodorod yadrolaridir. Bu zarralar ba‘zi bir yadro reaksiyalarida
atom yadrolaridan otilib chiqadi yoki siklotronlarda, sinxrotsiklotronlarda va yadro
zarralarini tezlatuvchi boshqa ustanovkalarda katta tezliklarga q adar tezlatiladi.
N e y t r o n l a r – elektr zaryadi bo‘lmagan va massasi protonlar
massasiga yaqin keladigan zarralardir. Bu zarralar ba‘zi bir yadro reaksiyalarida,
jumladan uran va plutoniy yadrolarining b o‘linish reaksiyasida atom yadrolaridan otilib chiqadi.

1.2.2. Elektromagnit nurlar
Elektromagnit nurlar tarkibiga asosan Rentgen va gamma nurlar kiradi.
Ular eng kuchli o‘tuvchi qobiliyatga ega – bir necha 10 sm. Rentgen nurlari
bilan gamma- nurlar to‘lqin uzunligi kichik bo‘lgan elektromagnit
tebranishlaridan iborat. R e n t g e n nurl a r i atom qobiqlarida elektronlarning
surilishi oqibatida kelib chiqsa, g a m m a-n u r l a r radioaktiv parchalanish
protsessida atom yadrolaridan sochilib chiqadi. Gamma nurlar kiruvchanlik
qobiliyati eng kattadir. Uning to‘lqin uzunligi dan sm gacha bo‘ladi. U elektromagnit to‘lqindan iborat. Rentgen nurlari bilan gamma- nurlar energiya bo‘laklari — kvantlar shaklida sochilib chiqadi deb hisoblaydilar. Kvantlar energiyasi har xil bo‘lishi mumkin. Ko‘zga ko‘rinib turgan yorug‘lik qanday tezlik bilan tarqalsa, rentgen nurlari bilan gamma-nurlar ham o‘shanday tezlik bilan, ya‘ni sekundiga 300 000 km tezlik bilan tarqaladi. Ular organizm to‘qimalari bilan ta‘sirlashadi va tez uchuvchi elektronlar hosil qiladi. Hosil bo‘lgan energiya esa toqimalar molekulasini ionlatishga sarflanadi.

II BOB. RADIATSIYANING ORGANIZMLARGA TA’SIRI VA ULARNI
O’LCHASH
2.1. Radiatsiyaning tirik organizmlarga ta’siri
Radioaktiv moddalarning nurlanishi barcha tirik organizmlarga kuchli
ta‘sir ko‘rsatadi. Organizm hujayralarining hayot faoliyatini izdan chiqarish
uchun energiyasi batamom yutilganda jismning temperaturasini 0,001 gina
ko‘tara oladigan kuchsiz nurlanish kifoya ekan.
Radioaktiv nurlanish ta`sirida jonli organizm atom va molekulalarining ionlashuvi ro‘y beradi. Bu esa molekulyar bog‘lanishlarning va turli kimyoviy birikmalar kimyoviy tuzilishining buzilishiga olib keladi. Hujayraning kimyoviy
tuzilishidagi buzilish esa undagi modda almashinuvining buzilishiga va natijada
hujayraning halokatiga sabab bo‘ladi. To‘qima birlik massasi yutadigan
energiya, ya`ni yutiladigan nurlanish dozasi ortishi bilan nurning zararlanish
darajasi ham ortib boradi.
Organizmning nurlanish ta`siriga umumiy reaksiyasi nurlanish dozasiga,
nurning turiga, nurlanayotgan sirtning o‘lchamlariga, nurlanayotgan organning
sezgirligiga, organizmning individual xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Nurlanishning organizmga ta`sirini baholashda tashqi va ichki nurlanishni
farqlash kerak. Radiatsiyaning ba`zi turlari (alfa nurlar) tashqi nurlanishda uncha
xavfli bo‘lmasada, biror ichki organizmda nurlanganda jiddiy xavf tug‘dirishi
mumkin.
Tashqi nurlanishda gamma (va rentgen) nurlaridan va neytronlardan
himoyalanishga alohida e`tibor bermoq kerak. Chunki bu nurlar katta singish
qobiliyatiga ega. Organizm qancha katta va murakkab bo‘lsa, nurlanish ta`sirida
shunchalik tez yemiriladi. Tez rivojlanayotgan organizmning nurga sezgiriligi
ham ancha kuchli bo‘ladi: ko‘payayotgan organlar yaxshi rivojlangan muskul
to‘qimasiga nisbatan, hayvonlarning rivojlanayotgan embrionni kattasiga
nisbatan, o‘sayotgan urug‘ tinch turganiga nisbatan tez yemiriladi. 1-jadvalda
tirik organanizmlarning radiatsiyaga chidamlilik darajalari keltirilgan.
Yana shuni ta`kidlash lozimki, kam dozadagi nurlanish, garchi yomon
genetik o‘zgarishlarga sabab bo‘lsa ham, ba`zi hollarda o‘simliklarning
o‘sishiga va rivojalanishiga ham olib kelishi mumkin.
Tirik hujayra – ba‘zi qismlari, hatto salgina buzilganda ham o‘zining
normal faoliyatini davom ettira olmay qoladigan murakkab mexanizmdir.
Intensivligi juda oz bo‘lgan nurlanishlar hujayraga jiddiy shikast yetka zishi va
xavfli kasallik (nur kasalligi)ni keltirirb chiqarishi mumkin.
2.1-jadval

Download 44.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling