Nurlanishlarning biologik tasiri va undan himoyalanish. Mundarija: kirish I bob. Radiatsiya haqida umumiy tushunchalar


Download 44.76 Kb.
bet4/9
Sana29.01.2023
Hajmi44.76 Kb.
#1137782
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi (3)

I.2.1. Korpuskulyar nurlar
Korpuskulyar nurlarning asosiy manbalari – bu radioaktiv izotoplardir.
Bir elementga mansub atomlar yadrodagi neytronlar soni va yadro massasi bilan
o‘zaro farqlanadi, ammo yadro zaryadlari bir xil bo‘lganligi uchun ularning
ximiyaviy xossalari o‘zaro o‘xshash bo‘ladi. Elementning yadrodagi zaryad soni
bir xil, ammo massasi bilan farqlanadigan atomlari izotoplar deb ataladi.
Izotoplar stabil va radioaktiv (radionuklitlar) deb nomlanuvchi ikki
guruhga bo‘linadi. Stabil izotoplarning yadrolari, odatdagi sharoitda turg‘un
bo‘lib o‘zgarmaydi. Radioaktiv izotoplar esa beqaror yadrolardan tashkil topgan
bo‘lib, yadro emirilganda uning o‘rnida boshqa element yadrosi paydo bo‘ladi.
Radioaktiv emirilishlarda α va βzarrachalar hosil bo‘lishi mumkin.
Alfa (α)-zarralar– ba‘zi elementlarning radioaktiv parchalanish protsessida
otilib chiqadigan, musbat zaryadlangan geliy yadrolari bo‘lib, 2 ta proton va 2 ta
neytronlardan iborat. α-zarralar magnit maydonda ancha kichik burchakka
og‘adi. Ular yuqori zichlikdagi ionlanishishga olib keladi. Alfa zarralarning
to‘qimalardan o‘tish qobiliyati millimetrning yuzdan bir qismiga teng. α- nurlar
qalinligi 0,1mm chamasida bo‘lgan qog‘ozdan o‘ta olmaydi.
Betta (β)-zarralar - bu elektronlar oqimi bo‘lib, manfiy zaryad va
pozitrondan iborat, elektr va magnit maydonda katta burchakka og‘adi. β-nurlar
modda orqali o‘tganda ancha kam yutiladi. Alyuminiy plastinka ularni to‘sib
qolishi uchun bir necha millimeter qalinlikda bo‘lishi kerak. To‘qimalardan
o‘tish qobiliyati 2,5 mm. β-zarralar oqimi tezligi bir xil emas, ular yorug‘lik
tezligiga yaqin tezlik bilan harakatlanadi.
Elektronlar va b e t a - z a r r a l a r fi zik tabiatiga ko‘ra bir-biridan
farq qilmaydi. Beta-zarralar atom yadrolarining ichida vujudga keladi va
radioaktiv parchalanish protsessida otilib chiqadi. Ularning massasi elektron
massasiga baravardir. Ular manfiy yoki musbat zaryadli bo‘lishi mumkin (musbat
zaryadli beta-zarralar p o z i t o n l a r deb ataladi). Beta-zarralar turlicha tezlik
bilan harakatlana oladi. Ildam beta-zarralar yorug‘lik tezligiga yaqin tezlik bilan harakatlanadi.

Download 44.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling