Nurlanishlarning biologik tasiri va undan himoyalanish. Mundarija: kirish I bob. Radiatsiya haqida umumiy tushunchalar
III BOB. RADIATSIYA MANBALARI VA ULARDAN FOYDALANISH
Download 44.76 Kb.
|
kurs ishi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Radiatsiyadan himoyalanish usullari
III BOB. RADIATSIYA MANBALARI VA ULARDAN FOYDALANISH
3.1. Radiatsiyaning tabiiy manbalari Tabiiy radiatsiyaga quyoshdan keluvchi nur, kosmik nurlar, atrofmuhitning va inson tanasining radiatsiyasi, alfa, betta, gamma nurlar, neytronlar oqimi va shunga o‘xshahlar kiradi. Yer shari aholisining asosiy qismi tabiiy nurlanish manbalaridan nurlanadi.(1-sxema) Yer paydo bo‘lganidan buyon har xil ionlahsgan nurlar yerga kosmosdan tushadi va yer qatlamida joylashadi. Ulardan qochishning umuman iloji yo‘q. Butun yer shari aholisi tabiiy turlanishlar ta‘sirida bo‘ladi. Lekin ulardan ayrimlari boshqalariga nisbatan katta miqdorda nurlanadi. Bu uning qayerda yashashiga bog‘liq. Tabiiy radiatsiya foni yiliga bitta odamga o‘rtacha 2*10-3 Gr nurlanish dozasi to‘g‘ri keladi. Radiasiyadan himoyalanish bo‘yicha Xalqaro tashkilot tomonidan nurlanish bilan bog‘liq yumushlarni bajaradigan xodimlar uchun yillik cegaraviy dozani 0,05 Gr deb belgilangan. Qisqa muddat davomida 3-10 Gr nurlanish olish o‘limga olib keladi. 3.2. Radiatsiyadan himoyalanish usullari Har qanday radiatsiya manbai (radioaktiv izotoplar, reaktorlar va hokazo) bilan ishlashda nurlanishning ta‘sir doirasiga tushish mumkin bo‘lgan barcha kishilarni radiatsiyadan muhofaza qilish tadbirlarini ko‘rish zarur. Muhofaza qilishning eng oddiy metodi – odamlarni nurlanish manbaidan yetarlicha katta masofada uzoqlashtirishdir. Hatto havoda yutilishini nazarga olmaganda ham radiatsiya intensivligi manbagacha bo‘lgan masofaning kvadratiga teskari proporsional ravishda kamayadi. Nurlanish manbaidan yetarlicha katta masofaga ketishi mumkin bo‘lmagan hollarda nurlanishdan muhofaza qilish uchun yutuvchi materiallardan qilingan to‘siqlardan foydalaniladi. Bu to‘siqlar uchun eng yaxshi material bu qo‘rg‘oshindir. Chunki qo‘rg‘oshin radioaktiv elementlar qatorida eng songi element bo‘lib hisoblanadi. O‘tish qobiliyati katta bo‘lganligi uchun γ-nurlar va neytronlardan muhofaza qilish juda ham qiyin. γ-nurlar qo‘rg‘oshinda eng ko‘p yutiladi. Sekin neytronlar borda va kadmiyda yaxshi yutiladi. Tez neytronlar dastlab grafit yordamida sekinlashtiriladi. Radioaktiv izotoplardan tibbiyotda va boshqa maqsadlarda foydalanilganda ularni qo‘l bilan ushlash mutlaqo mumkin emas. Ularni uzun maxsus qisqichlar vositasida ushlab foydalaniladi. Radioaktiv preparatlarni qo‘rg‘oshinli idishlarda saqlash lozim. Chernobl AES da bo‘lgan halokatdan so‘ng bizning mamlakatimizning taklifiga ko‘ra Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) energiya reaktorlarining xavfsizligi choralariga doir qo‘shimcha tavsifnomalar qabul qilindi. Bu qo‘shimcha tadbirlar bir xil kilovatt-soat elektr energiya olish uchun qilinadigan xarajatlarning birmuncha ko‘payishiga olib keladi. AES lar xodimlarining ishlashiga doir yanada qat‘iyroq tadbirlar belgilanadi. Download 44.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling