Nurli issiqlik almashinuvi


Qattiq jismlar orasida nurli issiqlik almashinuvi


Download 111.91 Kb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi111.91 Kb.
#1538762
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-Ma\'ruza

3. Qattiq jismlar orasida nurli issiqlik almashinuvi.


Parallel sirtlar. Ma’lumki, barcha jismlar absolyut noldan yuqori temperaturada o‘zidan fazoga elektromagnit to‘lqinlarni tarqatib turadi. SHuning uchun jismning to‘liq nurlanish energiyasini hisoblashda jismning o‘zini nurlanish energiyasini (E1) ham hisobga olish kerak.
Agar boshqa jismlar tomonidan shu jismga energiyasi E2 bo‘lgan nurlanish tushsa, shundan A1E2 energiya yutiladi, (1-A1). E2 energiya qaytadi, u holda (D=0)


Eef1=E1-A1E2=E1+(1-A1)E2-E1+R1E2 (10.13)




10.4-rasm. Ikki parallel sirtlar orasida nurli issiqlik almashinuvi sxemasi


Eef1 kattalikni jismning effektiv nurlanishi deyiladi. Ikki parallel sirtlar misolida qattiq jismlar orasidagi issiqlik almashinuvini ko‘rib chiqaylik (10.4-rasm).
Bu sirtlarning temperaturalari mos ravishda T1 va T2 (T1T2) va yutilish koeefisentlari A1 va A2 bo‘lsin.
Sirtlar orasidagi masofani shunday tanlaymizki, natijada har bir sirtning nurlanishi narigisiga etib borsin. Bu sirtlar orasidagi nurli issiqlik almashinuvi kattaligi quyidagiga teng:
E=Eef1-Eef2,

Bunda Eef1=E1+(1-A1)Eef2,


Eef2=E2+(1-A2)Eef1.
Bu tenglamalar tizimini Eef1 va Eef2 ga nisbatan echib, E1 va E2 o‘rniga Stefan –Bolьsman qonunidan ularning ifodasini va A1 hamda A2 o‘rniga mos ravishda 1 va 2 larni (chunki A=) qo‘yamiz. O‘zgartirishlardan so‘ng quyidagi tenglikni hosil qilamiz:

bu yerda: - temperatura ko‘paytiruvchisi deyiladi;
- jismlar tizimining keltirilgan qoralik darajasi deyiladi;

keltirilgan nurlanish koeffitsiyenti deyiladi.
Keltirilgan nurlanish koeffitsiyenti, agar temperatura ko‘paytiruvchisi 1 K va har bir sirtning yuzasi 1m2 bo‘lsa, 1-sirtdan 2-sirtga 1 s da uzatilayotgan nurlanish energiyasini bildiradi.
Demak, (10.14) formulani quyidagicha yozish mumkin:

Shunday qilib, nurli issiqlik almashinuvini jadalligini orttirish uchun k va 0 ni ya’ni issiqlik almashinuvida ishtirok etayotgan sirtlarning qoralik darajasini va temperaturalar farqini orttirish lozim.



Download 111.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling