2-rasm. Absolyut qora jismning nurlanish jadalligini to‘lqin uzunligi va temperaturaga bog‘liqligi
bu yerda C1=0,37410-15Vtm2; C2=1,438810-2 mK – Plank doimiylari;
e – natural logarifm asosi.
Nurlanish jadalligini to‘lqin uzunligi va temperatura bo‘yicha Plank qonuniga asosan taqsimlanishi 2-rasmda tasvirlangan.
Vin qonuni. 2-rasmdan ko‘rinib turibdiki, jismning temperaturasi orttirilsa, uning nur tarqatish jadalligining maksimumi qisqa to‘lqin tomonga siljiydi. Bu qonuniyatni V. Vin 1893 yili taklif etgan va uning matematik ifodasini bergan:
max=0,0028989/T
yoki
Tmax=v=2,89810-3mK
Bu V.Vinning siljish qonuni deyiladi. Siljish qonuniga muvofiq jismlar nur ko‘rinishida tarqatadigan elektromagnit to‘lqinlarning jadalligi har xil temperaturada turlicha bo‘ladi. Masalan, elektr isitkichning temperaturasi T=1100 K bo‘lganda, u max=310-6m bo‘lgan to‘lqin uzunlikdagi nurni tarqatadi, uning spektri asosan infraqizil nurdan iborat bo‘ladi. Quyosh (T=5500 K) nuri to‘lqin spektrini olsak, undagi to‘lqin uzunlik max=510-7m ga to‘g‘ri keladi. Bu to‘lqin uzunlik spektrning ko‘zga ko‘rinadigan qismiga to‘g‘ri keladi.
Stefan-Boltsman qonuni. Tajriba natijalari asosida I. Stefan (1879 yili) quyidagi qonuniyatni aniqladi: absolyut qora jismning nurlanish xususiyati uning absolyut temperaturasining to‘rtinchi darajasiga to‘g‘ri proportsional bo‘ladi. Bu qonuniyatni 1884 yili A. Boltsman nazariy jihatdan isbotlab bergan.
bunda C0 – absolyut qora jismning nurlanish koeffitsienti. [C0=5,67Vt/(m2K4)]; T – jism sirtining temperaturasi, K.
Bu qonunni yana quyidagi ko‘rinishlarda ham yozish mumkin:
E0=G0T4,
Kul rang jismlar uchun:
bu yerda G0 – 5,6710-8Vt/(m2K) – Stefan doimiysi; C – kul rang jismning nurlanishi; =E/E0 – kul rang jismning qoralik darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |