Mundarija Kirish I. Nazariy qism
Download 0.93 Mb.
|
kurs курс лойиха намуна
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Texnologik qism………...…………………………………………...……
- Xulosa…….………………………………………….…….……...….37 Foydalanilgan adabiyotlar.………………………………….….…...38 Kirish
Mundarija Kirish………………..………….…………….…………… …...……..4 I. Nazariy qism……………………….………………………………………..6 1.1 Issiqlik o`tkazish…………………………………………………...6 1.2 Metanol ishlab chiqarish uchun xom-ashyo………………………..8 1.3. Issiqlik almashinish qurilmalari…………………………………...9 1.4. Metanolning fizik-kimyoviy xossalari…………………………...18 1.5. Avtomatik nazorat boshqaruv……………………………………20 II. Texnologik qism………...…………………………………………...……24 2.1 Texnologik sxema ko’rinish va uning yozuv……………….........24 2.2 Issiqlik almashtirgich (sovutgich)ni hisoblash….……………......27 III. Hayot faoliyati xavfsizligi…………………...………….….……………29 3.1. Mehnat muhofazasi………………………………..……………..29 3.2. Baxtsiz hodisalarda tez tibbiy yordam…………………………...33 3.3. Xavfsizlik qoidalariga qo`yilgan talablar……………………….. 34 Xulosa…….………………………………………….…….……...….37 Foydalanilgan adabiyotlar.………………………………….….…...38 Kirish Temperaturasi yuqori bo`lgan jismni temperaturasi juda past jism yordamida maxsus apparatlari bilan sovuq jism kirishiga sovutish deyiladi. Jarayonni harakatga keltiruvchi kuchi, bu har xil temperaturali bo`lgan jismlarning temperaturalar farqidir. Termodinamikaning 2-qonuniga binoan, issiqlik har doim temperaturasi yuqori jismdan temperaturasi past jismga o`tadi [1]. Sovugan issiqlik (issiqlik miqdori) – bu issiqlik almashinish jarayonining energetik xarakteristikasi bo`lib, jarayon mobaynida olingan energiya miqdori bilan belgilanadi. Issiqlik o`tkazish – issiqlik energiyasining tarqalish jarayonlari to`g`risidagi fan. Kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari va qurilmalar fanidan jarayon turlarini, ya’ni mexanik, gidromexanik, bug’latish, modda almashinish jarayonlarida mahsulotni isitish, sovutishda issiqlik almashinish qurilmalarini ishlash prinsipini, kamchiliklari, afzalliklarini o’rganish bilan birga ishlab chiqarish sohalarida qo’llanishni konstruksiyasini issiqlik, material balanslarni gidravlik, mexanik hisoblarni o’rganib va tahlil qilish kerak. Shu bilan birga trubaning issiqlik yuklamasi, haroratlar o’rtasidagi issiqlik yuklamasi uchun haroratlar yuzasi trubalarda issiqliklar harakati yordamchi jihoz nasosning hajmiy sarfi va qurilmaning mustahkamlik hisobini o’rganamiz. Ushbu fan nafaqat “Kimyo-texnologiya” balki neft-gaz, kimyo, oziq-ovqat ishlab chiqarish sohalarida barcha jarayonlarni amalga oshirishda kerakli ekanligini hamda texnologik liniyada ishtirok etishini tushunish mumkin. Bajariladigan kurs loyihada fandan kelib chiqib soha yo’nalishlariga moslash va barcha tenglamalar, hisoblash metodlarini o’rganib kelinmoqda. Olgan bilim malaka va ko’nikmalarimni ishlab chiqarishga joriy etaman. Shu bilan birga, kurs loyiha bajarishda barcha fanlar uzviy bog’liqligini unutmaslik kerak. Issiqlik almashinish jarayonlariga isitish, sovitish, kondensastiyalash, bug`lanish va bug`latishlar kiradi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun mo`ljallangan qurilmalar issiqlik almashinish qurilmalari deb ataladi [1]. Ma’lumki, issiqlik almashinish jarayonlarida kamida 2 ta turli temperaturali muhitlar ishtirok etadi. O’z issiqlik energiyasini uzatuvchi, yuqori temperaturali muhit - issiqlik eltkich deb atalsa, issiqlik energiyasini qabul qiluvchi past temperaturali muhit esa - sovuqlik eltkich deb ataladi. Issiqlik va sovuqlik eltkichlar kimyoviy bardoshli bo`lishi, qurilmalarini emirmasligi va uning devorlarida qattiq, g`ovak, quyqa hosil qilmasligi kerak. Shuning uchun, issiqlik yoki sovuqlik eltkichlarni tanlashda jarayon temperaturasi, narxi va ularni qo`llanish sohalari kabi ko`rsatgichlarga katta ahamiyat berish kerak. Temperaturasi turli bo`lgan muhitlar orasida issiqlik o`tkazish turg`un va noturg`un sharoitlarda amalga oshishi mumkin [2]. Turg`un jarayonlarda qurilmaning temperatura maydoni vaqt o`tishi bilan o`zgarmaydi. Noturg`un jarayonlarda esa, vaqt o`tishi bilan temperatura o`zgaradi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda jarayonlar turg`un boradi, uzlukli (davriy) ishlaydigan qurilmalarda esa – jarayonlar noturg`un bo`ladi. Undan tashqari, davriy ishlaydigan qurilmalarni yurgizish va to`xtatish, hamda ish rejimlari o`zgargan hollarda noturg`un jarayonlar sodir bo`ladi. Issiqlik o`tkazish jarayonining asosiy kinetik xarakteristikalari bo`lib, o`rtacha temperaturalar farqi, issiqlik o`tkazish koeffistienti va uzatilayotgan issiqlik miqdorlari hisoblanadi. Kimyo, oziq-ovqat, neft va neft maxsulotlarini qayta ishlash, farmastevtika va xalq xo`jaligi sanoatlarining boshqa tarmoqlari uchun umumiy bo`lgan jarayonlar va qurilmalar asosiy jarayonlar va qurilmalar deb ataladi. Ma`lumki, sanoatning turli sohalarida xilma-xil xom - ashyo va mahsulotlarni qayta ishlashda issiqlik almashinish jarayonlari va ularni amalga oshiruvchi qurilmalar juda keng miqyosda qo`llaniladi. Jarayonlarni yetkazish shartlari va qurilmalarni qo`llash sohasiga qarab, issiqlik almashinish qurilmalarning tuzilishi turlicha bo`ladi. Ishlash printsipiga qarab sovutgich qurilmalari sirtiy (rekuperativ), regenerativ va aralashtiruvchi (gradirnya, skrubber, aralashtiruvchi kondensator va h.k) qurilmalarga bilinadi.[3] Sirtiy sovutish qurilmalarida sovuqlik eltkichlar devor bilan ajratilgan bo`lib, ularda bir muhitdan ikkinchisiga sovuq jism ushbu devor orqali uzatiladi. Konstruktsiyasiga ko`ra sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari qobiq - trubali, zmeevikli, plastinali, spiralsimon, qirrali, g’ilofli, blok-grafitli va maxsus sovutgich qurilmalariga bo`linadi. Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida bir issiqlik almashinish yuzasi galma-gal issiq va sovuq eltkichlar bilan yuvilib turadi. Agar, issiqlik almashinish yuzasi issiq eltkich bilan yuvilib tursa, muhitning issiqligi hisobiga isiydi, sovuq eltkich bilan yuvilganda esa - iz issiqligini beradi. Shunday qilib, issiqlik almashinish yuzasi issiqlik eltkichning issiqligini yig’ib oladi, so’ng esa sovuq eltkichga beradi. Yirik sanoat korxonalarida uzluksiz ishlaydigan sovutish qurilmalaridan foydalaniladi va ularning issiqlik almashinish yuzalari 600...1000 m2 bo`ladi. Bunday qurilmalarning tejamliligini aniqlovchi asosiy omil bo`lib, undagi issiqlik miqdori va suv sarfi hisoblanadi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling