Mundarija Kirish I. Nazariy qism
Download 0.93 Mb.
|
kurs курс лойиха намуна
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4. Metanolning fizik-kimyoviy asoslari
4-rasm. Temperatura yuqori bo`lganda qobiq va trubalarni uzaytirishni hisobga oluvchi qobiq-trubali sovutgichlar:
yon tomonidan ko’rinish; b) boshqa yon tomonidan ko’rinish. Zmeevikli sovuqlik almashinish qurilmalari. Bu turdagi qurilmalar silindrsimon qobiq ichida joylashgan spiralsimon zmeevikdan iborat. Bunda zmeevik asosan 25-75 mm li trubalardan tayyorlanadi. Zmeevik trubalaridan gaz yoki suyuqlik harakatlanadi (5- rasm). 5 - rasm. Zmeevikli sovutgich. Suyuqlik bilan to`ldirilgan idishning hajmi katta bo`lgani va idish ichidagi suyuqlikning tezligi juda kichik bo`lgani uchun zmeevikning tashqi devori tomonidagi bug’ bilan suyuqlik orasida issiqlik berish koeffitsienti ham kichik bo`ladi. Qurilmaning hajmini kamaytirish va suyuqlikning tezligini oshirish uchun uning ichiga stakanga o`xshash idish joylashtiriladi.[11] Agar sovuqlik tashuvchinig miqdori katta bo`lsa, bir necha parallel sektsiyalardan iborat bo`lgan zmeeviklar o`rnatiladi. Sektsiyalar bunday parallel ulanganda, muhitning tezligi va harakat yo`li kamayishi natijasida qurilmaning gidravlik qarshiligi ham kam bo`ladi. Bu qurilmalarda sovutilayotgan suyuqlik asosan kichik tezlikda harakatlanganligi sababli zmeevik devoridan issiqlik erkin konvektsiya usulida o`tkaziladi. Ularning kamchiligi shundaki, issiqlik almashinish yuzasi va issiqlik berish koeffitsienti nisbatan kichik, lekin ularni ta`mirlash oson. "Truba ichida truba" tipidagi sovuqlik almashinish qurilmasi. Bu turdagi qurilmalar bir-biri bilan kontsentrik joylashgan ichki va tashqi trubadan tashqil topgan. Bularda sovitilayotgan mahsulot asosan ichki truba orqali uzatiladi. Trubalar orasidagi bo`shliqdan esa yuzani ifloslantirmaydigan sovuqlik tashuvchi yuboriladi. Bu tipdagi sovutgichlar yuqori bosimda va sovuqlik tashuvchilarnig sarfi kam bo`lganda ham ishlaydi. Bunday qurilmalarning afzalligi shundaki, ularni tayyorlash oson. Kamchiligi: sovuqlik almashinish yuzasi nisbatan kichik. Ishlab chiqarish yuzasini iqtisod qilish maqsadida bular bir-biri bilan kalach va patrubkalar yordamida tutashtirilgan bir necha elementli va bir necha sektsiyali qilib tayyorlanadi. «Truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish qurilmaning sxemasi 7 - rasmda keltirilgan bo`lib, qurilma ichki truba 1, tashqi truba 2, kalach 3 va birlashtiruvchi patrubka 4 dan iborat (I, II issiqlik tashuvchi agentlar). 6 - rasm. “Truba ichida truba” tipidagi sovutgich: I - II - sovuqlik tashuvchi agentlar; 1 - ichki truba; 2 - tashqi truba; 3 - kalach; 4 - birlashtiruvchi patrubka. Plastinali sovuqlik almashinish qurilmasi. Bunday qurilmalar yupqa metall listlardan tayyorlangan bir necha qator parallel gofrirlangan plastinalardan tuzilgan. Plastinalar orasida hosil qilingan kanallar ikki guruhga bo`linadi: Birinchi guruh kanallardan sovuqlik tashuvchi, ikkinchisidan esa issiqlik qabul qiluvchi agent harakat qiladi. Plastinalar qo`zg’aluvchi va qo`zg’almas plitalar orasida vintlar yordamida siqiladi. Ushbu qurilmaning afzallik tomoni shundaki, plastina yupqa (d=1-1,5mm) listdan tayyorlanganligi, oqimlar tezligining kattaligi sababli issiqlik o`tkazish koeffitsienti katta qiymatga ega. [9] 7 - rasm. Plastinali sovutgich: sovutgich sxemasi; b) sovutgich plastinaning tuzilishi. Plastinali sovuqlik almashinish qurilmasining umumiy ko`rinishi 7-rasmda ko`rsatilgan bo`lib, unda sovuqlik sxemasi (a), sovutgich plastinasining tuzilishi (b) tasvirlangan. Qurilma juft plastinalar 1, tok plastinalar 2, sovuqlik tashuvchi agentlarning kirish va chiqish shtutserlari 3, 4, (I - suyuqlik uchun); shtutserlar 5, 6 (II - suyuqlik uchun); qo`zg’almas plita 7, harakatlanuvchi plita 8, tortish vinti 9, zichlagich 1, 4; suyuqlik teshiklari 2, 3 (I - suyuqlik uchun); teshiklar 5, 6 (II - suyuqlik uchun). Kamchiligi: qurilmaning yuqori bosimda ishlatish va plastinalarni ta`mirlagach, ular orasida tegishli zichlikni ta`minlash imkoniyati yo`q. G’ilofli sovuqlik almashinish qurilmasi. Ish unumdorligi kichik, davriy ishlaydigan korxonalarda qovushqoqligi katta bo`lgan suyuqliklarni sovutish uchun asosan g’ilofli sovuqlik almashinish qurilmalari ishlatiladi. Bu qurilmalarning ish hajmi asosan sferik taglikka ega bo`lgan silindr shaklida bo`lib, u tashqi tomondan g’ilof bilan qoplangan. G’ilofga berilgan suv silindr tashqi devorida kondensatsiyalanib, sovuqlik devor orqali qurilmada isitilayotgan issiqlikka yuboriladi. Sovuqlik o`tkazish koeffitsientining qiymatini oshirish maqsadida bu qurilmalar ko’p hollarda aralashtirgich bilan ta`minlangan bo`ladi. G’ilofli sovuqlik almashinish qurilmai 9 - rasmda keltirilgan bo`lib, qurilma korpus 1, bug’ qobigi 2 va flanets 3 dan iborat (a-yuqori bosimlar uchun; b-yuqori bosimlar uchun).[8] 8 - rasm. G’ilofli sovuq energiya almashinish qurilmasi: yuqori bosimlar uchun; b) yuqori bosimlar uchun. Fure qonuni. Qattiq jismlarda issiqlik tarqalish jarayonini tajribaviy o`rganish natijasida Fure (1768-1830) issiqlik o`tkazuvchanlikning asosiy qonuni kashf etdi. Ushbu qonunga binoan, issiqlik o`tkazuvchanlik orqali uzatilgan issiqlik miqdori dQ temperatura gradienti t/n, vaqt d ga va issiqlik oqimi yo`nalishiga perpendikulyar bo`lgan maydon yuzasi dF ga proporstional bo`ladi, ya’ni: (9) Formuladagi proporstionallik koeffistienti issiqlik o`tkazuvchanlik koeffistienti deb ataladi. Bu koeffistient jismning issiqlik o`tkazish qobiliyatini xarakterlaydi va quyidagi o`lchov birligiga ega: (10) Issiqlik o`tkazuvchanlik koeffistienti issiqlik almashinish yuza birligidan (1m2) vaqt birligi davomida izotermik yuzaga normal bo`lgan 1 m uzunlikka to`g`ri kelgan temperaturalarning 1K ga pasayishi vaqtida uzatilgan issiqlik miqdorini ifodalaydi. Jismlarning issiqlik o`tkazuvchanlik koeffistienti uning tarkibi, fizik-kimyoviy xossalari, temperatura, bosim va boshqa kattaliklarga bog`liq. Issiqlik o`tkazuvchanlik koeffistienti turli materiallar uchun quyidagi oraliqda bo`ladi: - gazlar uchun 0,005…0,5 Vt/(mK); - suyuqliklar uchun 0,08…0,7 Vt/(mK); - issiqlik qoplama va qurilish materiallari uchun 0,22…3,0 Vt/(mK); - metallar uchun 2,3…458,0 Vt/(mK). 1.4. Metanolning fizik-kimyoviy asoslari Metil spirti, metanol CH3OH to'yingan monohidrik spirtlarning eng oddiy vakili hisoblanadi. Erkin holatda tabiatda kamdan-kam uchraydi va juda oz miqdorda (masalan, efir moylarida). Uning hosilalari, aksincha, ko'plab o'simlik moylari (esterlar), tabiiy bo'yoqlar, alkaloidlar (efirlar) va boshqalarda uchraydi. Oddiy sharoitlarda u rangsiz, uchuvchan, yonuvchan suyuqlikdir. ba'zan etil spirtining hidini eslatuvchi hid bilan. Metanol inson tanasiga mast qiluvchi ta'sir ko'rsatadi va kuchli zahar bo'lib, ko'rish qobiliyatini yo'qotadi va dozaga qarab o'limga olib keladi. Oddiy sharoitlarda metanolning fizik xususiyatlari quyidagilar: Molekulyar og'irligi 32.04 Zichlik, g/sm3 0,8100 Yopishqoqlik, mPa-s 0,817 Qaynash nuqtasi, °C 64,7 Erish nuqtasi, °C -97,68 Bug'lanish issiqligi, kkal/mol 8,94 Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling