Mundarija Kirish I. Nazariy qism


Download 0.93 Mb.
bet2/12
Sana08.05.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1444317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs курс лойиха намуна

Nazariy qism

    1. Issiqlik o`tkazish

Issiqlik almashinish jarayonlariga isitish, sovitish, kondensastiyalash, bug`lanish va bug`latishlar kiradi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirish uchun mo`ljallangan qurilmalar issiqlik almashinish qurilmalari deb ataladi.


Ma’lumki, issiqlik almashinish jarayonlarida kamida 2 ta turli temperaturali muhitlar ishtirok etadi. O’z issiqlik energiyasini uzatuvchi, yuqori temperaturali muhit - issiqlik eltkich deb atalsa, issiqlik energiyasini qabul qiluvchi past temperaturali muhit esa - sovuqlik eltkich deb ataladi.[5]
Issiqlik va sovuqlik eltkichlar kimyoviy bardoshli bo`lishi, qurilmalarni yemirmasligi va uning devorlarida qattiq, g`ovak, quyqa hosil qilmasligi kerak. Shuning uchun, issiqlik yoki sovuqlik eltkichlarni tanlashda jarayon temperaturasi, narxi va ularni qo`llanish sohalari kabi ko`rsatgichlarga katta ahamiyat berish kerak.
Temperaturasi turli bo`lgan muhitlar orasida issiqlik o`tkazish turg`un va noturg`un sharoitlarda amalga oshishi mumkin.
Turg`un jarayonlarda qurilmaning temperatura maydoni vaqt o`tishi bilan o`zgarmaydi. Noturg`un jarayonlarda esa, vaqt o`tishi bilan temperatura o`zgaradi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda jarayonlar turg`un boradi, uzlukli (davriy) ishlaydigan qurilmalarda esa – jarayonlar noturg`un bo`ladi. Undan tashqari, davriy ishlaydigan qurilmalarni yurgizish va to`xtatish, hamda ish rejimlari o`zgargan hollarda noturg`un jarayonlar sodir bo`ladi.
Issiqlik o`tkazish jarayonining asosiy kinetik xarakteristikalari bo`lib, o`rtacha temperaturalar farqi, issiqlik o`tkazish koeffistienti va uzatilayotgan issiqlik miqdorlari hisoblanadi.
Issiqlik va sovuqlik miqdori almashinish qurilmalarini hisoblashda quyidagi parametrlar topiladi:

  1. Issiqlik oqimi yoki sovuqlik (qurilmaning issiqlik yuklamasi), ya’ni issiqlik miqdori Q hisoblanadi. Issiqlik oqimini aniqlash uchun issiqlik balansi tuziladi va u Q ga nisbatan yechib topiladi.

  2. Berilgan vaqt ichida zarur issiqlik miqdorini uzatishni ta’minlovchi qurilmaning issiqlik almashinish yuzasi aniqlanadi.

Issiqlik o‘tkazish tenglamasi


Q=KFΔto‘r (1)

bu yerda Q - issiqlik oqimi (uzatilgan issiqlik miqdori), Vt; K - issiqlik o‘tkazish koeffitsienti, Vt/(m2·K); F - πdnl issiqlik o‘tkazish sirti yuzasi, m2; Δto‘r - issiq va sovuq issiqlik tavushchilar temperaturalarining o‘rtacha farqi, K; n - trubalar soni; l - trubalarning uzunligi, m.


Solishtirma issiqlik oqimi:
q=Q/F=KΔto‘r (2)



Issiqlik almashinishning turi

Majburiy
harakat

Erkin
harakat

Gazdan gazga (past bosimlarda)

10-40

4-12

Gazdan suyuqlikka

10-60

6-20

Kondensatsiyalanayotgan bug‘dan gazga

10-60

6-12

Suyuqlikdan suyuqlikka (suv)

800-1700

140-340

Suyuqlikdan suyuqlikka (uglevodorodlar)

120-270

30-60

Kondensatsiyalanayotgan bug‘dan suvga

800-3500

300-1200

Kondensatsiyalanayotgan bug‘dan organik suyuqliklarga

120-340

60-170

Organik moddalarning kondensatsiyalanayotgan bug‘idan suvga

300-800

230-460

Kondensatsiyalanayotgan bug‘dan qaynayotgan suyuqlikka

_

300-2500


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling