Mundarija Kirish I. Nazariy qism


Download 0.93 Mb.
bet4/12
Sana08.05.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1444317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs курс лойиха намуна

1-rasm. Rekuperativ issiqlik almashinuv qurilmasining suyuqligi oqimining harakatiga ko’ra turlari.
Qarshi oqimli qurilmalarda issiqlik tashuvchilar bir-biriga parallel, lekin qarama-qarshi yo'nalishda oqadi (1-rasm, b).
Ko’ndalang oqimli qurilmada issiqlik tashuvchilar perpendikulyar yo'nalishda oqadi (1-rasm, v).
Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida bitta isitilish sirtining o’zi goh qaynoq, goh sovuq issiqlik tashuvchi bilan yuvilib turadi. Dastlab regenerator kanallaridan qizigan issiqlik tashuvchi yuboriladi va regeneratorning sovutish sirti qiziydi, So’ngra sovuq issiqlik tashuvchi yuboriladi va qizigan sirt issiqligini unga beradi.
Regenerativ issiqlik almashtirgichilar metallurgiya shisha pishirish va shunga o'xshash qizigan havo beriladigan boshqa pechlarda ishlatiladi [7].
Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikki issiqlik tashuvchi agent bir-biri bilan o`zaro kontaktda bo`ladi.
Aralashtirgichli issiqlik almashtirgchlarda issiqlik almashinuvi qizigan va sovuq issiqlik tashuvchilarning bir-biriga bevosita tegishi va aralashishi уо’li bilan amalga oshiriladi.
Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalariga gradirnyalar, skrubberlar va boshqa qurilmalar kiradi.
Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari o`z navbatida qobiq - trubali, "truba ichida truba" tipidagi, zmevikli, plastinali, g’ilofli, spiralsimon, qovurgali va boshqa turlarga bo`linadi.
Kimyo sanoatida asosan sanab o`tilgan birinchi besh turdagi sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari keng qo’llaniladi.

2-rasm. Sovuq issiqlik almashinish qurilmalarining turlari.

Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari. Bu turdagi issiqlik almashinish qurilmalari qobiq ichida joylashgan trubalar to`plamidan tashkil topgan. Bunda trubalar ikki tomondan truba turiga qotirilgan bo`ladi, natijada trubalar tashqi sirti, qobiq va truba turi bilan chegaralangan trubalar orasidagi bo`shlik hamda issiqlik almashinish trubalarining ichki sirti va ikkita qopqoq bilan chegaralangan trubalar ichki bo`shligi yuzaga keladi. Ushbu qurilmalarda issiqlik trubalarning devori orqali uzatiladi. Truba orasidagi bo’shliqdan asosan yuzani ifloslantirmaydigan, cho`kma hosil qilmaydigan issiqlik tashuvchilar yuboriladi. Trubalar ichki bo`shlig’idan esa asosan sovitilayotgan suyuqlik yuboriladi. Sovuqlik tashuvchilarning harakat tezligini oshirish yoki jarayonni samarali olib borish maqsadida bu qurilmalarning ikkala bo`shligi ham ko`p hollarda bir necha yo`lli qilib tayyorlanadi. Bir yo’lli qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasi 1-trubalar; 2-qobiq; 3-truba turlari; 4-issiqlik agentlari kiradigan va chiqadigan shtutserlar; 5-qopqoqdan iborat (3 - rasm).



3- rasm. Bir yo’lli qobiq trubali sovutgichlar:
1-trubalar; 2-qobiq; 3-truba turlari; 4-issiqlik agentlari kiradigan va chiqadigan shtutserlar; 5-qopqoq.

Sovuq issiqlik tashuvchilarning tezligini oshirish maqsadida ko`p yo`lli isitkichlar ishlatiladi. Bu isitkichlarda suyuqlikning sarfi kam bo`lganda ularning trubalardagi tezligi kichik bo`lib, natijada issiqlik almashinish koeffitsienti ham kam bo`ladi.[10]


Ko`p yo`lli sovutgichlarda trubalarni sektsiyalarga bo`lish uchun yoki muhit harakat yo`lining soniga qarab, sovutgichning qopqog’i bilan truba turining orasiga ko`ndalang to`siqlar o`rnatiladi. Bunda har bir sektsiyadagi trubalarning soni bir xil bo`lishi kerak. Ko`p yo`lli sovutgichlarda bir yo’lli sovutgichlarga nisbatan muhitlarning tezligi yo`llarning soniga qarab proportsional o`zgaradi.
Kimyo sanoatida 4-6 yo`lli sovutgichlar ishlatiladi, chunki yo`llarning soni ortib borishi bilan sovutgichhning gidravlik qarshiligi ortib, qurilmaning konstruktsiyasi murakkablashadi.
Qobiq-trubali sovutgichlarda qobiq bilan trubalar orasidagi temperaturalarning farqiga qarab truba va qobiqning uzayishi har xil bo`ladi. Shuning uchun qobiq trubali sovutgichhlar konstruktsiyasiga ko`ra ikki xil bo`ladi: 1) qo`zg’almas turli sovutgichlar; 2) kompensatorli sovutgichlar.
Qo`zg’almas turli sovutgichlarda issiqlik ta`sirida trubalar va qobiq har xil uzayadi, shu sababli bunday sovutgichlar trubalar va qobiq o`rtasidagi temperaturalar farqi katta bo`lmaganda (50℃ gacha) ishlatiladi.[12]
Temperaturalar farqi 50℃ dan katta bo`lganda trubalar va qobiqning har xil uzayishini kompensatsiyalash maqsadida linzali kompensatorli va U - simon trubali qobiq trubali sovutgichlar ishlatiladi.
Linzali kompensator sovutish trubalari va qurilma devori o`rtasidagi bosimgacha bo`lganda ishlatiladi.
U-simon qobiq trubali sovutgichlarda issiqlik ta`sirida trubalarning uzayishidagi kompensatsiyani truba qurilmalarining o`zi bajaradi.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling