Darsning rejasi:
Tashkiliy qismi 3 minut
O‘tilgan mavzuni so‘rash 5- minut
Yangi mavzu bayoni 10 minut
Mustahkamlash 17 minut
Guruhlarda ishlash 3 minut
Darsni yakunlash va xulosalash 5 minut
Uyga vazifa 2 minut
Darsning borishi
Darsda kerakli jihozlar: 8-sinf algebra darsligi, tarqatma savollar, kompyuter texnikasi,
Asosiy atamalar va tushunchalar: kvadrat tenglama, bosh had, ikkinchi koeffisiyent, ozod had, haqiqiy son, haqiqiy o’zgaruvchi
Dars turi: an’anaviy
Darsda qo`llaniladigan usul: amaliy-ko’rsatmali, guruhlar bilan ishlash
Darsda o’quvchini rag’batlantirish: 5 ball
1.O’tilgan mavzu bo’yicha savol-javob 1ball
2.Uyga vazifani tekshirish 1 ball
3. Yangi mavzi bayonidagi ishtiroki 1ball
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 1ball
5.Test yechish 1ball
I. Darsning tashkil etilishi:
a) salomlashish
b)davomatni aniqlash;
d) inglizcha so’zlashuv daqiqasi:
Good morning pupils. How are you? I am gled too see you! Sit down please,Subjekst is Aljebr.
Keltirilgan atamalarni keyingi darsga qadar ingliz tiliga tarjima qilib kelish.
II O`tilgan mavzuni so‘rash va uy ishlarini tekshirish.
O`qituvchi tomonidan o’tilgan dars va uyga vazifa so’ralib, o’tilgan dars bo’yicha aqliy hujum usulida savol-javob o’tkaziladi..
1-savol: kvadrat tenglama nima?
Javob: ax2+bx+c=0 ko’rinishdagi tenglamaga kvadrat tenglama deyiladi
2- savol: bunda a,b,c lar nima , x chi?
Javob: bunda a,b,c lar haqiqiy sonlar,x esa haqiqiy o’zgaruvchi deyiladi
3- savol: a,b,c larga qo’yiladigan shartlar?
Javob: bunda a≠0, b va c lar ixtiyoriy son,
O’tilgan dars bo’yicha uyga vazifani quyidagi slayd yordamida tekshiramiz. Buning uchun daftaringizni partadoshingiz bilan almashtirib, o’zingizni muallim deb his etib, to’g’ri javoblar sonini aniqlaymiz,hamda do’stimiz daftariga qalamda 1 ball qo’yamiz.
Quyidagilar slaydda ko’rsatiladi:
№ 303
1)x2+x=0 3)3x2+5x=0 5)x2-4x+4=0
x(x+1)=0 x(3x+5)=0 (x-2)2=0
x=0 x+1=0 x=0 3x+5=0 x-2=0
x1=0 x2=-1 x1=0 3x= -5 x=2
x2=-5/3
Do'stlaringiz bilan baham: |